O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

30
 
 
5.2. Metodologiya va zamonaviy yondashuvlarni tanqidiy tahlil qilish 
Fan metodologiyasi va mantig‗i yangi bilim olish shartlari va usullarini 
o‗rganadi. 
Fan metodologiyasi (epistemologiyasi)
yangi bilim tuzish prinsiplari va 
bunday bilimni olish usullarining falsafiy tahlili, ilmiy bilishning umumiy va maxsus 
metodlari tizimidir. Fan metodologiyasi ilmiy ijod uchun, yangi haqqoniy bilimni 
ongli ravishda va izchil olish uchun zarur bo‗lgan ilmiy bilish apparati, 
mexanizmining asoslarini ishlab chiqishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi. Fan 
metodologiyasi va epistemologiyasi u yoki bu jamiyatdagi dunyoqarash, fanning 
gnoseologik, etik va hatto estetik qoidalari va an‘analari asosiga quriladi.
Hozirgi zamon 
fan metodologiyasi va epistemologiyasi 
ilmiy bilishning 
tabiatini, uning genezisini, tarixini va hozirgi holatini, ilmiy bilishning haqqoniyligi 
asoslari va mezonlarini o‗rganadi. Uchinchi to‗lqin sivilizatsiyasi hozirgi zamon 
postmodernistik falsafasining har bir yo‗nalishi o‗z epistemologiyasiga ega, ammo 
hozirgi zamon stentistik yo‗nalishlari (neopozitivizm, germenevtika, tanqidiy 
ratsionalizm, neorealizm, fan falsafasi)da epistemologik tadqiqotlarning ahamiyati 
30
ccitt.uz 


55 
antistentistik 
yo‗nalishlar 
(ekzistensializm, 
falsafiy 
antropologiya 
va 
boshqalar)dagidan ancha kattadir.
Fan metodologiyasi va epistemologiyasi 
ilmiy bilish va ilmiy ijodni, ya‘ni 
ilmiy-tadqiqot faoliyatini o‗rganadi. Har qanday ilmiy yutuq yoki kashfiyot nafaqat 
muayyan predmet mazmuniga, balki metodologik jihatga ham egadir, zero, u fanda 
ilgari olingan axborotni tanqidiy qayta ko‗rish, fanning tushunchalar apparati va 
tadqiqot negizini muttasil yangilash (yangi metodlar, usullar va yondashuvlar yangi 
apparatura, yangi institutlar va laboratoriyalar) bilan bog‗liqdir. Shunday qilib, 
fanning o‗ziga nisbatan metodologiya va epistemologiya fanning o‗zini o‗zi bilish va 
o‗zini o‗zi anglash shakllaridan biridir. Ilmiy ijod metodologiyasi olim shaxsining 
yangi bilim olish va uni amalda qo‗llash sohasidagi ijodiy salohiyatini ochib beradi 
va tahlildan o‗tkazadi.
Subyektning obyektga faol munosabati sifatidagi bilishning eng umumiy 
jihatlarini tahlildan o‗tkazuvchi gnoseologiyadan farqli o‗laroq, metodologiya 
bilishning bu jihatlari va tomonlari bilish bilan bog‗liq muayyan vaziyatlarda va 
bilishning sohalarida, ma‘lum ijtimoiy-iqtisodiy, texnikaviy-texnologik va tarixiy 
sharoitlarda qanday o‗z ifodasini topishiga e‘tiborni qaratadi. Hozirgi zamon fan 
metodologiyasi ilmiy faoliyatning ma‘nosini, uning ijod, amaliyot, ijtimoiy 
borliqning ma‘naviyat sohasi, kengroq aytganda, butun madaniyat bilan aloqasini 
aniqlaydi. Shundan so‗ng metodologiya ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish, 
ratsionalizatsiya qilish, maqbullashtirish va samaradorligini oshirish muammolarini 
o‗rganadi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin