O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Itologiya predmeti axborot texnologiyalari (AT), shuningdek, ularni



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

Itologiya predmeti axborot texnologiyalari (AT), shuningdek, ularni 
yaratish va qo„llash bilan bog„liq bo„lgan jarayonlardir. 
Itologiyaning asosiy usullari quyidagilardan iborat:
1. Ilmiy bilimlarning strukturizatsiyasini amalga oshiruvchi axborot 
texnologiyalari eng muhim bo‗limlari etalon modellarining yaxlit tizimidan iborat 
bo‗lgan metodologik yadro shaklidagi (metabilimlar) asosini yaratish. Ushbu usul 
arxitektura spetsifikatsiya nomini oldi.
2. ATni bu tizimlarning interfeys (chegara)larida kuzatilishi mumkin bo‗lgan 
AT, ya‘ni AT-tizimlarini amalga oshirish spetsifikatsiyalari shaklida taqdim etish. 
Ushbu usul, shuningdek funksional spetsifikatsiya deb ham ataladi.
3. Axborot texnologiyalari spetsifikatsiyalarini va ularning hayotiy davrini 
boshqarishni standartlashtirish, bu qat‘iy reglamentlangan faoliyat asosida 
ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar tizimi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu jarayon 
bazaviy sertifikatlangan ilmiy bilimlarning to‗planishini ta‘minlaydi, ochiq 
texnologiyalarni yaratish uchun asos bo‗lib xizmat qiladi.
4. Axborot texnologiyalari spetsifikatsiyalari asosida ishlab chiqilgan axborot 
texnologiyalarini (ya‘ni AT tizimini) amalga oshirishning aynan shu 
spetsifikatsiyalarga mosligini tekshirish (attestatsiya) apparati (konsepsiyasi va 
uslubiyati), (mohiyat jihatidan ushbu apparat AT makonida matematik tahlildagi 
epsilon-delta apparati o‗ynaydigan rolni o‗ynaydi).
5. ATni profillash yoki AT funksional profillarini ishlab chiqish - bazaviy va 
uning asosida ishlab chiqilgan (standartlashgan shaklda taqdim etilgan) 
spetsifikatsiyalarni ushbu spetsifikatsiyalarning mos parametrlarini sozlash bilan 
kombinatsiyalash vositasida kompleks texnologiyalar spetsifikatsiyasini qurish usuli 
(mohiyat jihatidan profillash bazisli AT makonida kompozitsion operator 
hisoblanadi, bazis sifatida bazaviy, ya‘ni standart spetsifikatsiyalar xizmat qiladi).
6. AT profillarining taksonomiyasi (tasnifiy tizimi), u AT makonida 
identifikatsiyalashning unikalligini, ATlar o‗rtasidagi o‗zaro aloqalarni yaqqol aks 
ettirishni ta‘minlaydi.
7. Bilimlarni algoritmlash va formalizatsiyaning turli-tuman usullari, amaliy 
AT konstruksiyalash usullari (paradigmalar, dasturlashtirish tillari, bazaviy ochiq 
texnologiyalar, AT funksional profillash va h.k.).


34 
Yangi axborot texnologiyalar tushunchasida esa har xil vositalar, jumladan 
telefon, telegraf, telekommunikatsiya, faks va boshqalar yordamida ma‘lumotlar 
uzatuvchi kommunikatsiya texnologiyalar tushuniladi. Yangi axborot texnologiyalari 
deb, foydalanuvchining interfeyslar orqali kompyuter va telekommunikatsiya 
vositalaridan foydalanish texnologiyasiga aytiladi
21

Yangi (kompyuter) axborot texnologiyasining uchta asosiy tamoyili:

kompyuter bilan interaktiv (muloqot) ish rejimi; 

boshqa dasturiy mahsulotlar bilan integratsiyalashganligi;

ma‘lumotlarni ham, vazifalarning qo‗yilishini ham o‗zgartirish jarayonining 
moslashuvchanligi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin