O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

3.2.
 
Informatika fanini o„qitish tamoyillari 
Kompyuterlarni ta‘lim jarayonida qo‗llashning o‗zi ta‘lim jarayoni 
samaradorligini 
oshirish 
uchun 
kafolat 
bo‗la 
olmaydi. 
Kompyuterda 
modellashtirilgan g‗oya mukammal bo‗lib, ularni tashkil etish vositalari, shakllari bir-
biri bilan o‗zaro uyg‗unlashgan sharoitdagina ko‗zlangan pedagogik samaradorlikka 
erishish mumkin. 
Kompyuterlarni o‗quvchilarning ortiqcha toliqishisiz, samarali qo‗llash 
shartlaridan biri ta‘limni kompyuterlashtirishning barcha bosqichlarida o‗quv 
materialini tanlash, unga pedagogik ishlov berishdan tortib o‗quvchi va o‗qituvchi 
faoliyati mazmunini loyihalash, ta‘limning akt, bo‗g‗in, bosqich, davr shaklidagi 
harakatini rejalashtirishgacha bo‗lgan hodisalarning psixologik, pedagogik, uslubiy 
talablar asosida qurilishi. Bunday talablarni belgilamasdan, kompyuterli ta‘lim 
tamoyillarini asoslamasdan ta‘limni kompyuterlashtirish, uning samaradorligi 
xususida fikr yuritish qiyin.
«Tamoyil umumdidaktik kategoriya bo‗lib, ular ta‘limning barcha turlari 
(individual, guruh, umumsinf), darajalari (boshlang‗ich, o‗rta, kasbiy, oliy), 
subyektlari (o‗qituvchi, o‗quvchilar jamoasi), o‗quv-tarbiya jarayonining hamma 
komponentlari (ta‘limning maqsadi, vazifasi, vositasi, mazmuni, uslublari, tashkiliy 
shakllari, natijalari)ga daxldor umumiy qoidalardir». 
Kompyuterli ta‘limda umumiy didaktik tamoyillarni amalga oshirish 
muammolarini V.T. Jitomirskiy, V. Monaxov, V. Novichkov, I. Robert kabi qator 
olimlar tadqiq qilishgan
24

Darsga qo‗yiladigan asosiy talablardan biri ilmiylikdir. «Didaktikaning ilmiylik 
tamoyili ta‘lim jarayonida o‗quvchilarning ilmiy-ishonchli, zamon fani taraqqiyoti 
darajasiga javob beradigan bilimlarni egallashlarini talab qiladi».
Ilmiylik tamoyili kompyuterli ta‟limda o„z aksini topishi shart
. Bu 
talabning amalga oshishi o‗quvchilarni ilmiy dunyoqarashning poydevori 
hisoblanuvchi nazariy bilimlar tizimi bilan qurollantiradi, ularning bilishga bo‗lgan 
qiziqishlarini o‗stiradi. 
Ta‘limning tizimliligi – bayon qilinayotgan o‗quv materialining fan ichki 
mantiqi va o‗quvchilarning yosh hamda psixologik xususiyatlariga to‗g‗ri kelishi 
lozim bo‗lgan didaktik tamoyil. Tizimlilik tamoyiliga amal qilgan holda tashkil 
etilgan ta‘limda esa o‗quv materiali tarkibidagi tushunchalar va ular orasidagi 
bog‗lanishlar o‗quvchilar tomonidan mantiqan bog‗liq holda o‗zlashtirilishiga 
24
www.http.edu.uz 


41 
erishiladi. Bu 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin