O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

Kompyuter axborot texnologiyasi 
atamasini emas, balki 
yangi 
atamasini 
ancha aniqroq deb hisoblash zarurga o‗xshaydi, chunki u uning tuzilishida nafaqat 
kompyuterlardan foydalanishga asoslangan texnologiyani, balki boshqa, ayniqsa, 
telekommunikatsiyalarni 
ta‘minlaydigan, 
texnika 
vositalarga 
asoslangan 
texnologiyalarni ham aks ettiradi. Bunday texnologiyalar 
raqamli texnologiyalar 
hisoblanadi
22
.
O.Turdiqulov integratsiyaga quyidagicha ta‘rif bergan: ―Integratsiya tarqoq, 
bo‗lak-bo‗lak, ayrim-ayrim holdagi narsalarni bir butun, yaxlit, tizimlashgan holatga 
keltirish, tabiat haqidagi bir butun bilimlar majmuasi, turli fanlarga oid bilimlarni 
yagona maqsadni hal etishga yo‗naltirishdir. U olamning yaxlitligi (bir butunligi) ni 
ifodalaydi‖
Integratsiya
deganda, predmetlararo bog‗lanishda qo‗llaniladigan turli 
predmetlarni o‗zaro kelishilgan holda o‗qitilishidan, ularning o‗zaro keskin 
ta‘sirlashish darajasiga o‗tish orqali o‗qitish ekanligini yaxshi anglash lozim .
Ma‘lumki, integratsiya (inglizcha ―integratio‖ so‗zidan olingan bo‗lib, 
qismlarning tiklanishi, birlashishi degan ma‘noni anglatadi) ayrim bo‗laklarning yoki 
elementlarning bir-biriga qo‗shilishi, bir butunga aylanishi, yaxlitlanishidir 
(ensiklopedik lug‗atdan).
Ensiklopedik va ilmiy adabiyotlarda ―integratsiya‖ atamasini turli jinsdagi 
qismlar va elementlarni bir butunga birlashtirish bilan bog‗langan rivojlanish jarayoni 
sifatida tushuniladi.
Yu.I. Dik, A.A. Pinskiy, V.V. Usanovlar ―O‗quv rejasi va uni 
takomillashtirish‖ nomli maqolasida ―o‗quv fanlarini integratsiyalash, o‗quv rejasini 
va shu bilan birga ta‘limning barcha tizimlarini takomillashtirishning muhim vositasi 
bo‗lib qoladi‖ deb ta‘kidlanadi.
Integrativ darslar ishlanmasini ishlab chiqishda P.F. Fedorets integrativ tematik 
yondashuvni tavsiya qiladi

Integrativ tematik yondashuvda ta‘lim jarayonining 
tarkibiy, metodik va tashkiliy birligi deb dars emas, balki o‗quv fanning o‗zi yoki 
uning bo‗limi olinadi. Integrativ-tematik yondashuv, muallifning fikricha
o‗rganilayotgan mavzu, o‗quv fanining boshqa mavzulari bilan bog‗langan bo‗lishi 
yoki boshqa fan mavzulari bilan bog‗anishni o‗rnatish, boshqacha aytganda, 
21
Michael Henderson, Geoff Romeo. Teaching and Digital Technologies Cambridge University Press 2015, r. 15-16.
22
Michael Henderson, Geoff Romeo. Teaching and Digital Technologies Cambridge University Press 2015. r. 20-21.


35 
o‗rganilayotgan mavzu bo‗yicha bir vaqtning o‗zida fanlararo, fan ichidagi aloqalarni 
aniqlashga imkon beradi
I. Kolojvari va L. Sechimkovalarning fikricha, integratsiya darajasi faqatgina 
integrativ masalalar yordamida aniqlanadi. Bu birinchi navbatda, integrativ kursdagi 
u yoki bu masala bo‗yicha hosil qilinadigan umumo‗quv ko‗nikma va malakalarni 
shakllantirish jarayoni bilan bilishga bo‗lgan qiziqishni intensifikatsiyasidir
A.V. Zolotareva umimiy va qo‗shimcha ta‘limda integratsiya jarayonini 
boshqarishni bir nechta jihatlarda ko‗rib chiqqan:
Birinchidan, integratsiya – har xil ta‘lim muassasalarining umumiy ta‘lim 
doirasida o‗zaro aloqalarning mustahkamligi, tartiblanganligi bilan xarakterlanuvchi, 
hamda bunday holatga erishishni ta‘minlovchi jarayon.
Ikkinchidan, u subyektlar (talabalar, ularning ota-onasi va o‗qituvchilari) 
faoliyati darajasida namoyon bo‗ladi. O‗quv rejalari va ta‘lim dasturlari darajasida 
integratsiyani o‗rnatish muhim ahamiyat kasb etadi, ya‘ni o‗qituvchilarga talaba 
ongida olamning yaxlit manzarasini shakllantirishga, yangi konsepsiyalarni ishlab 
chiqishga, ta‘limning yangi maqsadlari, mazmuni, shakllari va metodlarini aniqlashga 
imkon beradi.
Uchinchidan, integratsiya ichki (muassasalar ichida) va tashqi (bitta 
muassasadan tashqarida) bo‗lishi mumkin. 
To‗rtinchidan, integratsiya tizimini yaxlitlikka olib boruvchi muhim 
ko‗rsatkichidir. Faqat yaxlit bo‗lgan ta‘limiy muhitdagina mukammal shaxs 
shakllanadi.
Pedagogik adabiyotlar tahlili shuni ko‗rsatdiki, integrativ ta‘lim mohiyati 
haqida yagona fikr mavjud emas. Biroq barcha mualliflar, bunday ta‘limning 
samarador ekanligini va uning ta‘limga qo‗yilgan zamonaviy talablariga mosligini 
ta‘kidlaydilar. Ta‘lim integratsiyasining mohiyatini tushuntirishda, pedagog va 
metodist olimlar o‗rtasida o‗zaro hamjihatlik, hamfikrlik yo‗q. Bu esa o‗z navbatida, 
integratsiya muammosi hali yetarlicha to‗la ishlanmaganligini ko‗rsatadi. Integrativ 
darslar tuzilmasiga mos u yoki bu talablarni qo‗yadigan metodik tizim to‗la 
ishlanmaganligi esa bu boradagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Kompyuterli ta‘lim to‗g‗risidagi qarashlarning paydo bo‗lganiga yarim asr 
bo‗lyapti. Kompyuterli ta‘lim harakati AQSh larida 1955-yilda, sobiq Ittifoqda 1965-
yilda boshlangan edi. Ta‘limga kompyuterlarni tatbiq qilish bizning respublikamizda 
esa 1985-yillarda boshlandi. Ana shu tarixan qisqa vaqt ichida ta‘limni 
kompyuterlashtirish muammosi sohasida ancha yutuqlarga erishildi: kompyuterli 
ta‘lim muammolariga qiziquvchi mutaxassislar yetishib chiqdi; «kompyuter», 
«kompyuterlashtirish», «dastur vositalari» kabi qator tushunchalar va ularga oid 
atamalar o‗zaro muloqot, fikrlashuv vositasiga aylandi; maktab o‗qituvchilari, 
o‗quvchilarining aksariyati kompyuter bilan ishlash yo‗llari, texnologiyasini egallab 
oldi, qolaversa, jamiyatimiz a‘zolarining «kompyuter savodxonligi» oshdi; yildan-
yilga ta‘lim tarmoqlarining kompyuter ta‘minoti yaxshilanib, boyib bormoqda. 
Endigi asosiy vazifa ta‘limni kompyuterlashtirishning mukammal nazariyasini 
yaratish.


36 
Yuqorida o‗tkazilgan tahlil ta‘limni kompyuterlashtirish muammosidagi ayrim 
tushuncha, atamalarni izohlash, ularning mazmuni, hajmini chegaralash imkoniyatini 
beradi. Haqiqatan ham, «o‗rgatuvchi dastur» bilan «amaliy dasturlar paketi», 
«avtomatik o‗qitish tizimi» bilan «avtomatlashtirilgan o‗qitish tizimi» kabi qator 
tushunchalarga izoh bermasdan, ularni qanday ma‘noda ishlatishimizni oldindan 
belgilamasdan ta‘limni kompyuterlashtirish muammosi bo‗yicha tadqiqot o‗tkazish 
qiyin.
Mutaxassislar nutqida, ularning tadqiqotlarida «amaliy dasturlar paketi», 
«uskunaviy pedagogik vositalar» atamalari tez-tez uchrab turadi. Lekin amaliy 
dasturlar paketi boshqa ma‘noni anglatadi. Masalan, Windows operatsion tizimida 
matnlarni tahrirlash uchun Word, tasvirlarni qayta ishlash uchun Paint, taqdimotlarni 
hosil qilish uchun PowerPoint, ma‘lumotlar ombori bilan ishlash uchun Access 
ilovalari mavjud. Ular birgalikda amaliy dasturlar paketini tashkil etadi. 


37 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin