O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4.2-rasm. Sharl de Kolmarning birinchi kalkulator – ARIFMOMETRI
26
 
 
1885-yilda amerikalik ixtirochi Uvilyam Barrouz klaviatura va qog‗ozga 
pechatlash uskunalardan iborat arifmometrni yaratdi (4.3-rasm). 
 
 
4.3-rasm. Uvilyam Barrouzning arifmometri
27
 
Universal avtomatik hisoblash mashinani yaratish g‗oyasi va loyihasi Kembridj 
universitetining professori Charlz Beybidjga (1792-1871) mansubdir. Uning loyihasi 
bo‗yicha bu mashina xotira qismi, hisoblash qismi, boshqarish qismi va chiqarish 
qismiga ega bo‗lishi shart edi. 
Beybidjning loyihasi asosida ko‗p olimlar mashinalar yaratishga harakat 
qilgan. 
1821-yil Tomas degan konstruktor hisoblash vositalarini ko‗plab ishlab 
chiqarishni yo‗lga qo‗ydi va bu asboblar arifmometrlar deb atala boshlandi. 
Arifmometrlar boshqa mashinalarga nisbatan yuqori hisoblash tezligiga ega bo‗lib, 
ikkita sakkiz raqamli sonlarni 18 sekundda ko‗paytirish imkoniga ega bo‗lgan. XX 
asrda ko‗plab hisoblash vositalari yaratildi, ularning ishonchliligi, hisoblash aniqligi 
va tezligi, ular bilan muloqot qilish imkoniyatlari oshirildi. Hisoblash mashinalarini 
26
http:// Ziyonet.uz
27
http:// Ziyonet.uz


46 
mukammallashtirishda va yaratishda rus olimlarining ham xizmatlari beqiyosdir. 
XVIII asr oxirlarida Ye.Yakobsonning mashinasi tayyorlandi, 1828-yilda F.M. 
Slobodskiy hisoblash vositasini yaratdi, 1846-yilda Kummer, P.L. Chebishev 
mashinalari yaratildi. Peterburglik injener V. Odner tomonidan yaratilgan tishli 
arifmometr hisoblash texnikasining rivojlanishida muhim rol o‗ynadi. 1873-yildan 
boshlab ishlab chiqarila boshlangan bunday asboblar, shunchalik mukammal 
tuzilishga ega bo‗lib, ko‗p yillar davomida o‗zgarishsiz qo‗llanib kelindi. 
Bunday hisoblash mashinalari insonlarning hisoblash ishlarini yengillashtirishi 
bilan birga, ularsiz mashina hisoblash ishlarini bajara olmas ham edi. 
XIX asrning boshlarida ingliz matematigi Charlz Bebbdj prinsipial yangi 
turdagi hisoblash mashinasining asosini yaratdi va uning asosiy holatlari 
(xususiyatlari)ni bayon qilib berdi: 
1. Mashina raqamli axborotlarni saqlash uchun «ombor»ga ega bo‗lishi kerak 
(hozirgi kompyuterlarda bu xotira qurilmasi). 
2. Mashinada «ombor»dan olingan sonlar ustida amallar bajaruvchi qurilma 
mavjud bo‗lishi kerak (Zamonaviy kompyuterlarda bu arifmetik qurilma 
hisoblanadi). 
3. Mashinada amallarning bajarilishi ketma-ketligini boshqaruvchi qurilma, 
ya‘ni boshqarish qurilmasi bo‗lishi kerak. 
Mashinada boshlang‗ich ma‘lumotlarni kiritish va hosil bo‗lgan natijalarni 
chiqaruvchi qurilmalari, ya‘ni kiritish-chiqarish qurilmalari mavjud. Bundan 150 yil 
ilgari surilgan bu g‗oyalarni XIX asrda ro‗yobga chiqarib bo‗lmagan bo‗lsa-da, lekin 
zamonaviy kompyuterlarda bularning barchasi o‗z aksini topgan. Bebbedj mexanik 
arifmometrlar asosida shunday turdagi mashinalarni yaratishga harakat qilgan. Lekin 
mexanizmlarning yo‗qligi va juda qimmatligi tufayli bu ishni oxiriga yetkaza olmadi. 
XX asrning 40-50-yillarida elektronika, avtomatika va matematik mantiq 
sohasida juda katta yutuqlarga erishildi, ya‘ni birinchi elektron hisoblash mashinalari 
yaratildi. 
1944-yilda amerikalik fizik G.Ayken loyihasi asosida avtomatik hisoblash 
mashinasi Mark-1 ni yaratish bo‗yicha ishlar tugallandi. Bu mashinada asosan 
elektron mexanizmlardan foydalanilgan. Katta hajmga va og‗irlikka ega bo‗lgan bu 
mashina bor yo‗g‗i 10 ta arifmometr kuchiga ega edi. 
Elektron sxemalar asosida yaratilgan hisoblash mashinalari, hisoblash 
texnikasini yaratishda yangi yo‗nalishlarni ochib berdi. Bu mashinalar elektron 
hisoblash mashinalari (EHM) deb atala boshlandi.
1930-yilda amerikalik olim Vannevar Bush tomonidan kompyuterning katta 
elektromexanik analogi – DIFFERENSIAL ANALIZATORI yaratilgan. Ushbu 
mashinada ma‘lumotlarni saqlash uchun elektron lampa-lar qo‗ullanilgan. 1941-yilda 
nemis injeneri Z3 nomli birinchi bo‗lib dasturlarda ishlovchi hisoblash mashinani 
yaratdi. 1943-yilda Buyuk Britaniya maxfiy laboratoriyalarida Alan Tyuring 
boshchiligida elektron lampalarda ishlovchi Koloss nomli birinchi EHM (elektro 
hisoblash mashinasi) yaratildi. 1944-yilda AQShning harbiylari uchun amerikalik 
injener Govard Eyken elektromexanik rele asosida og‗irligi 35 tonnali EHM yaratdi. 
Bu mashinani nomi MARK-1 edi. Lekin uning tezligi shu zamon talablariga javob 


47 
bermas edi. 1946-yilda amerikali olimlar Djon Mochli va Prespera Ekerta birichi 
universal to‗liq elektron hisoblash mashinani yaratdilar. Ushbu mashina elektron 
lampalar asosida ishlar va uning nomi ENIAC edi. U MARK-1 dan ming marta 
tezkorroq edi, lekin uning ham kamchiliklari bor edi: og‗irligi 30 tonna; uzunligi 170 
kvadrat metr xonani egallar edi; tarkibida 18000 elektrolampalar bor edi; ishlash 
jarayoni juda murakkab va bu mashina juda tez ishlamas edi (sekundiga 300 
ko‗paytirish yoki 5000 qo‗shish amallari bajarishi mumkin edi). Shu kamchiliklarni 
bartarab qilish uchun olimlar juda ko‗p mehnat qilar edi. Birinchi EHMlar avlodi 
lampali deb nomlanadi. 
Elektron hisoblash texnikasining rivojlanishida amerikalik mashhur matematik 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin