O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-bob. INFORMATIKA YO„NALISHIDAGI FANLARI G„OYALARI



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

3-bob. INFORMATIKA YO„NALISHIDAGI FANLARI G„OYALARI
VA TAMOYILLARI 
3.1.
 
Informatika yo„nalishidagi fanlarning g„oyalari 
Hozirgi paytda ta‘limga axborot texnologiyalarini jadal tatbiq etish, ta‘lim 
jarayonini kompyuterlashtirish yetakchi pedagogik-uslubiy g‗oyaga aylangan. 
Ta‘limni kompyuterlashtirish tarixan XX asrning 50-yillariga borib taqaladi. Uning 
o‗tmishdoshi dasturlashtirilgan ta‘lim bo‗lib, undan ommaviy foydalanish o‗tgan 
asrning 50-yillariga to‗g‗ri keladi.
Jamiyatda paydo bo‗lgan har qanday yangilik singari dasturlashtirilgan 
ta‘limning ijobiy tomonlari bilan birga ayrim kamchiliklari ham mavjud edi. Shunga 
qaramasdan, dasturlashtirilgan ta‘lim o‗quv-tarbiya ishlarida chuqur ijobiy 
o‗zgarishlarga sabab bo‗ldi. Mutaxassis va o‗qituvchilar o‗quv materialini tahlil 
qilishning yangi uslubiyatini o‗zlashtirib oldilar, o‗quv materiali bo‗yicha 
axborotlarni qabul qilish, ularni atroflicha mustahkamlash, sinash yagona tizimga 
aylandi. Ta‘limda amal qiladigan teskari aloqa yangicha ahamiyat kasb etdi. 
Mavzularni to‗liq o‗zlashtirish uchun psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy zamin 
yaratildi.
Iqtisodiy jihatdan qimmatga tushushi, tashkiliy qurilishidagi zaif tomonlar 
mavjudligi sababli XX asrning 70-yillariga kelib dasturlashtirilgan ta‘limga 
tadqiqotchilarning qiziqishi ma‘lum darajada susaydi. Garchand dasturlashgan ta‘lim 
sohasidagi izlanishlar ancha kamaygan bo‗lsa-da, uning qobig‗ida yangi yo‗nalish - 
ta‘limni kompyuterlashtirish muammosi paydo bo‗ldi.
Kompyuterning ta‘lim-tarbiya sohasidagi ahamiyati beqiyos. U ta‘lim tizimini 
ma‘muriy boshqarishdan tortib alohida maktab faoliyatini tashkil etish, boshqarish, 
nazorat qilishgacha, o‗quv fanlarini o‗rganishni tashkil qilishdan tortib 
o‗quvchilarning individual mashg‗ulotlarini tashkil etishgacha bo‗lgan muammolarni 
qamrab oladi. Kompyuter ma‘lumotlarni saqlovchi, ularni qayta ishlovchi, turli shakl 
va usullarda o‗quvchilarga yetkazuvchi o‗ta qulay vosita sifatida tan olinmoqda. 
Ta‘lim-tarbiya ishiga kompyuterlarning tatbiq qilinishini insoniyat tarixida 
kitobning paydo bo‗lishi, uning o‗rni va ahamiyatiga qiyoslash mumkin. Zero, 
kitobdan ma‘lumotlarni saqlash va tarqatish maqsadida foydalanilsa, kompyuterdan 
dars jarayonida o‗quvchilarga bilim berishda foydalaniladi. 
Ikkinchidan, kompyuterning ta‘lim berishdagi vazifasi dars jarayoni bilan 
chegaralanmaydi. O‗quvchilar u bilan mustaqil ishlab, hatto uyda ham bilim olishlari 
mumkin. Uchinchidan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanish, masofadan o‗qitish 
hozirgi kun uchun orzu bo‗lmay qoldi. Bu nog‗iron bolalar uchun ta‘lim olishning 
yagona imkoniyati, iqtidorli, o‗ta qiziquvchan talabalar uchun mustaqil ta‘lim olish 
vositasi.
Kompyuterli o‗qitishning afzalliklari juda ko‗p: o‗quvchilarda ma‘lum 
malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi; 
o‗quvchilarning ishlash sur‘ati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol boshqarishni 
talab qilinishi natijasida o‗quvchi ta‘lim subyektiga aylanadi; o‗quvchilar kuzatishi
mushohada qilishi qiyin bo‗lgan jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish 


38 
qilish imkoniyati hosil bo‗ladi; kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda 
darsni uzoqdagi manbalar bilan ta‘minlash imkoniyati hosil bo‗ladi; kompyuter bilan 
muloqot didaktik o‗yin xarakterini oladi va bu bilan o‗quvchilarda o‗quv faoliyatiga 
motivatsiya kuchayadi va hokazo.
Shu sababli ta‘limni kompyuterlashtirish muammolarini hal qilish bo‗yicha 
barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, ular bilan bir qatorda respublikamizda 
ham 
turli 
yo‗nalishdagi 
ilmiy 
tadqiqot 
ishlari 
o‗tkazilmoqda. Ta‘limni 
kompyuterlashtirish muammosiga daxldor tadqiqotlar quyidagicha guruhlarga ajratib 
tahlil qilindi.
Ta‘limni kompyuterlashtirish muammosini o‗rganish geografiyasi keng 
bo‗lganligi bois uni uch guruhga ajratib, tahlil qilinadi: xorijlik mutaxassislardan
T. Bekker, A. Bork, S. Veir, R. Norton, S. Peypert, J. Xartli; hamdo‗stlik 
mamlakatlari olimlaridan N.V. Apatova, V.M. Glushkov, V.V. Grishkin,
A.M. Dovgyallo, A.P. Ershev, A.A. Kuznetsov, E.I. Mashbits; respublikamiz 
olimlaridan A.A. Abduqodirov, M. Aripov, M .Ziyoxo‗jayev, Z. Ikromova,
U. Yuldashev, V. Qobulov, A. Hayitov U. Begimqulov, S.S. G‗ulomov,
R.X. Alimov, B.A. Begalov kabi qator tadqiqotchilar o‗z izlanishlarida ta‘limni 
kompyuterlashtirishning turli muammolarini o‗rganganlar.
Ta‘limni kompyuterlashtirish bilan bog‗liq muammolarni tadqiq qilishda 
ko‗plab yutuqlarga erishilganligini qayd qilgan holda bu sohada yechimini 
kutayotgan masalalari ko‗p ekanligini ham ta‘kidlash joiz. Chunonchi, ta‘limni 
kompyuterlashtirishga bir necha yil oldin kirishilgan va qator ishlar qilingan bo‗lsa-
da, ko‗pchilik uchun bu ta‘limni tashkil qilishning yangi, noan‘anaviy shakli sifatida 
taassurot qoldirib kelmoqda. Albatta, kompyuter ta‘lim sifati va samaradorligini 
sezilarli darajada oshirish imkoniyatiga ega, buning uchun sifatli pedagogik dasturlar 
va mukammal uslubiyatdan foydalanish lozim. 
Ta‘lim jarayonida foydalanishga mo‗ljallangan ko‗plab elektron o‗quv 
materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o‗quv qo‗llanma, o‗rgatuvchi 
dastur vositalari kabilarni misol qilib ko‗rsatish mumkin. Ular o‗zida boshqarilish 
imkoniyati, interfaol uslublar, sun‘iy intellekt elementlari, hissiy moslashuvchanlik 
kabi xususiyatlar muvjudligiga ko‗ra ta‘limda ma‘lum samaradorlikni ta‘minlaydi. 
Ta‘limni kompyuterlashtirish to‗g‗risida fikr yuritilganda uning ikki xil 
ma‘nosini farqlash kerak:
1. Ta‘limni kompyuterlashtirish faoliyati. Ta‘limni kompyuterlashtirish 
faoliyati PDVni loyihalash, yaratish, kompyuterning o‗zini ta‘limni amalga 
oshirishga tayyorlash kabi elementlardan iborat bo‗lib, ularning har biri o‗ziga xos 
vazifa va vositalarga ega.
2. 
Ta‘limni 
kompyuterlashtirish 
jarayoni. 
Bu 
ma‘noda 
ta‘limni 
kompyuterlashtirishni mehnatga qiyoslasa bo‗ladi. Mehnat jarayonlariga o‗xshab 
ta‘limni kompyuterlashtirish maqsadga muvofiq mehnat, mehnat vositasi, mehnat 
predmetidan iborat. 
Endi mehnat jarayoni nuqtayi nazaridan muammo tarkibini tahlil qilishga 
o‗tamiz. «Mehnat jarayoni o‗zida uch momentni aks ettiradi: mehnatning o‗zi, 
mehnat vositasi, mehnat predmeti». 


39 
Ta‘lim va uning momentlari jihatidan o‗zaro daxldor uchta tizimni ajratamiz:

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin