O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə49/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   179
ITM UMK (2)

Ilmiy tadqiqotning xossalari. Ilmiy tadqiqot real olamdagi hodisalar va umumiy qonuniyatlarni kashf etish bilan bog‘liqdir. Ilmiy tadqiqotning xossalari quyidagilar:
–ilmiy-tadqiqotni amalga oshirishda mavhum, mantiqiy tafakkurga tayanish;
–timsollar, tushunchalar, mulohazalar, nazariyalar va mavhum g‘oyalar ko‘rinishidagi yangi bilimlar ilmiy ijodning mahsuli hisoblanadi;
–ilmiy tadqiqot jarayoni ham empirik, ham nazariy xarakter kasb etishi mumkin.
Empirik tadqiqot kuzatish va eksperiment jarayonida o‘rganilayotgan ob’ekt bilan bevosita olib boriladigan amaliy ishni anglash va umumlashtirish natijasidir. Nazariy tadqiqot fanning tushunchalar apparatini takomillashtirish va rivojlantirish hamda ob’ektiv voqelikni bilvosita anglash, shuningdek, empirik tadqiqotlar materiallari asosida ishlab chiqiladigan nazariya bilan bog‘liqdir.
– Ilmiy tadqiqot ko‘p hollarda jamoaviy xususiyatga ega bo‘ladi. Chunki hatto alohida olingan olimlar tomonidan gipotezalar, nazariyalar, aniqlangan dalillar muhokama qilinadi, ularga taqrizlar beriladi, hamkasblar tomonidan tanqidiy baholanadi;
– ilmiy kashfiyotlar tarixiy bosqich bilan shartlangan bo‘ladi. Bunday shartlanish jamiyat taraqqiyotining u yoki bu bosqichida yuzaga keladigan zaruriyatlar bilan bog‘liqdir;
– ko‘p hollarda ilmiy g‘oya va kashfiyotlar o‘z davridan ilgarilab ketadi, natijada ular jamoatchilik tomonidan bir necha o‘n yilliklardan so‘ng tan olinadi va ko‘plab etakchi olimlar o‘limidan so‘nggina shon-shuhratga erishadilar.
Ilmiy tadqiqot intuitiv bilimdan foydalanish zaruriyatini anglatadi. Ilmiy tadqiqotning natijasi prinsipial jihatdan inson bilish jarayonining butun tarixi kontekstidagi ob’ektiv, yangi bilim hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot jarayonidagi takrorlanmaslik mezoni faqatgina ilmiy ijodga o‘ziga taalluqli bo‘lib, uning natijasiga ta’sir etmaydi.
Ilmiy tadqiqot – betakrorligi, mohiyatan yangi bilimlarga erishish vositalarining o‘ziga xosligi hamda natijalarning takrorlanishi bilan xarakterlanadigan bilish hodisasi bo‘lib, uning asosini intuitiv bilimni o‘zgartirish jarayoni tashkil etadi.
Ilmiy tadqiqotni tavsiflash uchun “har qanday haqiqat bema’nilik sifatida boshlanib, xurofotda yakunlanadi” degan hikmat ko‘proq mos keladi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin