O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-bob. INFORMATIKANING TARAQQIYOT BOSQICHLARI VA



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

4-bob. INFORMATIKANING TARAQQIYOT BOSQICHLARI VA 
ZAMONAVIY KONSEPSIYALARI 
 
4.1. Informatika va axborot texnologiyalarining rivojlanish tarixi 
Qadim zamonlardan beri insonlar o‗z mehnatini yengillashtirishga, 
avtomatlashtirishga 
yoki 
mexanizatsiyalashtirishga 
harakat 
qilishgan. 
Bu 
harakatlarning barchasi jismoniy kuchlarga yoki mehnatga qaratilgan bo‗lib, insonlar 
aqliy ish faoliyatida hech qanday mexanizatsiyadan (texnikadan) foydalanishga 
ehtiyoj sezmaganlar. 
Inson hisoblay boshlashidagi dastlabki hisoblash vositasi bo‗lib odamlarning 
barmoqlari xizmat qilgan. Ammo ular yordamida faqat sanash ishlarni bajargan 
(sabab barmoqlar soni cheklangan). 
Shuning uchun asta-sekin sun‘iy hisoblash vositalari vujudga kela boshlagan. 
Ulardan birinchilari bo‗lib toshlar va tayoqchalar bo‗lgan. So‗ngra abak (grek, 
misrlik, rimlik, xitoylik suan-pan va yaponlik soroban), Neper tayoqchalari, rus 
schyotlari vujudga kelgan (4.1-rasm). 
4.1-rasm. Daslabki sun‟iy hisoblash vositalari
25
 
Ammo odamzod, uziga o‗xshash mexanik mashinani – yordamchini (robotni) 
yaratish orzusi bilan yashab kelgan edi. 1623-yilda nemis olimi Vilgelm Shikard 
(1592-1636) tomonidan ixtiro qilingan mexanik moslama mexanik hisoblash 
mashinalar davrini boshlaydi. Ammo Shikard mashinasi ham aslida birinchi 
bo‗lmagan, chunki buyuk italiyalik rassom, olim va matematik Leonardo da 
Vinchining nashr etilmagan qo‗lyozmasida 13 ta raqamli sonlarni qo‗shish va ayirish 
amallarni bajaruvchi mexanik moslamaning chizmasi topilgan. Shuni aytish lozimki 
Leonardo da Vinchi hamda Vilgelm Shikard moslamalari hayotda qo‗llanilmagan. 
Mexanik hisoblash mashinalarni yaratilish tarixining dastlabki sahifalaridan 
biri fransuz faylasufi, yozuvchisi, matematigi va fizigi Bleyz Paskal (1623-1662) 
nomi bilan bog‗liq. U 1642-yilda birinchi jamlovchi (qo‗shish va ayirish) mashinani 
yaratdi. 1673-yilda esa boshqa olim nemis Gotfrid Vilgelm Leybnis (1646-1716) 4-
arifmetik amalni bajaruvchi mashinani yaratdi. XIX asrdan boshlab bu mashinalarga 
25
G‗ulomov S.S., Begalov B.A. Informatika va axborot texnologiyalari. Oliy ta‘lim muassasalari talabalari uchun 
darslik. – T.: Fan, 2010. – 704 bet.


45 
o‗xshash mashinalar juda ko‗p qo‗llanar edi. 1820-yilda Sharl de Kolmar tomonidan 
birinchi kalkulator – ARIFMOMETR yaratildi (4.2-rasm.). 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin