O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Zamonaviy texnologiyalar va ularning informatika fanidagi



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

 
8.2. Zamonaviy texnologiyalar va ularning informatika fanidagi
amaliy ahamiyati 
 
Dunyoda shunday ta‘lim tizimi yuzaga kelganki, uning xilma-xil turlari 
mavjud bo‗lib, ularni ko‗pchilik ―qo‗llab turuvchi, ta‘minlovchi, yordamchi o‗qitish‖ 
deb ataydilar. U qanchalik xilma-xil bo‗lmasin, uning asosiy maqsadi odamni 
kundalik muammolarni hal etishga tayyorlashga asoslangan bo‗lib, shaxsning 
faoliyati va hayot tarzini qo‗llab turish uchun mo‗ljallangan.
Ayni vaqtda ―Innovatsion‖ (yangilik kiritish) ta‘limni tashkil etishga alohida 
e‘tibor berilmoqda. Innovatsion ta‘lim bo‗lajak mutaxassislarni joylarda ishlashga 
tayyorlovchi jarayon bo‗lib, u avval olgan bilimlar asosida ta‘limni takomillashtirish 
va samarali yangicha yondashuv qilishdan iborat.
Unda ta‘lim-tarbiyada yangicha sifat ko‗rsatkichiga erishib, yuqori 
samaradorlikni qo‗lga kiritish amalga oshiriladi va ijodkorlikka yo‗naltiriladi hamda 
ta‘lim texnologiyalarini yangicha sifat bosqichiga ko‗tarish, shuningdek, ta‘lim–
tarbiyada zamonaviy yondashuvlarni tashkil qilib borishni ta‘minlaydi. Innovatsion 
ta‘limda zamon bilan hamnafas ta‘lim texnologiyalarini yaratish bilan 
shug‗ullanishga doim imkoniyat yaratilib boriladi. 
Innovatsion ta‘lim o‗ziga xos ijobiy xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan 
iborat: kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishini 
ta‘minlaydi. Bunda ilg‗or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‗zlashtirish 
yuzasidan maqsadli innovatsion loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish yo‗li 
bilan ilm-fanning ta‘lim amaliyoti bilan integratsiyani ta‘minlash chora-tadbirlari 
ishlab chiqiladi; ilg‗or pedagogik texnologiyalar va yangi axborot texnologiyalarini 
joriy etish uchun o‗rta umumta‘lim, o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi va oliy o‗quv 
yurtlarida eksperimental maydonchalar tashkil etish orqali ilmiy tadqiqot natijalarini 
o‗quv-tarbiya jarayoniga o‗z vaqtida joriy etish mexanizmlarini ro‗yobga chiqarishga 
erishiladi; ta‘lim jarayonining istiqbolini oldindan ko‗ra bilish, ya‘ni ta‘lim 
beruvchining avvalgi va hozirgi tajribasi asosida o‗qitish emas, balki ta‘lim oluvchini 
uzoq kelajakni mo‗ljallashga (istiqbolli reja tuzishga) o‗rgatishdan iborat bo‗lib, unda 
ta‘lim oluvchi ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatda tashxislash, bashoratlash, 
modellashtirish va loyihalashtirishni amalga oshira olishi zarur; ta‘lim oluvchining 
hamkorlikda ta‘lim olish va optimal qarorlarni qabul qilish (lokal va xususiydan 
tortib dunyoni, madaniyat, sivilizatsiya rivojlanishini hisobga olishdan global 


80 
muammolarni hal etish)da faol ishtirok etishni ta‘minlash. Keyingi yillarda 
masofaviy ta‘lim (lotincha distantia-masofa) uzluksiz ta‘lim tizimida keng 
qo‗llanilmoqda. 
O‗qitishning yangi axborot texnologiyasi
 
deganda, faqat o‗quv tarbiya 
jarayonga qo‗llanishi mumkin bo‗lgan eng yangi axborot texnologiyalarni 
tushuniladi. Axborot texnologiyasi tushunchasiga turli olimlar turlicha ta‘rif 
berganlar. Ularning ba‘zilarini keltiriramiz.
Axborot texnologiyasi axborot hosil qilish mehnat usullari, hisoblash texnikasi 
hamda boshqa texnikalar majmuasi, ularni nomashinaviy jarayonlar bilan birlashtirish 
va ularni qo‗shib olib borish majmuyidir
41
.
Yangi axborot texnologiyalari-turli toifali foydalanuvchilar tomonidan EHM 
asosida axborot olish va qayta ishlash bo‗yicha xizmatlar bilan ta‘minlashdan 
iborat
42
.
Axborot texnologiyalari ijtimoiy hayotining barcha sohalari uchun axborot 
yaratish, to‗plash, uzatish, saqlash, va qayta ishlash hisoblash texnikasi va aloqa 
tizimlaridan foydalanishdir
43
.
Turli-tuman axborotlarni jamiyatda foydalanishni keng tarqalishi munosabati 
bilan «Informatika fanidan» «Axborot texnologiya» fani ajralib chiqdi.
Ta‘lim muassasasida axborot texnologiyasi deganda,

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin