O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

Tranzaksiya 
mijoz amalga oshirgan to‗lov, ishchiga 
to‗langan ish haqi.
Tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimi
biznes tranzaksiyalarini saqlab qolish 
va qayta ishlash uchun foydalaniladigan odamlar, jarayonlar, dasturlar, ma‘lumot 
bazalari va uskunalar bilan tashkil etilgan to‗plamdir.
 
Boshqaruv tizimlari 
turli-tuman boshqaruv va texnik-iqtisodiy masalalarni hal 
qilish uchun mo‗ljallangan. Odatda bu tizimlar korxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar 
(masalan: kasalxonalar, avtomatlashgan omborlar, moddiy-texnika ta‘minoti va 
zaxira qismlarini boshqarish, kadrlarni hisobga olish va buxgalteriya hisobining 
axborot tizimlari) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) doirasida ishlaydi. 
Ko‗pincha bu tizimlar ayrim sohalarga xizmat ko‗rsatadi va mustaqil hisoblanadi, 
ya‘ni o‗zining axborot fondi, algoritmi va dasturiy ta‘minotiga ega bo‗ladi.
Boshqaruv tizimlari integratsiyalashgan, ma‘lumotlar bazasi tamoyili bo‗yicha 
qurilgan bo‗lishi mumkin. Bunday tizimlar korxonadagi aylanib yuruvchi butun 
axborot oqimiga ishlov beradi va korxonaning resurslaridan oqilona foydalangan 
holda uning bir maromda va rejali ishlashini ta‘minlashga yo‗naltirilgan bo‗ladi.
 
Axborot-hisoblash 
tizimlarida saqlanayotgan axborotdan turli hisoblash 
operatsiyalari bilan bog‗liq vazifalarni hal qilish uchun foydalaniladi. Bunday 
vazifalarga statistik hisobot va tahlil, ob-havo va konlarni prognozlash, tashhislash 
(kasalliklarga tashhis qo‗yish, uskunalarning nosozliklari sabablarini aniqlash) 
kabilar kiradi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) doirasida ishlaydigan 
axborot 
tizimlarini 
ham 
axborot-hisoblash 
tizimlariga 
kiritish 
mumkin. 
Avtomatlashtirilgan 
loyihalash 
tizimlari 
asbobsozlik 
va 
mashinasozlik, 
radioelektronika va kemasozlikda turli loyihalar hisob-kitoblarini bajaradi, 
elementlar, sxemalar, qurilmalarning parametrlarini maqbullashtirish vazifalarini hal 
qiladi.
Hisoblash tizimlarining funksiyalari axborot tizimlarining boshqa turlariga ham 
xos bo‗lishi mumkin.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin