So’z va terminologiya haqida



Yüklə 194,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix05.06.2023
ölçüsü194,24 Kb.
#125108
  1   2
1261-Article Text-2679-1-10-20210426



So’z va terminologiya haqida 
 
Sirojiddin Pardayev 
Pardayevsirojiddin95@gmail.com 
Samarqand davlat universiteti 
 
Annotatsiya: Termin bir ma’noli yoki bir ma’noli tendentsiyaga ega; termin 
aniq, nominativ funktsiyaga ega bo‘lib, unga emotsionallik, terminning ma’nosi 
tushunchaga tengdir; termin stilistik jihatdan neytraldir; terminologik leksika alohida 
sistemadir va hokazo.
Kalit so`zlar: termin, so`z, terminologik, sistema, leksik, til, emotsionallik, 
ekspressivlik, modallik funktsiyalar sinonimlar, omonimlar, antonimlar, so`z turkumi, 
oppozitsiya
About words and terminology 
Sirojiddin Pardayev 
Pardayevsirojiddin95@gmail.com 
Samarkand State University 
Abstract: The term has a singular or unambiguous tendency; the term has a 
clear, nominative function, to which emotionality, the meaning of the term, is equal 
to the concept; the term is stylistically neutral; terminological vocabulary is a 
separate system, and so on. 
Keywords: term, word, terminology, system, lexical, language, emotionality, 
expressiveness, modality functions synonyms, homonyms, antonyms, word group, 
opposition 
Aslida termin va oddiy so‘zning farqli jihatlariga e`tibor qaratmoqchi bo‘lsak, 
bu hodisalarga o‘sha soha bilan shug‘ullangan olimlarning fikrlariga nazar solish va 
shu asosda termin va oddiy so‘z oppozitsiyani hal qilish maqsadga muvofiqdir. 
Odatda, olimlar terminlarning quyidagi belgilarini ko‘rsatadilar:
1) termin bir ma’noli yoki bir ma’noli tendentsiyaga ega;
2) termin aniq, nominativ funktsiyaga ega bo‘lib, unga emotsionallik, 
ekspressivlik, modallik funktsiyalari xos emas. Termin o‘zining bu xususiyatini 
kontekstda ham, kontekstdan tashqarida ham saqlaydi;
3) terminning ma’nosi tushunchaga tengdir;
4) termin stilistik jihatdan neytraldir;
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
474


5) terminologik leksika alohida sistemadir va hokazo.
Keltirilgan fikrlarda olimlar terminlarning xarakteri xususiyatlarini aniq va to‘la 
qayd qilganlar. Bu belgilardan termin uchun nihoyatda xarakterli belgilar 
terminlarning uslubiy neytralligi, terminologik leksika alohida tizim (sistema) 
ekanligi (uning bunday sistema ekanligi o‘zi qo‘llanilayotgan sohadagina sistema 
elementi sifatida ko‘zga tashlanishida ko‘rinadi), termin funktsiya bajarishi 
kabilardir. Terminlar shu belgilari bilan oddiy so‘zlardan farqlanishi mumkin. 
Terminlarning maxsus termin ekanligi o‘zi qo‘llanayotgan sohada yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. U bu tizimdan boshqa tizimga o‘tsa oddiy so‘zga aylanadi. Shu sababli 
ham M.Mukarramov “bo‘g‘in” so‘zi tilshunoslikda, ya’ni fonetikada termin, “yosh 
bo‘g‘in”, “qo‘l bo‘g‘inlari” birikmalarida inson tanasining a’zolari sifatida ekanligini 
ta’kidlaydi.
V.G.Gak yuqorida ko‘rsatilgan maqolasida termin bilan so‘zning farqli 
munosabatini ifoda planiga ko‘ra uch tipga bo‘lib o‘rganish mumkinligini ko‘rsatadi:
1) bir planli leksik birlik – oddiy so‘z;
2) bir planli leksik birlik – termin;
3) ikki planli leksik birlik – bir o‘rinda oddiy so‘z, ikkinchi bir o‘rinda 
termindir.
Hozirda yurtimizda bo‘layotgan ijitmoiy-iqtisodiy, moliyaviy, siyosiy-huquqiy 
tizimlaridagi islohotlarning tilning leksik sathiga kirib kelayotgan xalqaro terminlar 
sonini ko‘paytirmoqda. Bu hol shu sohada faoliyat yuritayotgan insonlardan o‘z 
kasbiga oid termin va tushunchalar haqida to‘liq va aniq ma’lumotga ega bo‘lishlarini 
talab etmoqda. 
Termin lotincha “terminus” so‘zidan olingan bo‘lib, “oxiri”, “chek”, “chegara”, 
“tugash” degan ma’nolarni bildiradi. V.N.Shevchuk terming quyidagicha ta’rif 
beradi: “Termin” – bu so‘z bo‘lib, o‘rta asrlarda “aniqlash”, “ifodalash” degan 
ma’nolarni ifodalagan 
1. Qadimgi fransuz tilida mavjud bo‘lgan “terme” leksemasi “so‘z” degan 
ma’noni anglatadi”. A.A.Reformatskiy esa buni quyidagicha izohlaydi: “Termin – bu 
so‘z bo‘lib o‘zining alohida va maxsus belgilari bilan chegaralandi, fan, texnika, 
iqtisodiyot, siyosat va diplomatiya sohalarida bir ma’noli, aniq so‘zdir 
2. U ekspressivlikdan holi muayyan predmet yoki tushunchani ifoda etuvchi, 
o‘zining qat’iy va aniq mazmuniy chegarasiga hamda izohiga ega bo‘ladi”. 
V.P.Danilenko termin so‘ziga quyidagicha aniqlik kiritadi: “Termin (lar) – lug’at 
tarkibining bir qismi hisoblanib, muayyan fan va soha leksik birliklarining aniq nomi, 
ta’rifidir” 
3. B.N.Golovin esa termin haqida: kasb-hunar nuqtai nazaridan qaralganida 
termin o‘zida muayyan kasbiy tushunchalarni ifoda etadi, - deb yozadi. 
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
475


4. Shunga o‘xshash talqinni biz V.M.Leychikning ishlarida ham uchratishimiz 
mumkin. Uning fikriga ko‘ra, termin muayyan tilning leksik birligi hisoblanib, aniq 
va maxsus sohalar ilmida va faoliyatida umumiy, aniq yoki mavhum tushunchalarni 
ifodalaydi. 
Filologiya fanlari doktori, G’.Abdurahmonov shunday yozadi: “Atamalarning 
aniqligi va qat’iylashishi shu millatning fani, maorifi, madaniyati darajasini 
ko’rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xil sohalarida 
turlicha bo’lib, ma’lum fanning taraqqiyotiga bog’liq. Bu taraqqiyot to’xtovsiz 
bo’lgani uchun yangi atamalarning kelib chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz 
bo’ladi. Umuman, ona tilida atamalarning puxta ishlanishi, tartibga solinishi darslik 
va qo’llanmalar tuzish uchun ham, ona tilida dars olib borish uchun ham zarur 
bo’lgan manbadir. Atamalarning ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq 
uslubiga ham ta’sir ko’rsatadi”. 
5. Demak, terminologiyaning tartibga solinishi, muvofiq ravishda tarjima 
qilinishi nafaqat ilmiy sohada balki ijtimoiy hayotda ham ahamiyati katta bo’lgan 
masaladir. 
Termin grekcha terminus so ‘zidan olingan bo ‘lib, chek, chegara degan ma’noni 
bildiriadi. U fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos so‘z 
hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va terminlar majmui degan 
ma’nolarni anglatadi. 
Termin so ‘zi o ‘rnida ba’zan atama, istiloh so ‘zlarini ishlatish hollari uchrab 
turadi. Ammo bu to ‘g ‘ri emas. Atama termin so’ziga nisbatan tor tashunchani 
ifodalaydi. Istiloh so’zi esa arabchadir. Uni xalq tushunmaydi va meyorga aylangan 
emas. Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri 
bo‘lib kelgan. Chunki terminlarning sohalar lug‘aviy qatlamlaridagi o‘rni va 
vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash imkonini 
beradi. 
Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning 
muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan, 
nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi. 
A.Reformatskiy terminga ta’rif berar ekan, “... terminlar – bu maxsus so‘zlardir” 
degan xulosaga keladi. 
Soʻz - tilning narsahodisalar, jarayonlar va xususiyatlarni nomlash uchun xizmat 
qiladigan eng muhim strukturmaʼnoviy birligi; oʻz tovush qobigʻiga ega boʻlgan, 
borlikdagi narsalar haqidagi tushunchani, ular oʻrtasidagi aloqani yoki ularga 
munosabatni ifodalay oladigan, turli grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanadigan 
eng kichik nutq birligi, leksemaning nutkda muayyan shakl va vazifa bilan 
voqelangan koʻrinishi. S. ran uchun qurilish materiali boʻlib xizmat qiladi, lekin, 
undan farqli ravishda, xabar yoki tugal fikr bildirmaydi. Oʻzida leksik va grammatik 
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
476


maʼnoni birlashtirgan hodda S. muayyan soʻz turkumiga mansub boʻladi, oʻz 
tarkibida muayyan til tizimida oldindan tayin boʻlgan barcha grammatik maʼnolarni 
ifodalaydi. 
Tilshunoslikda "S." atamasi leksemaga nisbatan ham qoʻllanadi va leksik S. deb 
yuritiladi. Mas, "soʻz yasalishi", "yasama soʻz" birikmalarida "soʻz" xuddi shu 
maʼnoda qoʻllanadi. Leksemaning nutqda muayyan shaklda voqelangan holati 
tilshunoslikda s oʻ z shakl, leksema shakl yokimorfologik soʻz deb ham yuritiladi. 
S.ning tovush va maʼno tomoni bor. Lekin har qanday tovush yigʻindisi S. 
boʻlavermaydi. Tovush yoki tovush birikmasi S. boʻlishi uchun maʼnoga ega boʻlishi, 
yaʼni muayyan til egalari shu tovushlar vositasida biror narsani anglashi yoki 
birbiriga anglatishi kerak. S. maʼnosida umumiylik va yakkalikning , barqarorlik va 
oʻzgaruvchanlikning dialektik oʻzaro munosabati aks etadi.
Maʼnoning 
barqarorligi 
oʻzaro 
tushunishni 
qulaylashtirsa, 
uning 
oʻzgaruvchanligi (S. ning anik, bir maʼnosidagi oʻzgarishlar) S. dan borlikdagi yangi 
tushuncha va narsalarni nomlashda foydalanishga imkon beradi, badiiy soʻz 
sanʼatining muhim omillaridan hisoblanadi. S. ning koʻp maʼnoliligi ham aynan 
maʼnoning oʻzgaruvchanligi bilan bogʻliq. Soʻzlovchining nomlanayotgan narsaga 
munosabati S. maʼnosining soʻzlovchi histuygʻusini, shaxsiy fikrini ifodalovchi 
emotsional jihatini tashkil etadi. S. tilda muayyan tizimni shakllantiradiki, bu tizim 
S.ning grammatik belgilariga (soʻz turkumlari), S. Yasalishi aloqalariga va semantik 
munosabatlariga (sinonimlar, omonimlar, antonimlar) asoslanadi. 

Yüklə 194,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin