O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Axborotga ishlov berish kichik tizimi



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

Axborotga ishlov berish kichik tizimi 
adabiyotlarda ko‗p hollarda 
ma‘lumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimi (MIAT) deb ataladi, 
bunda «ma‘lumotlar» tushunchasi «axborot» tushunchasi bilan sinonim deb 
hisoblanadi.
«Axborot» tushunchasidan odatda xabarning mazmun-mohiyatini ta‘kidlashni 
istagan holatlarda foydalaniladi. Lekin AIST ning asosi bo‗lgan kompyuter hozircha 
ishlov 
berilayotgan 
xabarlarning 
ma‘nosini idrok qilishga qodir emas. 
Kompyuterlarga nisbatan ko‗pincha «ma‘lumotlar» tushunchasi qo‗llaniladi va 
kompyuter mashina eltuvchilarda taqdim etilgan ma‘lumotlar bilan operatsiyalarni 
bajaradi. Bunda har qanday belgilar to‗plami, uning mazmunidan qat‘i nazar, 
ma‘lumotlar hisoblanadi. Ma‘lumotlarga muayyan ma‘no berib, ularga ishlov 
berishni axborotga ishlov berish deb qabul qilinadi. Shuning uchun bundan buyon 
«axborot» tushunchasidan asosan ma‘noviy mazmuni muhimligini ta‘kidlash zarurati 
yuzaga kelgan yoki u o‗zbek adabiyotida keng qo‗llaniladigan va o‗rnashib qolgan 
so‗z birikmalari tarkibiga kirgan hollardagina foydalanamiz.
Axborotni chiqarib berish va tasvirlash kichik tizimi 
(chiqarish tizimi) 
berilgan so‗rovga javobni chiqarib berishni ta‘minlaydi, bunda uni foydalanuvchi 
qabul qilishi uchun qulay shaklda taqdim etadi. Kichik tizim tarkibiga chiqarib 
beriladigan xabarning zarur shaklini ta‘minlab beradigan dasturlar majmuyi va 
chiqarib berilayotgan axborot qayd etiladigan (aks etadigan) texnik vositalar kiradi. 


33 
So‗rovga javob bosish qurilmasi, displey, grafik tuzgich, turli tablo va indikatorlar 
yordamida chiqarib berilishi mumkin.
Uzoqlashgan terminal
markaziy kompyuterdan uni bevosita ulash 
imkoniyatini istisno etadigan masofada uzoqda joylashgan kiritish-chiqarish 
qurilmasidir. Terminal kompyuter bilan ma‘lumotlarni uzatish kanali yordamida 
bog‗lanadi. Terminaldan olinadigan axborotni kompyuterga bevosita kiritish 
mumkin. Uzoqda joylashgan terminallar sifatida shaxsiy kompyuterlar, terminallar
teletayplar, maxsus terminallar va abonent punktlaridan foydalaniladi.
Kichik aloqa tizimi terminallarning markaziy kompyuter bilan o‗zaro aloqasini 
ta‘minlaydigan va unga masofadagi terminalni boshqarish imkonini beradigan 
dasturni ham o‗z ichiga oladi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin