O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

Jon fon Neymanning 
xizmatlari juda katta bo‗ldi. 
Neyman 
tomonidan bildirilgan, 
sonlarni ifodalashda ikkilik sanoq sistemasidan foydalanish va foydalanilayotgan 
axborotlarni saqlash kabi g‗oyalar hozirgi zamon hisoblash mashinalarida o‗zining 
amaliy aksini topgan. 
1949-
yilda Angliyada Jon fon Neyman prinsiplari asosida 
elektron hisoblash mashinasi –
EDSAK 
yaratildi va amaliyotda qo‗llanildi. 
Birinchi sovet EHMi 1950-yilda akademik S.A. Lebedev rahbarligida yaratildi. 

MESM (kichik elektron hisoblash mashinasi
) deb ataldi. Bir yildan keyin S.A. 
Lebedev rahbarligida 
BESM (katta elektron hisoblash mashinasi) 
yaratildi. 
1973 yildan boshlab EHM tarixining yangi sahifasi, personal kompyuterlar 
sahifasi boshlandi. 
Shu yilda fransiyadagi Truong Trong Ti firma tomonidan birinchi personal 
kompyuter yaratildi. 
Shu bilan birga 1973-yilda dunyoga taniqli XEROX firma tomonidan Alto 
nomli shaxsiy kompyuter yaratilgan. Ushbu kompyuterda birinchi bulib fayllar va 
dasturlarni oynalar ko‗rinishda ochish prinsipi qo‗llanilgan. 
1977-yilda Apple Computer firma tomonidan Apple-II nomli shaxsiy 
kompyuterlar ommaviy ravishda chiqarila boshlagan. Ushbu kompyuterlar plastmass 
korpus, klaviatura va displeyga ega bo‗lgan. 
1980-yilda Osborne Computer firma birinchi portativ kompyuterlarni chiqara 
boshladi. Ushbu kompyuter og‗irligi 11 kg, juda kichkina hajmga ega bo‗lgan va 
narxi atigi 1795 dollar bo‗lgan. 
1981-yildan boshlab IBM (International Business Machines) firma tomonidan 
personal kompyuterlar seriyalab chiqara boshlandi va butun dunyoga sotila 
boshlandi. Shundan beri kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni 
qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi va butun dunyoga taniqli bo‗ldi.
 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin