O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Informatikaning integratsiyalashgan texnologiyalari



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

 
2.3. Informatikaning integratsiyalashgan texnologiyalari
tushunchalari
Axborotni to‗plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimi axborotga dastlabki 
ishlov berish bo‗yicha bir qator operatsiyalarni bajaradi. Bu kichik tizim doirasida 
obyektlar to‗g‗risida obyekt uchun tabiiy bo‗lgan shaklda, ya‘ni tabiiy tilning so‗zlari 
va simvollari, umumiy qabul qilingan sanoq tizimi raqamlarida taqdim etilgan 
dastlabki axborotni (masalan, kadrlarni hisobga olish bo‗yicha varaqa mazmuni
bemorni tibbiy tekshirish natijalari, maqolalarning matnlari, tovar-transport 
yukxatlari mazmuni va hokazo) to‗plash amalga oshiriladi.
Maxsus tekshiruvlar natijasida axborot tizimining axborot fondida hali mavjud 
bo‗lmagan ma‘lumotlar tanlab olinadi. Bu bilan tizimda axborot takrorlanishining 
oldi olinadi. Dastlabki axborotning tizimga keyin kiritilishi zarur bo‗lgan 
elementlariga dastlabki ishlov beriladi, ya‘ni tizimda qabul qilingan muayyan shaklga 
va formatga keltiriladi: maxsus blankalarga yoziladi, belgilangan shakldagi 
jadvallarga kiritiladi, hujjatli axborot uchun muayyan qoidalar bo‗yicha annotatsiya 
va bibliografik bayoni tuziladi, fizik parametrlari birliklarning yagona tizimiga 
keltiriladi. Dastlabki ishlov berishdan o‗tgan va muayyan tarzda shaklga keltirilgan 
axborot eltuvchilarda, aksariyat hollarda, qog‗ozda qayd etiladi.
Axborotni to‗plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimidan olinadigan 
axborot kompyuterga bevosita kiritish uchun yaramaydigan shaklda beriladi. Kiritish 
kichik tizimining
 
vazifasi uni kompyuterga kiritish, shuningdek axborotning to‗g‗ri 


32 
ko‗chirilishi va yuzaga kelgan xatolarni nazorat qilib turishdan iborat bo‗ladi. 
Zamonaviy kompyuterlarda axborotni kiritish uchun ko‗pincha kompyuter bilan 
maxsus tarmoq vositalari orqali bog‗langan displey va aloqa kanallaridan 
foydalaniladi.
Kompyuterga kiritilgan axborot mashina xotirasiga joylashtiriladi va axborot 
tizimining axborot fondini hosil qiladi. Axborot fondining elementlari bilan ishlov 
berishning turli operatsiyalari: mantiqiy va arifmetik, saralash va qidirish, yuritish va 
tuzatish operatsiyalari bajariladi. Natijada axborot fondining dolzarb holatda 
saqlanishi ta‘minlanadi, shuningdek ishlov berish topshirig‗iga muvofiq bo‗lgan 
chiqish axboroti shakllantiriladi.
Axborot massivlarini shakllantirish (strukturalashtirish) va saqlab turish, 
shuningdek axborotga ishlov berish bo‗yicha barcha amallar axborotni saqlash va 
ishlov berish kichik tizimi tarkibiga kiradigan dasturlar majmuyi boshqaruvida 
amalga oshiriladi. Bu kichik tizim tashqi xotira qurilmalarida axborotni joylashtirish 
va undan foydalanish imkoniyatini ta‘minlaydi.
Axborotni saqlash va ishlov berish kichik tizimi, kichik tizimning ishini 
amalga oshiruvchi texnik vositalar (shu jumladan, kompyuterning o‗zi ham), 
shuningdek axborot massivlari axborotga ishlov berish va saqlash tizimi (AIST) ga 
birlashadi. AIST o‗z ichiga axborot massivlari, ularni tashkil etish va ishlov berish 
usullari, metodlari va algoritmlari, tegishli dasturiy va texnik vositalar majmuyini 
oladi. AIST tashqi muhit bilan kiritish-chiqarish vositalari yordamida aloqa qilishi 
AIST doirasida hal qilinadigan bir qator vazifalarni ko‗rib chiqishda bu vositalarni 
ham albatta hisobga olish zarur.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin