O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə41/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   179
ITM UMK (2)

Ijodiy qobiliyat esa insonlarga kerakli bo‘lgan qandaydir yangilikni ochish yoki yaratish demakdir. Ilohiy ne’mat esa qobiliyatni, iste’dod, daholikni tasodifan yuzaga keltirvchi transsendental hodisa, ya’ni ilohiy ne’mat bu – “Xudo bergan” tuhfadir.Ehtiros ijod jarayoniga tegishli bo‘lgan biror narsani qadriyat sifatida baholash yoki bilish usuli deb ta’riflanadi1.
Ijodiy izlanishdagi insonning zavqi ong va ongsizlikning yuqori energiya manbalarini eslatadi. CHunki ular inson ongli faoliyatining, uning muloqoti, bilishi, ijodining kuchli motivlarini o‘zida mujassamlashtiradi2. Zavq mexanizmlari odatda ong tomonidan qiyinroq anglanadi. Zero, ijodiy faoliyatda tug‘ilgan zavq o‘z kelib chiqishining ongsizlik mexanizmlarining sirli tabiatini saqlab qoladi. Zavq – shahvatlarda (hirs) kognitiv asos ikkinchi planga o‘tadi va energetika etakchi rol o‘ynaydi, ya’ni u hirs, zavq(u-hirs, zavq) ong va rasionallikni «qamrab» oladi. O‘z hirsi, zavqiga asir bo‘lgan odam o‘z – o‘zi bilan cheklanib qoladi, o‘z ichki dunyosiga berilib ketadi. SHuning uchun zavq nafaqat tashqaridan intilish bilan bog‘langan, balki u bostirilishi, so‘ndirilishi ham mumkin. YOki inson ongsizligining eng chuqur xilvatxonalariga «bepirikishi» ham mumkin.
Agar o‘zining rasional fikrlarini inson emosiyalari bilan boshqarsa, ularning ta’sirini tekislasa, aksincha, ongning o‘y, shubha, ishonch, umidda shavq belgilovchi rol o‘ynashi mumkin. Hirs aqlli odamni ham qo‘zg‘atib yuboradi va u shubhaga tushishi mumkin. SHubha o‘zining boshlang‘ich etilish bosqichlarida ongning emosional strukturalari vositalarida amalga oshadi3.
SHubha – bu insonning ijodiy izlanishlari oqibatida ilgari egallagan bilimlarini qayta ko‘rishga, qadriyatlarni qayta baholashga undaydigan emosional holatdir. Emosionallik ma’nosida shubha ong aktlarining manbai, harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. O‘z navbatida, shubha ongning ishonch va umidga o‘xshash holatlaridan ancha farq qiladi. SHubhadan farqli ravishda ishonchda yashirin emosional zo‘riqish mavjuddir. Insonning haddan tashqari manfaatdorlik holatini ifodalar ekan, ishonch insonning biror-bir narsaga, biror kishiga mutlaqo imoni komil bo‘lgani uchun, unda hech qanday shubhaga o‘rin qolmaydi. Ishonchda bilim elementlari emosional ongga «payvandlangan», uning strukturalarida shunday «sochilgan»ki, ular bir-biri bilan mutlaqo bog‘lanmagan holatda namoyon bo‘ladi. Ishongan odam ongining zohiri mutlaqo sokin ko‘rinadi, hatto aql ma’nosida ham shunday namoyon bo‘ladi. Ishonchning emosionalligi – uning chuqurlik xususiyatidir. Ta’rifiga ko‘ra ishonchda shubha bo‘lmaydi, chunki shubhalanuvchi odam – ishonmaydigan odamdir.
Ijodiy izlanish jarayonida umid fenomeni ongning shunday holatiki, u kelajak obrazi sifatida gavdalanadi. Umid ishonch bilan mustahkam bog‘langan. Umid ongga ishonch bilan birga kiradi. Umid rasional xarakterga ega, chunki kelajak obrazini yaratishda unda kognitiv omillar ham ishtirok etadi. To‘g‘ri, umid obrazi bo‘lgan bunday kelajak obrazi ancha xiralashgan bo‘ladi. Agar umid obrazining shakllanishida bilimlar kam bo‘lsa, bu obraz juda mo‘rt bo‘ladi va hayotning real qiyinchiliklariga urilganda choklari so‘kilib ketadi. Agar umid obrazi ishonchga va uning emosional – qadriyatli resurslariga tayansa, u insonning yashashiga va hatto eng fojiali hayotiy vaziyatlardan ham chiqib ketishiga yordam beradi.
Ijodkor odam o‘z navbatida fidoyi bo‘ladi. Ayni shu ma’noda, Epirik A’zam “Ijod – bu o‘zini qiynash, mashaqqat chekish, huzur-halovatdan voz kechish, tom ma’noda fidoyilik demakdir”1 deb yozadi. Biroq bunday fidoyilik insonga obro‘-e’tibor keltirishi yoki ba’zi hollarda qimmatga tushishi ham mumkin. CHunki uning g‘oyalari ko‘p hollarda zamonga sig‘maydi, natijada u zamon bilan kurashadi, millatni, insoniyatni yangi, o‘z zamonasidan yaxshiroq zamonga chaqirib yashaydi va baxtini shunda ko‘radi. To‘g‘ri, u ham badavlat, huzur-halovatda yashashni xohlaydi, lekin unga berilgan iste’dod uni o‘z yo‘liga soladi, inson baxti uchun, inson erki uchun kurashga chaqiradi va u murakkab shaxsga aylanadi.
Ijodkor shaxsining murakkabligi shundaki, unda bir emas, ikkita “men” yashaydi. Birinchisi, tashqaridan qaraganda ko‘zga tashlanadigan, siz bilan bizning oramizda yuradigan, jamiyat qonun-qoidalari, milliy urf-odatlar oilaviy yoki kasbiy shart-sharoitlar mezonlari bilan, to‘liq bo‘lmasa-da, ma’lum ma’noda o‘lchanadigan va baholanadigan “men”. Ikkinchisi, hech qaysi qonun-qoidani tan olmaydigan ichki – botiniy “men”, uni yuqoridagi mezonlar bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydi. Birinchi men hamma odamlarga xos. Ikkinchi “men” esa faqat ijodkorda mavjud bo‘ladi. U ko‘zga tashlanmagan, lekin his etilgan holda ijod falsafasining ham mohiyatini tashkil qiladi.
Ijodkordagi birinchi va ikkinchi “men”ning o‘zaro kurashida ikkinchisi doimo g‘olib chiqadi. Biroq bu kurashda jamiyat, zamon, siyosiy tuzum tomonidan aralashuv ro‘y berib, birinchi “men” g‘olib bo‘lsa, u holda vujudga kelgan g‘oya hech qachon yuksak ijod namunasiga aylanmaydi. Mazkur aralashuv, shubhasiz, ijodkorning “ixtiyori” bilan amalga oshadi. Lekin bu ixtiyor hech qachon epirik bo‘lolmaydi; unda qo‘rquv, hadik, ilinj, ruju singari salbiy hissiyotlar talab darajasiga ko‘tarilib, epiriklikni ixtiyordan ajratib tashlaydi. Natijada epiriklikdan mahrum bo‘lgan ixtiyor, ya’ni majburiyat ostida yaratilgan g‘oya muallifni ham, idrok etuvchini ham qoniqtirmaydi, haqqoniylikdan yiroq, soxtalik namunasiga aylanadi.
Ijodkorda ta’til yo‘q, sayohatda ham, uyida ham baribir ishlayveradi, eng qizig‘i, bu yo‘lni u o‘zining epirik ixtiyori bilan tanlaydi, uning tarjimai holi iste’dod va mehnatdan iborat, uning mahorati iste’dod va mehnatning uyg‘unligidan vujudga keladi. Ijodkor shaxsining alohida ruhiy holati sifatidagi yana bir o‘ziga xosligi uning yolg‘izligi, u oila bilan yashaganda ham o‘zini yolg‘iz his qiladi, iloji boricha o‘zini odamlardan olib qochishga intiladi. Bunday hodisa oddiy odamlarda o‘z “men”idan yiroqlashishni, tushkunlikni, xafaqonlik holatini paydo qiladi. Ijodkor shaxs uchun esa bu ixtiyoriy hodisa, ijodning sharti hisoblanadi. U aynan mana shu yolg‘izlikda o‘zining mohiyati – ikkinchi “men”i bilan topishadi. Ayni paytda bu “men” go‘yo ijodkorning vujudidan uzilib chiqqandek, xatti-harakatlarini boshqarib turadi.
Ilmiy ijodga xos dunyoqarashning qimmati uning nazariy, amaliy, maqsadli, munosabatli tomonlarining birligi bilan belgilanadi. Bu birlikning natijasi sifatida ong va ijodning uyg‘unlashishini keltirish mumkin. CHunonchi, ijodiy faoliyat olib borayotgan sub’ekt ham tirik jonzotdir. Zero, ilmiy-ijodiy faoliyat olib borayotgan sub’ekt o‘zining qarama-qarshiliklari, fikri-xayoli, dunyoqarashi, nuqtai nazari bilan ham tirikdir. Bundan ko‘rinadiki, ijod qilayotgan har bir sub’ekt o‘zining ongi va jismida o‘z faoliyatiga oid har bir murakkab voqelikni seza oladi. Biroq bu jarayon nafaqat ilmiy ish tarzida, balki hayotiy tajribasida ham sinab ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Binobarin, shaxsning tuzilishi Kant aytganidek, uning estetik, nazariy va amaliy nuqtai nazaridan iborat1. SHaxsning dunyoqarashi uning qiymatiga munosabatini bildiradi. Bu munosabatlarda hamma qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lib, inson mantiqiy fikrlashi bilan ularni echadi.
Ijodning muhim sharti – o‘z-o‘zini ijod qilishdir. Zero, odam – har qanday ijodiy harakat manbai bo‘lib, u shunday ijodiy faoliyat orqaligina jamiyatning haqiqiy ma’naviy boyligini oshiradi. Ijod insonni aqlliroq, mehribonroq, ruhini esa balandroq qiladi. Ijodiy faoliyatdagi o‘z-o‘zini yaratish – insonning har bir intilishida har bir harakatida namoyon bo‘ladi. SHuningdek, ezgulik bilan yo‘g‘rilgan ijod asosida inson o‘zining odamiyligini maksimum ifodalashga intiladi. Doim atrof muhitga nisbatan e’tiborli, ochiq chehrali, tetik, mehribon, sevuvchi va seviluvchi bo‘lishga intiladi. Ayni shu ma’noda, ijod bu alohida faoliyat bo‘libgina qolmay, hayot usuli hamdir.
Ijodkor o‘zining asarini yaratadi, biroq birovnikini bayon qilish ijod sanalmaydi. Ammo bu “o‘zi” ijod qilayotgan ijodkor shunchaki individual inson emas, ya’ni u o‘zining sub’ektivligida va ongining shaxssiz – umumiy tashuvchisi bo‘lmasligini anglaydi. CHunki u individual – insoniy ifoda ichida g‘ayb ruhi va ilmi faollashayotganligini his qiladi. SHuning uchun ham ba’zan daholar deyarli ixtiyorsiz holatda ichida qattiq kuch ta’sirida harakat qilayotgan medium sifatida buyuk kashfiyotlar yaratadi. SHuningdek, boshqa paytlarda ham ular mashaqqatli mehnat, ko‘p sonli tajribalar bilan yuqoridan berilayotgan narsani ifodalashga yoki adekvat qabul qilishiga harakat qiladilar.
SHunday qilib, ijodiy faoliyat bu faqat yangi mahsulot, qadriyatlar, g‘oyalar yoki kashfiyotlar qilish emas, balki ilohiy irodaning mahsulidir. SHu ma’noda, har qanday inson agar ishiga o‘z shaxsiyati, qalbini bersa, uning hayoti ijodiy jihatdan boy bo‘ladi. O‘z-o‘zini anglash jarayoni bu o‘z-o‘zini ijod qilishning umumiy sharti desa ham bo‘ladi. CHunki o‘z-o‘zini anglash orqali inson o‘z borlig‘ining tub-tubidagi chegaralariga etib boradi. Agar biz qanchalik ichkariga qarab yo‘l olsak, biron bir chegaraga duch kelishdan ko‘ra borgan sari qalbimiz kengayishini his qilamiz. SHuning uchun ham S.L.Frank, “Ichki aloqa orqali dastlabki haqiqat bilan olam hukmronligida ham ozodlikni, ham uning ijodiy hamkori bo‘lishimizga imkon beradi”1 – deb yozadi.
Inson hayotida shunday lahzalar bo‘ladiki, xuddi ko‘zni qoplab turuvchi parda tushadi va olam “yalang‘och” bo‘lib qoladi, bu sezgi organlarimiz uchun, o‘zining yorqinligi va g‘aroyibligi bilan ajralib turadi. SHu nuqtai nazardan, bunday lahzalar ijodkor insonga qattiq hayajoni qo‘rquvgacha olib keladigan darajada qattiq hayajonlanishga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ko‘pincha yordamga aql kelib, hammasini kundalik andaza va namunalarga aylantirib qo‘yadi. Bundan ko‘rinadiki, rasional faoliyat inson emosiyalarini jilovlashga yordam beradi. Bunday faoliyat esa ilmiy ijodning yanada takomillashuviga olib keladi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin