O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Informatika va axborot texnologiyalarining



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

4.2. Informatika va axborot texnologiyalarining
zamonaviy konsepsiyalari 
Davlat 
tomonidan 
tartibga 
solishning 
muhimligi 
va 
respublikada 
axborotlashtirish jarayonini tezlashtirish zaruratini hisobga olib, O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-dekabr qarori bilan Fan va texnika 
bo‗yicha Davlat Qo‗mitasi (FTDQ) qoshida Axborotlashtirish bo‗yicha bosh 
boshqarma (Boshaxbor) tuzildi.


48 
Mazkur qarorda belgilab berilgan asosiy vazifa va faoliyat yo‗nalishlari 
doirasida O‗z FTDQ tashabbusi bilan axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishga 
yo‗naltirilgan bir qator qonunlar qabul qilindi. Axborotlashtirish haqida (1993 yil, 
may), EHM va ma‘lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqida 
(1994-yil, may) qonunlar shular jumlasidandir.
O‗zR FTDQ Axborotlashtirish haqida Qonunning qoidalarini bajara borib, 
1994-yil dekabrida Vazirlar Mahkamasi O‗zbekiston Respublikasini axborotlashtirish 
konsepsiyasini ma‘qulladi. Ushbu konsepsiyaning asosiy maqsad va unda quyilgan 
masalalar qo‗yidagilardan iboratdir:

milliy axborot-hisoblash to‗rini yaratish;

axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va me‘yoriy 
hujjatlarini yuritish;

axborotlarni qayta ishlashning jahon standartlariga rioya qilish;

informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish;

axborotlar 
texnologiyasi 
sohasidagi 
fundamental 
tadqiqotlarni 
rao‗batlantirish va qo‗llab-quvvatlash;

informatika 
vositalari 
foydalanuvchilarini 
tayyorlash 
tizimini 
muvofiqlashtirish.
Konsepsiyaning 
asosiy 
qoidalari 
hisobga 
olingan 
«O‗zbekiston 
Respublikasining axborotlashtirish dasturi» ishlab chiqildi. U uch maqsadli dasturni 
o‗z ichiga oladi:
a) milliy axborot-hisoblash tarmog‗i;
b) EHMni matematik va dasturiy ta‘minlash;
d) shaxsiy kompyuterlar.
Mazkur dasturda vazirlik va mahkama axborot tarmoqlari, Milliy axborot - 
hisoblash tarmog‗ini yaratish, kompyuter va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab 
chiqarishni tashkil etish, yangi axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni 
takomillashtirish, hujjatlashtirishning me‘yoriy-uslubiy va huquqiy tizimini yaratish 
va boshqalar joy olgan.
O‗zbekiston axborot texnologiyalarini tatbiq etish va rivojlantirish uchun talay 
intellektual imkoniyat va axborot zaxiralariga ega. Fanlar akademiyasi, oliy va o‗rta 
maxsus o‗quv yurtlari, ishlab chiqarish va firmalarda kompyuter texnikasi, aloqa, 
dasturiy va axborot ta‘minoti, axborot tizimlar bo‗yicha malakali xodimlar 
ishlamoqda.
Buning yorqin dalili sifatida 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi»ni, O‗zbekiston Respblikasi Oliy Majlisining ikkinchi 
chaqiriq V sessiyasida ko‗tarilgan masalalar yuzasidan 2001-yil 23-mayda Vazirlar 
mahkamasining «2001-2005-yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini 
rivojlantirish, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini 
ta‘minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi 
Qarorini va 2001-yilning may oyida respublikamizda birinchi marta o‗tkazilgan 
Internet festivalini aytib o‗tish mumkin.
XXI asrda oliy va o‗rta maxsus o‗quv yurtlarining bitiruvchilari yangi 
sharoitlarga ijodiy va kasbiy yondashishga tayyorlangan bo‗lishlari lozim. Shu 


49 
sababli Respublikamizda ta‘lim sohasida ham, boshqa sohalardagi kabi katta 
o‗zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiy 
kibernetikani 
rivojlantirishda 
akademik 
S.S. 
G‗ulomov 
boshchiligidagi bir guruh olimlar olib borayotgan izlanishlar diqqatga sazovordir. 
Zero, akademik V.Q. Qobulov aytganidek, «Iqtisodiy kibernetika-mashina 
texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‗rganadigan 
yangi fanga aylanmoqda». 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin