O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə46/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   179
ITM UMK (2)

Hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot. Ilmiy buyurtma asosidagi maqsadli faoliyat hamkorlikdagi faoliyatdir. Hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotda muayyan maqsad va uni amalga oshirishning yo‘llari aniq ko‘rsatiladi. Hisobotlarda jamoaning ishtiroki aniq o‘z ifodasini topishi lozim.
Masalan, hozirgi kunda Quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha hamkorlikda ilmiy tadqiqot olib borilmoqda. SHuningdek, hozirgi kunda nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan fundamental, amaliy, innovatsion tadqiqot dasturlari ham hamkorlikdagi ijod mahsuli bo‘ladi, zero ularda ishlab chiqilgan reja asosida jamoa a’zolarining vazifalari faoliyat turi bo‘yicha aniq belgilangan,
San’at sohasida hamkorlikdagi ijod deb nomlangan ijodning maxsus shakli ajratib ko‘rsatiladi. Bunday hamkorlik tomoshabin yoki tinglovchiga san’at asarida ifodalangan hodisalarning ortida yashiringan chuqur mazmunni (kontekst – tekst – tubma’no) anglash imkonini beradi.
Texnikaviy tadqiqot. Texnikaviy tadqiqot voqelikni amaliy (texnologik) o‘zgartirish bilan bog‘liqdir. Texnikaviy ijod o‘zining psixologik tavsifiga ko‘ra ilmiy ijodga yaqin bo‘lsa-da, farqli tomonlarga ham ega. Ular quyidagilarda ko‘rinadi.
1. Texnikaviy tadqiqot tafakkurning ko‘rgazmali-obrazli va ko‘rgazmali-ta’sirchan komponentlariga tayanadi.
2. Texnik tadqiqot jarayoni ixtirochilik, loyihalashtirishda namoyon bo‘lib, amaliyot talablariga javob beradigan mexanizmlar, konstruksiyalar ixtirosi uning natijasi hisoblanadi. SHu ma’noda, texnikaviy tadqiqot ratsional va utilitar xususiyatga ega.
3. Ixtiro qilingan narsa, u mavjud texnik bazis, texnik ravnaq erishgan darajaga tayansa-da, vujudga kelguniga qadar mavjud bo‘lmaydi.
Badiiy ijod bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot. Badiiy ijod voqelikni estetik o‘zlashtirish va odamlarning estetik ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liqdir. Uning xususiyatlari quyidagilar:
–garchand, badiiy ijodda mavhum-mantiqiy va ko‘rgazmali-ta’sirchan tafakkur ham ahamiyatga ega bo‘lsa-da, asosan ko‘rgazmali-obrazli tafakkurga tayanadi;
–badiiy ijodning bosh komponenti – inson omili , ya’ni kechinmalarining cho‘qqisida namoyon bo‘ladigan emotsionallik hisoblanadi;
–badiiy ijod ijtimoiy ongning maxsus shakli – san’atda amalga oshadi. Uning natijasi sifatida esa qandaydir moddiy ob’ektda (kartina, haykaltaroshlik namunalari, adabiy asarlar va b.) aks etadigan badiiy obraz chiqadi;
–badiiy ijodning ratsional tomoni yashirin bo‘lib, ko‘p hollarda utilitar mohiyatga ega bo‘lmaydi, ixtiro yoki yangi ilmiy bilim kabi uni amaliyotga tatbiq etish talab etilmaydi;
–badiiy ijod turli odamlar tomonidan bitta asarni ko‘p ma’noda aks ettirish imkonini yaratadi. Bu esa, qabullashning sub’ektivligi, didning rivojlangani va boshqa omillar bilan bog‘liqdir.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin