4.3. Informatika va axborot texnologiyalarining taraqqiyot bosqichlari
Axborotlarni qayta ishlash, saqlash va uzatish insoniyat rivojlanishining har bir
bosqichida turli ko‗rinishlarda rivojlanib borib, turli ko‗rinishlarga ega bo‗lgan. Eng
sodda zamonaviy axborot sistemasining paydo bo‗lishiga qadar, muloqatning paydo
bo‗lishi uchun insondan alohida biror asbob talab qilinmagan. Unga inson miyasining
quvvati yetarli hisoblangan. Inson tajribasi va bilimini orttirishda, axborot
almashinishda til va nutq vositachi vazifasini bajargan. Ularning og‗zaki hikoyalarida
yoyilishi xotirada saqlanishi va avloddan avlodga o‗tib borishi, insoning tabiiy
imkoniyatlari tufaylidir.
Rivojlanishning taraqqiyot bosqichlari rivojlangan sari, insonlarning axborot
to‗plashi, qayta ishlashi va ularni uzatishi o‗zgarib borgan. Axborotlarni qabul qilish,
qayta ishlash va ularni uzatish bosqichma-bosqich amalga oshirilgan.
I bosqich. Yozuvning paydo bo‗lishi, saqlanishi va avloddan avlodga o‗tishidir.
Yozuv paydo bo‗lishi bilan inson birinchi marta qayta ishlash texnologiyasidan
quvvat oldi.
II bosqich. (XVI) asr o‗rtalarida kitob bosib chiqarilishining yaratilishi bilan
bog‗liq, ya‘ni madaniyatning rivojlanishiga olib keldi. Kitob nashr etish fanning
rivojlanishi bilan birga soha bilimlarining jadal rivolanishiga olib keldi. Mehnat
jarayonida, stanoklarda, mashinalarda ishlash orqali orttirilgan bilimlarni yangi
fikrlash manbayi va ilmiy yo‗nalishlarga tatbiq etildi.
III bosqich. (XIX) asr oxirlari. Elektr energiyasi paydo bo‗lishi bilan birga
telefon, telegraf, radio orqali ko‗p miqdordagi axborotlarni uzatish va qabul qilish
imkoniyati yaratildi.
IV bosqich. Axborot revalyutsiyasining bo‗lishi bilan xarakterlandi. Bu
bosqichning boshlanishi XX asrning 40-yillariga, ya‘ni universal EHMlarning
yaratilishi davriga to‗o‗ri keldi. 70-yillarda axborot texnologiyasi-ning yadrosi
bo‗lgan mikrotexnlogiya va shaxsi kompyuterlar yaratildi. Hisoblash texnikasining
rivojlanishi evolyutsiyasida mikroprotsessor yo‗nalishi paydo bo‗ldi.
V bosqich. (XX) asr oxiri. Boshqarish tizimlarni osonlashtirish maqsadida
axborot texnologiyalari qayta ishlandi. Axborotlarni mazmunli qayta ishlash negizida
shunday algoritm va modellar borki, ular bizga boshqaruv tizimini o‗rganish
imkoniyatini beradi. Kompyuterlarning paydo bo‗lishi insoniyatning ulkan yutug‗i
hisoblanadi, Axborotlarni xotirasida yig‗ib ularni tez qayta ishlash imkoniyatiga ega,
lekin axborotlarni qayta ishlashdan maqsad nima ekanligini bilmaydi.
XX asr oxirida har xil modellar ishlab chiqildi (matematik, mantiqiy va b.) va
texnik boshqarish algoritmlari (avtomatlashtirilgan va avtomatik ishlab chiqarish) va
50
ijtimoiy tizimlar. Har qanday ishlab chiqarish asosida boshqarishsiz amalga
oshmaydigan maqsadga yo‗naltirilgan harakatlar yotadi. XX asr oxiriga kelib,
mantiqiy axborot ishlab chiqarishlar ko‗payib qoldi. Boshqaruvchining aqliy
imkoniyatlari boshqarishning effektini oshishiga olib keldi
28
.
Beshinchi bosqichning asosiy mazmuni shuni bildiradiki, ya‘ni nafaqat
boshqarish faoliyatidagi effektning keskin ko‗tarilishi, balki undagi ishchi
kuchlarining ortishi ham inobatga olindi. Shunday qilib texnologiyaning yangi turi–
axborot texnologiyalari ma‘lumotning va mahsulotning qayerdan kelishi bu axborot
hisoblanadi.
Model so‗zi lotincha modulus so‗zidan olinib, o‗lchov, me‘yor degan
ma‘nolarni bildiradi. Model deganda biror obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi
yoki namunasi tushuniladi. Masalan, Erning modeli deb globusni, osmon va undagi
yulduzlar modeli deb planetariy ekranni, har bir odamning modeli sifatida esa
pasportidagi suratini olish mumkin.
Model tuzish jarayoni modellashtirish deb ataladi. Modellashtirish deganda
biror obyektni ularning modellari yordamida tadqiq qilish mavjud predmet va
hodisalarning modellarini yasash va o‗rganish tushuniladi.
Modellashtirish uslubidan hozirgi zamon fanlari keng foydalanmoqda. U ilmiy-
tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba‘zi hollarda esa murakkab obyektlarni
o‗rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum obyekt, olisda joylashgan
obyektlar, juda kichik hajmdagi obyektlarni o‗rganishda modellashtirishning
ahamiyati beqiyosdir. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya,
iqtisodiyot fanlarida obyektning faqat ma‘lum xususiyat va munosabatlarini
aniqlashda ham foydalaniladi.
Modellarni tanlash vositalariga qarab ularni uch guruhga ajratish mumkin:
abstrakt, fizik va biologik.
Narsa yoki obektni xayoliy tasavvur qilish orqali formula va chizmalar
yordamida o‗rganishda qo‗llaniladigan model abstrakt model hisoblanadi. Abstrakt
modelni matematik model deb atasa ham bo‗ladi. Shuning uchun abstrakt modelni
matematik va matematik-mantiqiy modellarga ajratiladi.
Fizik modellar o‗rganilayotgan obyektni kichiklashtirib yasash yordamida
tadqiqot o‗tkazishda qo‗llaniladigan model hisoblanadi. Fizik modellarga
obyektlarning kichiklashtirilgan maketlari, turli asbob va qurilmalar, trenajyorlar va
boshqalar misol bo‗ladi.
Biologik model turli tirik obyektlar va ularning qismlari – molekula, hujayra,
organizm va boshqalarga xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni
modellashtirishda qo‗llaniladi.
Matematik model deb, o‗rganilayotgan obyektni matematik formula yoki
algoritm ko‗rinishida ifodalangan xarakteristikalari orasidagi funksional bog‗lanishga
aytiladi.
Kompyuterlar yaratilgandan boshlab matematik modellashtirish jarayoni
alohida ahamiyatga ega bo‗lib kelmoqda. Matematik modellashtirishdan murakkab
texnik, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni yaratish hamda ularni kompyuterlar yordamida
28
Michael Henderson, Geoff Romeo. Teaching and Digital Technologies Cambridge University Press 2015. P. 83-84.
51
qayta ishlashda keng miqyosda foydalanib kelinmoqda. Buning natijasida obyekt,
ya‘ni haqiqiy tizim ustida emas, balki uni almashtiruvchi matematik model ustida
tajriba o‗tkazila boshlandi.
Kosmik kemalarning harakat traektoriyasi, murakkab muhandislik inshootlarini
yaratish, transport magistrallarini loyihalash, iqtisodni rivojlantirish va boshqalar
bilan bog‗liq bo‗lgan ulkan hisoblashlarning kompyuterda bajarilishi matematik
modellashtirish uslubining samaradorligini tasdiqlaydi.
Matematik model tuzish to‗rt bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich – modelning asosiy obyektlarini bog‗lovchi qonunlarni
ifodalash.
Ikkinchi bosqich – modeldagi matematik masalalarni tekshirish.
Uchinchi bosqich – modeldan olingan nazariy natijalarni amaldagi kuzatish
natijalariga mos kelishini aniqlash.
To‗rtinchi bosqich – o‗rganiladigan obyekt haqidagi ma‘lumotlarni jamlash,
tahlil qilish va rivojlantirish.
|