3. List, kip(toy), o‘ram ko‘rinishidagi tayyor bo‘lgan mater iallar iste’molchilarga jo‘natilishidan oldin bir necha operatsiyalardan o‘tadi; tortiladi,
listli materiallar sovuq presslarda presslanadi, o‘raladi, sim yoki po‘lat tasmalar
bilan bog‘lab chiqiladi, paketlar shakllantiriladi va xokazo. Korxonalarida va
qog‘oz qatlamli hamda boshqa plastik materiallarni ishlab chiqarish korxonalarida
tayyor maxsulotlar upakovka qilinadi. SHuning uchun konstruktorlarimiz doimo
tayyor maxsulotlarni upakovka qilishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish
borasida doimo fikr yuritadilar. SHu fikrlar natijasida hozirgi kunda chet ellarga
jo‘natiladigan qog‘oz-qatlamli plastiklarni, listli sellyuloza-qog‘oz materiallarini
upakovka qiladigan potok liniyalar yaratildi va ular joylarda muvaffakiyatli
qo‘llanilmoqda.
23 - rasmda materiallarni upakovka qiladigan mexanizatsiyalashgan liniyaning
sxemasi ko‘rsatilgan.
U izox berib o‘tishni talab qilmaydi, chunki u rasmda yaxshi ifodalangan.
Liniya yordamida soatiga 200 tagacha o‘ralgan maxsulot olish mumkin.
23 – rasm.Materialli paketlarni upakovka qiluvchi mexanizatsiyalashtirilgan liniya:
1 – materiallar paketi; 2,8 – avtoyuklagich; 3 – rolganglar to‘plami; 4 - xta uch tomonlarini tekislovchi moslama; 5- ko‘ndalangiga sim yoki po‘lat tasma bog‘lovchi mashina; 6- upakovka materiali o‘rovchi qurilma; 7- upakovka qilingan paket; 9 –temir yo‘l platformasi(jo‘natishga hxozirlash) Takrorlash uchun savollar :
1. Navlarga ajratish qanday amalga oshiriladi?
2. Shtabel qiluvchi avtomatning asosiy ishchi organlarini aytib bering?
3. O‘rab chiqish (upakovka) qiluvchi mexanizatsiyalashgan liniyaning asosiy
qismlarini aytib bering?
44
Tayanch so‘z va iboralar: paket, paket qilib taxlash, shtabel, shtabel qilib taxlash, mahsulotlarni o‘rash
(upakovka), stropa materiallar.