O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə39/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   179
ITM UMK (2)

Ilmiy izlanish jarayonida olim ixtiyoriy yoki beixtiyor yaratuvchanlikka yo‘naltirilgan hayol suradi. Bu esa uning yaratuvchilik qobiliyati va qiziqishining oshishiga olib keladi. Konstruktiv asosga ega bo‘lgan xayol olim ijodiy faoliyatining yuqori cho‘qqilaridan biri bo‘lgan ilhomlanish jarayoniga olib boradi. Bu holat undagi eng ko‘tarinki ruhiy holatni ifoda etadi.
Ilhomlanish jarayoni go‘yo ijodiy, ma’naviy, jismoniy jihatdan qattiq bosim berganday tuyulsa-da, lekin amaliy jihatdan ancha ahamiyatli hodisadir1. Aytish mumkinki, ijod bu buyuk topishmoq va shu bilan birga buyuk baxt hamdir. Biroq bu holatdagi odamlar uchun (yoki bu holatda ko‘proq tura oladigan odamlar) baxtiyorlikni his qilish ham o‘ziga xosdir. SHu vaqtgacha ehtimol har bir odam ijod holatini boshidan o‘tkazgandir. Ijod sirli va orombaxsh hodisadir. Ijodning yuqori cho‘qqisiga chiqqanida inson vaqt to‘xtab qolganligini his qiladi. Uning yuragi (qalbi) bezovtalanadi, bir nima o‘zining taxmin qilganidek amalga oshsa, u bundan boshqa baxt bo‘lmasligini his qiladi. Bu jarayonda inson ko‘pincha (o‘zi bilmagan holda) o‘zining olamini qurishni davom ettirayotgan buyuk yaratuvchidek his etadi.
Ijodiy ilhom tajribasi asosida, odamdan oliy ijodiy ibtido bevosita insoniy ijodiy harakatga o‘tadi va u bilan o‘zaro uyg‘unlashgan holda, inson o‘zini yaratuvchi deb anglaydi; bu degani u o‘zining kelib chiqishini hayotning ijodiy ibtidosi bilan bog‘laydi va ijodning sirli metafizik jarayonidagi ishtirokini qabul qiladi. Bundan ko‘rinadiki, inson ko‘proq aynan yaratuvchanlik bobida o‘zini «Xudoning o‘xshash timsoli» sifatida ko‘radi. Darhaqiqat, haqiqiy ijodkor insongina Xudo bergan ne’matlardan o‘rniga qo‘yib foydalana olishi zarurligi, uning o‘ylagan narsasi o‘rniga kelajakda butunlay boshqacha holat ro‘y bermasligiga erishishi, ilmu salohiyatni odam bolasi o‘ziga o‘xshaganlarni ezish uchun emas, balki ezgulikka yo‘naltirishi lozimligini chuqur anglab etadi.
M.Abdullaeva va G.Pokachalovlar ilhomlanish jarayonining quyidagicha konseptual tahlilini qayd etib o‘tadilar “Ilhomlanish – bu ongli faoliyatning anglash murakkab bo‘lgan holati, bilim shaydosiga aylanish, his-tuyg‘ular, hayajon, intellektual ishdagi ijodiy faollikning intensiv namoyon bo‘lishidir. Biroq ilhomlanish ongli va rasional hodisalarga hecham qarama-qarshi turmaydi. Ushbu insonning mohiyatan ma’naviy bo‘lgan kuchlari birlikda amal qiladi, faqatgina ijodiy jarayonning konkret holatida ulardan biri ustunlik qilishi mumkin. CHinakam olim – u haqiqatan ham shoir, ham yaratuvchi. Olim bo‘lish – hayot tarzi, vaqtga ega bo‘lmagan ish.
Ilhomlanishni nima qo‘llab-quvvatlashi – jumboq. Kimdadir u mavjud, kimdadir esa yo‘q va bo‘lmaydi ham. Bunday inson, hatto muayyan qobiliyatlarga ega bo‘lsa-da, butun borlig‘ini mehnatga bag‘ishlashga intilmay yashaydi. Ilhomlanish g‘oyalarni vujudga keltiradi, uning yo‘qligi esa fanga nisbatan ishonchsizlik, ijodga nisbatan pessimistik munosabatga olib boradi. Adolatli ta’kidlanganidek – “yosh pessimistdan yomoni bo‘lmaydi”. Agarda yosh mutaxassis tadqiqot faoliyatiga skeptik yondashsa, u holda u darhol o‘z kuchiga qo‘shimcha omillarni qidirishi zarur. Dogmalarga bog‘lanib qolishga intilish fikr epirikligini qo‘llab-quvvatlamaydi, balki aksincha, ijodga to‘sqinlik qiladi.
F.Kyuri ta’kidlashicha, eski laboratoriyalarda yashirin boyliklar mavjud bo‘ladi: bular an’analar, suhbat va ta’lim jarayonida to‘plangan ma’naviy va axloqiy resurs, hatto oddiygina shaxsiy ishtirok. Muayyan vaqtda ushbu zaminlarning majmui amalga oshirilgan kashfiyotni daf’atan to‘g‘ri talqin etishga imkon beradigan zarur sharoitlarni yaratadi. Uzoq an’analarga ega bo‘lgan laboratoriyalarda mehnat qiladigan olimlar ko‘pincha, o‘zlari anglamagan holda u erdagi yashirin boylikdan foydalanadilar.
Ilhomlanish fikrning doimiy ishlashi bilan birga “ilmiy dastgoh” yonidagi ish mobaynida keladi. Fanda samarali mehnat – har kunlik, har soatlikdir. Ijod uchun zarur bo‘lgan ilhomlanish boshqa hodisalar kabi atrofdagilar qo‘llab-quvvatlamasa, so‘nadi. Ilhomlanish dangasalar huzuriga kelishni yoqtirmaydi”1. Avvalo shuni aytish kerakki, ijodkor o‘ziga xos, alohida o‘z ijodiy yangiligi kabi ham noyobdir. Uni o‘rganish – fanning, ayniqsa falsafaning ham yirik muammolaridan biri. CHunki u ijod qilayotgan paytida qandaydir irrasional yoki norasional, aql vositasida tushunib bo‘lmaydigan holatga, o‘zini o‘zi emas, balki, boshqa nimadir boshqaradigan jarayonga kiradi, o‘zini vaqt va makonning hukmdoridek his etadi. Aksariyat faylasuflar uni ilhom deb ataydilar. Ilhom esa Platon aytganidek, ilohiylik bilan bog‘lanish, ilohiy vaqt doirasiga tushish demakdir2.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin