O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

kuzatishdan
, ya‘ni subyektning tashqi olamni maxsus tahlildan 
o‗tkazilgan, maqsadga muvofiq va anglangan tarzda, izchil idrok etishdan boshlanadi. 
Bu obyekt, uning tomonlari va xossalari haqida dastlabki, «xomaki» axborot beradi. 
Ilmiy tadqiqot kuzatishlardan boshlanadi. Kuzatuvchi mo‗ljallangan kuzatish obyekti 
haqida aniq va qat‘iy tasavvurga ega bo‗lishi, bor diqqatini obyektni kuzatishga 
qaratishi, ishga ijodiy yondashishi, kuzatuvni rejalashtirish va uni bevosita amalga 
oshirishda o‗zining bor mahorati va iste‘dodini ishga solishi kerak. Masalan, kosmik 
obyektlar, quyosh tutilishi, yulduzlar, asteroidlar va shu kabilarni o‗rganishda 
kuzatuvchi teleskop bilan qurollanishi, mikroblar, viruslar, bir hujayrali 
organizmlarni kuzatish uchun esa mikroskopdan foydalanishi shart. Kuzatish 
asboblari, uskunalari va mexanizmlari ko‗pincha olimning kuzatishga nisbatan ijodiy 
yondashuvi mahsuli bo‗lib, o‗zining murakkabligi bilan ajralib turadi. Masalan, G. 
Galiley bir xil radius va hajmli, ammo har xil materiallar (suyak, gips, bronza, temir 
va hokazo)dan yasalgan sharlarning tushishini kuzatib, jismlarning erkin tushishi 
qonunini kashf etdi va klassik mexanikaning empirik asoslarini yaratdi.
Kuzatish bilishning shunday bir metodiki, bunda subyekt (tadqiqotchi) 
obyektning tuzilishi va rivojlanishiga aralashmaydi. U tadqiqot obyekti mavjud 
bo‗lgan sharoitlarni o‗zgartirmaydi, chunki unga hech qanday ta‘sir ko‗rsatmaydi. 
Asboblar, ilmiy moslamalar va mexanizmlar olimlarga ularning kuzatishlarida 
yordam beradi hamda ehtimol tutilgan kuzatishlar doirasini kengaytiradi, masalan, 
infraqizil teleskoplar va radioteleskoplar yordamida astrofizik olimlar yulduzli 
osmonni nafaqat ko‗rinadigan holatda, balki elektromagnit to‗lqinlar doirasining 
infraqizil va radiochastotali sohalarida ham ko‗rishga muvaffaq bo‗ldilar.
Kuzatishning ilmiy bilish metodi sifatida afzalligi shundaki, u o‗rganilayotgan 
hodisaning ancha obyektiv manzarasini berishi mumkin. Ilmiy kuzatish chinakam 
ijod, haqiqiy mahorat va san‘atdir, zotan, kuzatish obyekti o‗zining barcha xossalari 
va sirlarini kuzatuvchiga oshkor etishga intilmaydi. Shuning uchun ham olim 
kuzatish jarayonida yangi, qiziqarli va hali bilinmagan narsani ko‗rish uchun o‗z aql-
idroki, xotirasi, intuitsiyasi va sezgisining bor ijodiy imkoniyatlarini safarbar etadi. 
Har bir fanda obyekt haqida imkon qadar ko‗proq haqqoniy ma‘lumotlar va faktlar 
to‗plash uchun o‗z kuzatish metodlari ishlab chiqiladi. Kuzatish jarayonida olimning 
faoliyati ikki yoqlama xususiyat kasb etadi: u obyektga nisbatan passiv, kuzatish 
jarayonini tashkil etish, buning uchun muvofiq shart-sharoitlar yaratishga nisbatan 
esa faol, ijodiy bo‗ladi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin