O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə43/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   179
ITM UMK (2)

Xulosalar. Birinchidan, ilmiy ijod dunyoni o‘rganish asosida shakllangan yangi imperativlar, g‘oyalar, kashfiyotlarning nazariy asosi bo‘lib, u faoliyatda namoyon bo‘ladi. Ilmiy faoliyat jarayonida ijod tug‘iladi va takomillashib boradi. SHuning uchun ham unda dastlab yuzaga kelgan yangi fikr-mulohaza alohida qiymatga ega bo‘lmasa-da, keyinchalik o‘zining isbotini topadi, ya’ni ijodiy yangiliklar amaliyotga tadbiq qilinadi va fan rivojiga muayyan darajada hissa qo‘shilishiga olib keladi. Bundan ko‘rinadiki, ilmiy-ijodiy yangiliklar vaqt o‘tsa-da o‘zining ahamiyatini yo‘qotmas ekan. Bu esa ijod jarayonining betakrorligi va davomiylik xususiyatiga ega ekanligini bildiradi.
Ikkinchidan, ilmiy masalalarga munosabatda ijodkor olim tabiatida ko‘ringan o‘ziga xoslik ijodiy izlanishlar onida, kashfiyot qilishda, shuningdek, turli murakkab voqelikka bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, har bir ijodkor dunyoqarashidan qat’i nazar dunyoni eng avvalo, o‘z ijodiy qobiliyatiga ko‘ra idrok etadi. Bundan biz ijodiy faoliyatda sub’ektiv omillarning o‘rni beqiyos ekanligiga amin bo‘lamiz.
Uchinchidan, mamlakatimizda ilmiy ijodga bag‘ishlangan tadqiqotlarning ko‘lamini kengaytirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni chuqurroq o‘rganishda bahslar, izlanishlarni davom ettirish, unda nafaqat olimlar shu bilan birga amaliyotchilar ham faol qatnashishi zarur. Umuman olganda, ilmiy-ijodiy faoliyatning mazmun-mohiyati uning namoyon bo‘lish shakllarida yanada oydinlashadi.


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar

1.Ilmiy ijodning evristik xarakteri olimlar talqinida


2. Ilmiy ijodning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Ilmiy-ijodiy faoliyatning amal qilish xususiyatlari


3-MAVZU: ILMIY TADQIQOTNING NAMOYON BO‘LISH JIHATLARI. ILMIY TADQIQOTNING NAMOYON BO‘LISH SHAKLLARI.


Reja:



  1. Ilmiy tadqiqotning namoyon bo‘lish shakllari.

  2. Ilmiy tadqiqotning xossalari.

3 Ilmiy tadqiqotning amal qilish mexanizmlari.



Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin