O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


kompyuterli ta‟limda fanning turmush bilan bog„liq bo„lishi tamoyili



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

kompyuterli ta‟limda fanning turmush bilan bog„liq bo„lishi tamoyili 
bajarilishi shart

Turmushga bog‗lab bilim berish hamda egallangan bilimlarni ishlab chiqarish, 
amaliyotga tatbiq etish boshqa-boshqa hodisalar bo‗lsa-da, ular bir-biri bilan 
chambarchars bog‗liq. Ta‘limni turmush bilan bog‗lash vazifasi kompyuter ekranida 
tasvirlanadigan o‗quv materiali matni, topshiriqlar, savollar mazmunida milliy 
qadriyatlarimizning aks etishini taqozo qiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib, biz o‗quv 
materiali mazmunida milliylik, e‘tiqodlilik, odob-axloqqa undovchi fikrlarning aks 
etishini, Vatanga, ota-onaga, ilmga muhabbatning ifodalanishini, tabiat, hadislar
iqtisodiyot kabi tushunchalar bilan bog‗liq fikrlarning bayon etilishini lozim deb 
bilamiz. 
O‗quvchilarda bilim olishga havas uyg‗otish ularni fikrlashga, mustaqil ishlash 
va ijod etishga, berilgan topshiriqlarni tez va sifatli bajarishga odatlantirishdir. 
Buning uchun, eng avvalo, bolalarning kattalardan farqli xususiyati-ularning qiziqarli 
narsalarga moyilligi, o‗zlari uchun mavhum ko‗ringan voqea-hodisalarga 
qiziquvchanligini hisobga olgan holda dars mashg‗ulotlarini shunday tashkil etish 
kerakki, o‗quvchilar unda faol qatnashsin, ekranda tasvirlanayotgan ma‘lumotlarni 
ishtiyoq bilan o‗rgansin, ular haqida mushohada qilsin.
O‗quvchilarni faoliyatga yetaklovchi asosiy omillardan biri qiziqishdir. Bundan 
kompyuterli ta‟lim o„quvchilar uchun qiziqarli bo„lishi lozim
degan xulosaga 
kelamiz. Chunki fanga, o‗quv predmetiga, muayyan o‗quv materialini o‗rganishga 
bo‗lgan qiziqish o‗rganiladigan o‗quv materialini samarali o‗zlashtirish va eslab 
qolishning zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Qiziqarlilik ta‘limning barcha 
yo‗nalishlari, funksiyalari bilan uzviy bog‗liq. Shunday yo‗l bilan o‗quvchining 
ruhiyatiga, o‗quv materiali ustida qunt bilan ishlashiga, o‗quv faoliyatini 
jadallashtirishga erishiladi. Zero, informatika darslarining qiziqarli bo‗lishini 
o‗rganilayotgan mavzu ahamiyatini tushuntirish, 
o‗quvchilarning yuqori 
o‗zlashtirishlariga erishish bilangina amalga oshirib bo‗lmaydi. «Qiziqishlar 
o‗quvchilarning o‗qishga nisbatan munosabatini, o‗quv predmeti mazmuniga ko‗ra 
moyillik kuchini aks ettiradi. Moyillik kuchi ularda bilishga chanqoqlik hissini 
qondirish vositalarini izlab topishga yo‗l ochadi». 


43 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin