O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

 
Axborot-mantiqiy tizimlar 
boshqa tizimlardan farqli o‗laroq ilgari bevosita 
shaklda tizimga kiritilmagan, balki tizimdagi mavjud axborot massivlarini mantiqiy 
tahlil qilish, umumlashtirish, ma‘lumotlarni qayta ishlash asosida ishlab chiqiladigan 
axborotni bera oladi. Bunday tizimlar muayyan darajada mutaxassis-tadqiqotchi 
mehnatining o‗rnini bosib, ilmiy-tadqiqot masalalarini hal qilishi mumkin. Ularni 


31 
ba‘zan 
intellektual tizimlar 
deb ataydilar, chunki ularni ishlab chiqishda sun‘iy 
intellekt nazariyasi qoidalaridan foydalaniladi.
Yuqorida ko‗rib chiqilgan barcha tizimlarda foydalanuvchilarning, shu 
jumladan, hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo‗lmagan foydalanuvchilarning 
tizim bilan o‗zaro muomala qilish vositalarini rivojlantirib borish zarur. Bu vositalar 
yordamida foydalanuvchi o‗z so‗rovlarini shakllantiradi, ularni tizimga kiritadi, tizim 
unga berayotgan axborotni qabul qilib oladi.
Turli tizimlarda bu vazifa turlicha hal qilinadi. Ba‘zi tizimlarda amalga 
oshirilishi mumkin bo‗lgan so‗rovlarning qat‘iy belgilangan ro‗yxati mavjud bo‗ladi. 
Foydalanuvchi uning talablariga imkon qadar to‗la javob bera olishi mumkin bo‗lgan 
so‗rovni tanlaydi va uni tizimga ko‗rsatadi. Bunday tizimlar namunali (standart) 
so‗rovli tizimlar deb ataladi. 
Har qanday avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) tashqi muhit 
qurshovida ishlaydi, u AAT uchun kiritiladigan axborot manbayi va chiqadigan 
axborotning iste‘molchisi hisoblanadi. Axborot oqimi AAT doirasida, tizimga 
kirishdan boshlab undan chiqishgacha ishlov berishning bir nechta bosqichidan 
o‗tadi. Axborotga ishlov berishning eng yirik bosqichi axborotni to‗plash, ro‗yxatga 
olish va dastlabki ishlov berish, aloqa kanali bo‗yicha manbadan kompyuterga 
uzatish, mashina eltuvchilariga o‗tkazish, axborot fondlarini yaratish va saqlab turish, 
mashina ichida ishlov berish va chiqariladigan shaklga keltirish, aloqa kanali 
bo‗yicha kompyuterdan foydalanuvchiga uzatish, foydalanuvchi qabul qilishi uchun 
yaroqli shaklga o‗zgartirishdan iborat. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin