O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Informatika va axborot texnologiyalarining taraqqiyot bosqichlari



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

 
4.3. Informatika va axborot texnologiyalarining taraqqiyot bosqichlari 
Axborotlarni qayta ishlash, saqlash va uzatish insoniyat rivojlanishining har bir 
bosqichida turli ko‗rinishlarda rivojlanib borib, turli ko‗rinishlarga ega bo‗lgan. Eng 
sodda zamonaviy axborot sistemasining paydo bo‗lishiga qadar, muloqatning paydo 
bo‗lishi uchun insondan alohida biror asbob talab qilinmagan. Unga inson miyasining 
quvvati yetarli hisoblangan. Inson tajribasi va bilimini orttirishda, axborot 
almashinishda til va nutq vositachi vazifasini bajargan. Ularning og‗zaki hikoyalarida 
yoyilishi xotirada saqlanishi va avloddan avlodga o‗tib borishi, insoning tabiiy 
imkoniyatlari tufaylidir. 
Rivojlanishning taraqqiyot bosqichlari rivojlangan sari, insonlarning axborot 
to‗plashi, qayta ishlashi va ularni uzatishi o‗zgarib borgan. Axborotlarni qabul qilish, 
qayta ishlash va ularni uzatish bosqichma-bosqich amalga oshirilgan.
I bosqich. Yozuvning paydo bo‗lishi, saqlanishi va avloddan avlodga o‗tishidir. 
Yozuv paydo bo‗lishi bilan inson birinchi marta qayta ishlash texnologiyasidan 
quvvat oldi.
II bosqich. (XVI) asr o‗rtalarida kitob bosib chiqarilishining yaratilishi bilan 
bog‗liq, ya‘ni madaniyatning rivojlanishiga olib keldi. Kitob nashr etish fanning 
rivojlanishi bilan birga soha bilimlarining jadal rivolanishiga olib keldi. Mehnat 
jarayonida, stanoklarda, mashinalarda ishlash orqali orttirilgan bilimlarni yangi 
fikrlash manbayi va ilmiy yo‗nalishlarga tatbiq etildi.
III bosqich. (XIX) asr oxirlari. Elektr energiyasi paydo bo‗lishi bilan birga 
telefon, telegraf, radio orqali ko‗p miqdordagi axborotlarni uzatish va qabul qilish 
imkoniyati yaratildi.
IV bosqich. Axborot revalyutsiyasining bo‗lishi bilan xarakterlandi. Bu 
bosqichning boshlanishi XX asrning 40-yillariga, ya‘ni universal EHMlarning 
yaratilishi davriga to‗o‗ri keldi. 70-yillarda axborot texnologiyasi-ning yadrosi 
bo‗lgan mikrotexnlogiya va shaxsi kompyuterlar yaratildi. Hisoblash texnikasining 
rivojlanishi evolyutsiyasida mikroprotsessor yo‗nalishi paydo bo‗ldi.
V bosqich. (XX) asr oxiri. Boshqarish tizimlarni osonlashtirish maqsadida 
axborot texnologiyalari qayta ishlandi. Axborotlarni mazmunli qayta ishlash negizida 
shunday algoritm va modellar borki, ular bizga boshqaruv tizimini o‗rganish 
imkoniyatini beradi. Kompyuterlarning paydo bo‗lishi insoniyatning ulkan yutug‗i 
hisoblanadi, Axborotlarni xotirasida yig‗ib ularni tez qayta ishlash imkoniyatiga ega, 
lekin axborotlarni qayta ishlashdan maqsad nima ekanligini bilmaydi.
XX asr oxirida har xil modellar ishlab chiqildi (matematik, mantiqiy va b.) va 
texnik boshqarish algoritmlari (avtomatlashtirilgan va avtomatik ishlab chiqarish) va 


50 
ijtimoiy tizimlar. Har qanday ishlab chiqarish asosida boshqarishsiz amalga 
oshmaydigan maqsadga yo‗naltirilgan harakatlar yotadi. XX asr oxiriga kelib, 
mantiqiy axborot ishlab chiqarishlar ko‗payib qoldi. Boshqaruvchining aqliy 
imkoniyatlari boshqarishning effektini oshishiga olib keldi
28

Beshinchi bosqichning asosiy mazmuni shuni bildiradiki, ya‘ni nafaqat 
boshqarish faoliyatidagi effektning keskin ko‗tarilishi, balki undagi ishchi 
kuchlarining ortishi ham inobatga olindi. Shunday qilib texnologiyaning yangi turi–
axborot texnologiyalari ma‘lumotning va mahsulotning qayerdan kelishi bu axborot 
hisoblanadi.
Model so‗zi lotincha modulus so‗zidan olinib, o‗lchov, me‘yor degan 
ma‘nolarni bildiradi. Model deganda biror obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi 
yoki namunasi tushuniladi. Masalan, Erning modeli deb globusni, osmon va undagi 
yulduzlar modeli deb planetariy ekranni, har bir odamning modeli sifatida esa 
pasportidagi suratini olish mumkin.
Model tuzish jarayoni modellashtirish deb ataladi. Modellashtirish deganda 
biror obyektni ularning modellari yordamida tadqiq qilish mavjud predmet va 
hodisalarning modellarini yasash va o‗rganish tushuniladi.
Modellashtirish uslubidan hozirgi zamon fanlari keng foydalanmoqda. U ilmiy-
tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba‘zi hollarda esa murakkab obyektlarni 
o‗rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum obyekt, olisda joylashgan 
obyektlar, juda kichik hajmdagi obyektlarni o‗rganishda modellashtirishning 
ahamiyati beqiyosdir. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, 
iqtisodiyot fanlarida obyektning faqat ma‘lum xususiyat va munosabatlarini 
aniqlashda ham foydalaniladi.
Modellarni tanlash vositalariga qarab ularni uch guruhga ajratish mumkin: 
abstrakt, fizik va biologik.
Narsa yoki obektni xayoliy tasavvur qilish orqali formula va chizmalar 
yordamida o‗rganishda qo‗llaniladigan model abstrakt model hisoblanadi. Abstrakt 
modelni matematik model deb atasa ham bo‗ladi. Shuning uchun abstrakt modelni 
matematik va matematik-mantiqiy modellarga ajratiladi.
Fizik modellar o‗rganilayotgan obyektni kichiklashtirib yasash yordamida 
tadqiqot o‗tkazishda qo‗llaniladigan model hisoblanadi. Fizik modellarga 
obyektlarning kichiklashtirilgan maketlari, turli asbob va qurilmalar, trenajyorlar va 
boshqalar misol bo‗ladi.
Biologik model turli tirik obyektlar va ularning qismlari – molekula, hujayra, 
organizm va boshqalarga xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni 
modellashtirishda qo‗llaniladi. 
Matematik model deb, o‗rganilayotgan obyektni matematik formula yoki 
algoritm ko‗rinishida ifodalangan xarakteristikalari orasidagi funksional bog‗lanishga 
aytiladi.
Kompyuterlar yaratilgandan boshlab matematik modellashtirish jarayoni 
alohida ahamiyatga ega bo‗lib kelmoqda. Matematik modellashtirishdan murakkab 
texnik, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni yaratish hamda ularni kompyuterlar yordamida 
28
Michael Henderson, Geoff Romeo. Teaching and Digital Technologies Cambridge University Press 2015. P. 83-84.


51 
qayta ishlashda keng miqyosda foydalanib kelinmoqda. Buning natijasida obyekt, 
ya‘ni haqiqiy tizim ustida emas, balki uni almashtiruvchi matematik model ustida 
tajriba o‗tkazila boshlandi.
Kosmik kemalarning harakat traektoriyasi, murakkab muhandislik inshootlarini 
yaratish, transport magistrallarini loyihalash, iqtisodni rivojlantirish va boshqalar 
bilan bog‗liq bo‗lgan ulkan hisoblashlarning kompyuterda bajarilishi matematik 
modellashtirish uslubining samaradorligini tasdiqlaydi.
Matematik model tuzish to‗rt bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich – modelning asosiy obyektlarini bog‗lovchi qonunlarni 
ifodalash.
Ikkinchi bosqich – modeldagi matematik masalalarni tekshirish.
Uchinchi bosqich – modeldan olingan nazariy natijalarni amaldagi kuzatish 
natijalariga mos kelishini aniqlash.
To‗rtinchi bosqich – o‗rganiladigan obyekt haqidagi ma‘lumotlarni jamlash, 
tahlil qilish va rivojlantirish.


52 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin