6.2. Informatika va axborot texnologiyalari yo„nalishidagi fanlarning ilmiy-tadqiqot metodlari Ilmiy bilish metodlari obyektni o‗rganishning asoslangan va izchil usullari va
qoidalaridir. Muayyan fanlarning umumilmiy, xususiy va maxsus metodlari tafovut
etiladi. Tabiiyki, fan epistemologiyasida ularning dastlabki ikkitasi bevosita qiziqish
uyg‗otadi.
Insonning o‗zini qurshagan olamni bilishi subyekt (inson, kishilik jamiyati) va
obyekt (butun atrof olam yoki uning bo‗lagi)ning murakkab, dialektik jihatdan
ziddiyatli faol o‗zaro ta‘sirga kirishish jarayoni, butun borliqning mavjudligi,
rivojlanishi va o‗zgarishi qonuniyatlarining odamlar ongida aks etishidir. Hozirgi
zamon nemis ekzistensialisti – faylasufi va germenevtigi Martin Xaydegger: «Bilish
tadqiqot sifatida borliqni hisobot berishga chorlaydi», deb juda o‗xshatib aytgan.
Subyektning obyektni, uning tomonlari, sifatlari va xossalarini bilishi ikki
darajada – empirik va nazariy darajalarda sodir bo‗ladi. Ilmiy bilish ham ayni holda
bundan mustasno emas. Bilishning vazifasi va maqsadi haqiqatning tagiga etishdan,
turli hodisalarni o‗rganish yo‗li bilan ularning mohiyatini, teran, barqaror va muhim
tomonlari va jihatlarini tushunib etishdan iborat. Antik falsafada sofistlar va Suqrot
dunyoni tushunishning bosh masalasini insonning tabiatga, subyektning obyektga,
tafakkurning borliqqa munosabati deb ta‘riflab bergan edi.
Voqelikning hodisalari va jarayonlarini bilish jarayonida olimning tafakkuri
hodisa haqida dastlabki taassurot, hodisani hissiy idrok etishdan hodisani, uning
asoslari va mohiyatini yanada teran tushunish sari harakat qiladi. Amalda bu
subyektning bilish faoliyati dastlab empirik darajada boshlanishi, shundan keyingina
ko‗rib chiqilayotgan obyektning mohiyatini bilishning nazariy darajasida ilmiy
umumlashtirish va tushuntirish bosqichiga ko‗tarilishini anglatadi.
Tadqiqotning empirik darajasi bevosita obyektga yo‗nal-tiriladi hamda
kuzatishlar, tajribalar va eksperimentlarning natijalariga tayanadi.
Ilmiy tadqiqotning navbatdagi, yanada teran bosqichi nazariy darajada sodir
bo‗ladi. Bunda subyektning aql-idroki mantiqiy mushohada yuritish, empirik
bilimlarni teran tahlildan o‗tkazish, hodisaning barcha ikkinchi darajali va
ahamiyatsiz tomonlarini mavhumlashtirish yordamida mazkur bilish obyektining
mohiyatini teran tushunib etishga yaqinlashadi.