O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

1. Ta‟lim va kompyuter.
Ushbu tizimda kompyuterli ta‘limni alohida ta‘lim 
turi sifatida qayd etamiz.
2. O„qitish faoliyati va kompyuter.
Mazkur tizimda kompyuterli ta‘lim 
sharoitida o‗qituvchi bajaradigan ishlarni belgilaymiz.
3. O„qish faoliyati va kompyuter.
Bu tizim bo‗yicha kompyuterda 
o‗quvchilarning o‗quv faoliyatini amalga oshirib, ta‘lim mazmunini o‗zlashtirishiga 
oid vazifalarni qayd etamiz.
Kompyuterli ta‘limni mehnat jarayoni momentlariga taqqoslash 3.1-rasmda 
keltirilgan. 
 
3.1-rasm. Kompyuterli ta‟lim tizimi va mehnat jarayoni momentlari qiyosi
23
 
Ta‘lim o‗qituvchi va o‗quvchining birgalikda amalga oshiradigan mehnati 
(o‗zaro ta‘sir)dir. O‗zaro ta‘sir kompyuterga yo‗nalgan. «Ta‘lim va kompyuter» 
tizimida kompyuter ikki xil vazifani bajaradi. 
Birinchidan, mehnat vositasi. O‗qituvchi ham, o‗quvchi ham kompyuter 
vositasida o‗z maqsadini amalga oshiradi. Ikkinchidan, kompyuter ta‘lim manbayi 
vazifasini bajaradi. Kompyuter xotirasiga kiritilgan ma‘lumotlar omborida 
o‗rganilayotgan mavzu mazmuni, yaratilgan PDVda esa shu mavzuni o‗zlashtirish 
uslubiyati aks etadi. Bu tizimda dastur vositasi orqali shakllantiriladigan nazariy 
bilim, amaliy ko‗nikma va malaka, ijodiy faoliyat tajribasi, shakllantiriladigan 
munosabatlar ta‘limning – o‗qitish va o‗qish faoliyati predmeti sanaladi. O‗qituvchi 
va o‗quvchi ta‘siridan bilimlar o‗rganilmagan holatdan o‗rganilgan holatga o‗tadi. 
Yuqoridagi rasmda keltirilgan tizimning «kompyuter va ta‘lim mazmuni» qismi eng 
boy bog‗lanish hisoblanadi. 
Keltirilgan tahlilga asoslangan holda ta‘limda informatikani o‗qitishni 
kompyuterlashtirish muammosini tizimli tadqiq qilish uchun quyidagi muammolarni 
belgilanadi: 
1.
Ta‘limda informatikani o‗qitishni kompyuterlashtirishni didaktik va uslubiy 
muammo sifatida o‗rganish. 
2.
Ta‘limni kompyuterlashtirishni jarayon sifatida tahlil qilish. 
3.
Informatika o‗quv predmetini kompyuterlashtirishda ta‘lim subyektlari 
faoliyatini modellashtirish. 
23
www.http:// Ziyonet.uz 


40 
4.
Informatika o‗quv predmetiga doir pedagogik dastur vositalarini yaratish 
uslubiyatini ishlab chiqish. 
5.
Ta‘limda informatika o‗quv predmeti bo‗yicha kompyuterli ta‘limning 
samaradorligini o‗rganish. 
Ta‘limda informatikani o‗qitishni kompyuterlashtirishga oid muammolar qayd 
etilgach, ularning har birini alohida tahlil qilish, tarkibiy qismlarini aniqlashga ehtiyoj 
tug‗iladi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin