O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə22/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   179
ITM UMK (2)

XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida fan texnika taraqqiyoti axborot (kompyuter) inqilobi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu bosqichning o‘ziga xos xususiyati shundaki, axborot jamiyat rivojlanishining muhim resurslaridan biriga aylandi. SHu tariqa fan bilan bog‘liq yuksak texnologiyalar, ular bilan mushtarak ta’lim endilikda har qanday jamiyatning sivilizasion rivojlanish darajasini belgilamoqda. Ilmiy kashfiyotlar va ularning amalga tatbiq etilishi o‘rtasidagi masofa mumkin qadar qisqaradi. Ilgari fan yutuqlaridan amalda foydalanish usullarini topish uchun 50-100 yil vaqt sarflangan bo‘lsa, endilikda bunga 2-3 yilda yoki hatto bundan ham qisqaroq vaqt ichida muvaffaq bo‘linmoqda.
Davlat ham, xususiy firmalar ham fan rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashga katta xarajatlar qilishi tabiiy bir hol bo‘lib qoldi. Natijada XX asrning oxirida fan jadal sur’atlarda o‘sib, ijtimoiy mehnatning muhim tarmoqlaridan biriga aylandi. «Katta fan» davri boshlandi. Ko‘p sonli ilmiy muassasalar ishiga son-sanoqsiz odamlar ommasi jalb qilindi. Olim kasbi kam uchraydigan kasb bo‘lmay qoldi. Hozirgi vaqtda ilmiy faoliyat o‘zlarini qiziqtirgan muammolarni echishga buning butun xavf-xatarini o‘z bo‘yniga olib qo‘l urgan ayrim mutafakkirlarning mashg‘uloti emas, balki buyurtmaga, rejali topshiriqqa binoan ishlaydigan, uni belgilangan muddatda bajarish va o‘z ishi haqida hisobot berishga majbur bo‘lgan yirik jamoalarning ishi. Hozirda ilmiy mehnat – industrial mehnatning bir turi. Fan bilan shug‘ullanuvchi kishilar hozir «ilmiy xodimlar» deb atalishi bejiz emas.
Hozirgi zamon fani Katta fan deb ataladi. XX asr oxirida er yuzidagi olimlar soni 5 mln. kishidan oshgan bo‘lsa, XXI asrning birinchi o‘n yilligida 6 milliondan oshib ketdi. Fanda 15 ming yo‘nalish va bir necha yuz ming ilmiy jurnallar mavjud. YAngi energiya manbalari va axborot texnologiyalari – hozirgi zamon fanining istiqbolli yo‘nalishlari. Fanning internasionalizasiyalashuvi tendensiyalari kuchayib bormoqda, fanning o‘zi fanlararo kompleks tahlil predmetiga aylanmoqda. Uni o‘rganishga nafaqat fanshunoslik, fan falsafasi, balki sosiologiya, psixologiya va tarix ham kirishmoqda.
SHuni alohida qayd etish lozimki, mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekistonda fanning barcha sohalari rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi (O‘zFA) mamlakatimizning bosh ilmiy tashkiloti bo‘lib, uning tarkibida 36 ta ilmiy tadqiqot muassasalari, 4ta davlat muzeyi, 3 ta hududiy bo‘lim: Xorazm Ma’mun akademiyasi, Qoraqolpog‘iston va Samarqand bo‘limi, 4 ta Andijon-Namangan, Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo va Surxondaryo ilmiy bo‘limlari kiradi, bugungi kunda ularning moddiy texnika bazasi yangi texnologiyalar bilan ta’minlandi.
2007 yilning 2 oktyabrida O‘zFA “Astranomiya” institutining olimlari B.Xafizov hamda A.Sergeevlar tomonidan Maydanak baland tog‘ observatoriyasida (Qashqadaryo vil.) kashf qilingan kichik sayyora 2010 yilda Prezidentimiz Islom Karimovning taklifiga ko‘ra fan, jumladan, astronomiya ilmida olimu fuzalolarga doimo boy bo‘lib kelgan qadimiy shahar “Samarqand” nomi bilan ataldi va u AQSHning “Garvard kichik sayyoralar” forumida “210271” raqami bilan ro‘yxatga olindi, hamda O‘zbekistoniya, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Beruniy, al-Xorazmiy kabi kichik sayyoralar qatoridan o‘rin oldi. 2013 yilda YAponiya olimlari tomonidan kashf qilingan navbatdagi kichik sayyoraga “Maydanak” deb nomlanishi o‘zbek ilmining jahonda e’tirof etilishining ifodasidir. SHuningdek O‘zbekistonda Quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha katta ilmiy tadqiqot ishlarining olib borilishi bir tomondan kelgusidagi energiya tanqisligini oldini olishga yo‘naltirilgan sa’y harakat bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘zbek olimlarining yuksak ilmiy salohiyatidan darak beradi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin