O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

 
 


58 
6-bob. INFORMATIKA FAN TARMOQLARI VA
ILMIY-TADQIQOT METODLARI 
6.1. Informatika va axborot texnologiyalari yo„nalishidagi fanlar 
integratsiyasi natijasida shakllangan fan tarmoqlari 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2018-yil 19-
fevraldagi ―Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ gi farmonida quyidagilar belgilab 
berilgan « Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‗rsatishning yaxlit tizimini yaratish, 
davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish 
yuzasidan izchil ish olib borilmoqda. 
Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish 
va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar ushbu sohaning 
jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini ko‗rsatishga to‗sqinlik qilmoqda. 
Xususan:
birinchidan,
telekommunikatsiya infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan, 
mamlakatning 
olis 
aholi 
punktlari 
telekommunikatsiya 
tarmoqlari 
bilan 
ta‘minlanmasdan qolmoqda, mobil aloqa va Internet tarmog‗ining sifati aholi 
ehtiyojlarini qondirmayapti;
ikkinchidan, 
davlat boshqaruvi tizimiga axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini joriy etishda yagona texnologik yondashuvning samarali 
amalga oshirilmaganligi sababli idoraviy axborot tizimlari va resurslari alohida-
alohida joriy qilinmoqda, buning oqibatida ularni yagona axborot makoniga 
integratsiyalash jarayoni murakkablashmoqda;
uchinchidan,
elektron tijoratda integratsiyalashgan savdo va marketing 
platformalari, internet-do‗konlar, to‗lov tizimlarini, shuningdek, logistika tizimlarini 
joriy etishga yetarlicha e‘tibor qaratilmayapti, bu iqtisodiyot va tadbirkorlik 
rivojlanishi, chet el investitsiyalari jalb qilinishi to‗xtatib turilishining sabablaridan 
biri bo‗lmoqda;
to„rtinchidan,
davlat axborot tizimlari va resurslarida axborot xavfsizligini va 
axborotni muhofaza qilishni ta‘minlash ishlarining zaif tashkil etilganligi axborotdan 
ruxsatsiz foydalana olish, ma‘lumotlar bazalarining butunligi va maxfiyligini buzish 
imkoniyatini oshirmoqda; 
beshinchidan, 
ko‗plab davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari 
tomonidan aholiga ko‗rsatiladigan xizmatlarning sifati va tezkorligini oshirish, 
byurokratik tartib-taomillarga barham berish, qog‗oz hujjat aylanishini kamaytirishga 
qaratilgan axborotlashtirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini joriy qilish loyihalarini amalga oshirish masalalariga yetarlicha 
e‘tibor berilmayapti;
oltinchidan, 
pochta aloqa xizmatlari va logistika tizimini modernizatsiya 
qilish, pochta aloqasi milliy operatori faoliyatining sifat jihatdan yangi uslublarini 
joriy etish va bozorda uning faoliyati mavqeini oshirishga doir ta‘sirchan choralar 
ko‗rilmayapti; 


59 
yettinchidan,
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida 
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi IT-
texnologiyalar rivojlanishining tezkor sur‘atlarini hisobga olmayapti, shuningdek, 
ta‘lim berishning ilg‗or uslublarini joriy etish uchun xorijiy mamlakatlarning yetakchi 
ta‘lim muassasalari bilan samarali muloqotni tashkil qilish imkonini bermayapti;

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin