O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Tizimli yondashuvning muhim vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

Tizimli yondashuvning muhim vazifalari quyidagilardan iborat: 
─ bilish obyektini yaxlit, murakkab uyushgan tizim sifatida ko‗rib chiqish;
─ tizimning umumlashtirilgan modelini, uning alohida qismlari va jihatlarining 
modellarini tuzish (kompyuterlashtirilgan).
─ tizimlar nazariyalari hamda har xil tizim nazariyalari va ishlovlarining 
tuzilishini va samaradorligini o‗rganish
31
.
XX asrning ikkinchi yarmida epistemologiyada tizimlar umumiy nazariyasi 
vujudga keldi. U tizimli yondashuv g‗oyalari va prinsiplarining bilishda 
muayyanlashtirilgan mantiqiy-metodologik ifodasi bo‗ldi. Tizimlar umumiy 
nazariyasi muayyan tabiiy, texnikaviy, ijtimoiy fanlarning o‗rnini bosmay, har 
qanday tizimli tadqiqotning umumiy metodologik prinsiplarini ta‘riflab beradi.
Bugungi kunda Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (IHTT) hamda 
Evrostat ―innovatsiya‖ terminiga o‗zlarining talqinlarini taklif etmoqda. Unga ko‗ra, 
innovatsiya
qandaydir yangi yoki sezilarli yaxshilangan mahsulot (tovar yoki 
xizmat) yoki jarayonni, marketingning yangi usullari yoki amaliyotga yangi tashkiliy 
usulni iste‘mol uchun kiritish, ish o‗rinlari yoki tashqi aloqalarni tashkil etishni 
namoyon qiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqilsa, innovatsiyani yoki g‗oyani 
haqiqatda amalga oshirishga olib keladigan barcha ilmiy, texnologik, tashkiliy, 
moliyaviy va tijorat faoliyati 
innovatsion faoliyat
hisoblanadi. 
31
Michael Henderson, Geoff Romeo. Teaching and Digital Technologies Cambridge University Press 2015. P. 186-
187. 


56 
Xususan, 2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida ilmiy-tadqiqot va 
innovatsiya faoliyatini rag‗batlantirish, ilmiy hamda innovatsiya yutuqlarini 
amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‗quv yurtlari va 
ilmiy-tadqiqot 
institutlari 
huzurida 
ixtisoslashtirilgan 
ilmiy-eksperimental 
laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari hamda texnoparklarni tashkil qilishga 
alohida e‘tibor qaratilgan. 
Shu bilan birga, respublika viloyatlarida bo‗lib o‗tayotgan xalq bilan bevosita 
muloqot paytida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan barcha hududda ilm-fan 
salohiyatini tiklash, hududlarning kompleks rivojlanishini ta‘minlashda mavjud 
intellektual salohiyatdan samarali foydalanish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga 
keng jalb qilish bo‗yicha aniq vazifalar belgilab berilmoqda. Ushbu vazifalarni 
amalga 
oshirishda 
ilmiy 
izlanishlarni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
sohalarning 
real 
muammolariga yo‗naltirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‗rtasidagi uzviy 
integratsiyani ta‘minlash, o‗z navbatida, ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 
olimlarning ilmiy-texnologik ishlanmalarini amaliyotga joriy qilish samaradorligini 
oshirish mexanizmlarini yaratish masalalari o‗ta muhim ahamiyat kasb etadi. 
Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishida akademik fanning ahamiyatini 
yanada oshirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-
fevraldagi ―Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, 
boshqarish 
va 
moliyalashtirishni 
yanada 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi PQ-2789-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan keng ko‗lamli 
miqyosdagi aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi ko‗zda tutilgan. 
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi 
―Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni 
tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-5099-sonli farmoniga muvofiq, 
axborot 
kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
foydalanishga 
asoslangan 
iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini shakllantirish va faol rivojlantirish 
uchun qulay sharoitlar yaratish, axborot texnologiyalari mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchilar va buyurtmachilariga qo‗shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish 
hisobiga ushbu tarmoqda ilm-fan, ta‘lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini 
yanada chuqurlashtirish, AKT mahsulotlari eksportini ko‗paytirish, shuningdek, 
mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‗batlantirish maqsadida Axborot 
texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha ―Mirzo 
Ulugbek Innovation Center‖ innovatsiya markazi tashkil etildi. 
Shu bilan birga, ilg‗or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, 
innovatsion g‗oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni ta‘minlash maqsadida 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264-sonli 
farmoniga muvofiq, O‗zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi 
tashkil etildi. Ushbu farmonga muvofiq O‗zbekiston Respublikasi innovatsion 
rivojlanishining asosiy yo‗nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan: 

mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq 
muddatli 
ssenariylari 
asosida 
ustuvor 
soha va 
tarmoqlarni 
innovatsion 


57 
rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik 
rejalashtirish tizimini yaratish

davlat xizmatlari ko‗rsatishning tartib-taomillarini optimallashtirish va 
soddalashtirishni, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni 
ta‘minlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish; 

ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy 
g‗oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo‗llab-quvvatlash hamda rag‗batlantirish, 
shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay 
sharoitlar yaratish; 

innovatsiya faoliyati sohasida ilg‗or xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan, shu 
jumladan, ularni nou-xau, nanotexnologiyalar va yuqori texnologik tovar (ish, 
xizmat)larni ishlab chiqarishning mahalliy bozoriga jalb qilish orqali hamkorlikni 
kengaytirish va boshqalar. 
O‗z navbatida, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yilni 
O‗zbekistonda ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va texnologiyalarni qo‗llab-
quvvatlash yili‖
 
deb e‘lon qilinishi mamlakatimizning innovatsion rivojlanishi 
yo‗lida qo‗yilgan muhim qadam bo‗ldi desak, mubolag‗a bo‗lmaydi. 
Shu o‗rinda, dunyoga mashhur Apple kompaniyasining asoschisi Stiv 
Djobsning 
“Innovatsiya liderni uni quvib yetuvchilardan ajratib turadi” 
degan fikrini 
keltirib o‗tmoqchiman. 
Umuman olganda, siz bilan bizning asosiy maqsadimiz mamlakatimizning 
innovatsiyalarni yaratuvchi lider davlatlar qatoridan joy egallashi uchun qulay zamin 
yaratishni ta‘minlash bo‗lmog‗i lozim. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin