O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-bob. INFORMATIKA FAN SOHASIDA ILMIY IZLANISHLAR



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

5-bob. INFORMATIKA FAN SOHASIDA ILMIY IZLANISHLAR 
METODOLOGIYASI VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR 
 
5.1. Ilmiy va fundamental fan sohasida ilmiy izlanishlar olib borish 
Olimlar va tadqiqotchilar o‗z ilmiy ijodida juda ko‗p ilmiy tadqiqot 
metodlaridan foydalanadi. 
Metod
bilimga erishish usuli, olimning ma‘lum tarzda 
tartibga solingan, ongli va izchil faoliyatidir

Grekchadan so‗zma-so‗z tarjimada 
«metod» biror narsaga olib boradigan yo‗lni anglatadi. Metod bilish usuli sifatida 
o‗rganilayotgan obyektning jihatlari va xossalarini laboratoriyada, ilmiy-tadqiqot 
moslamasida, sinov stendida, shuningdek tadqiqotchining miyasida aks ettirish 
usulidir. Ilmiy bilishning epistemologiyasi va metodologiyasi ilmiy bilishning zarur 
sharti sifatida ilmiy asoslangan metodlardan tadqiqotchilik faoliyatida ongli ravishda 
foydalanishga xizmat qiladi. 
Dunyoda ilmiy-texnik salohiyat tez sur‘atlarda rivojlanish bilan bir qatorda 
ishlab chiqarishning asosiy omillarini intelektualizatsiya qilish o‗sib bormoqda. 
Innovatsiyalarni joriy etish iqtisodiy o‗sishning va bozorning raqobatbardoshligini 
ta‘minlashning muhim omiliga aylandi. Bu esa o‗z navbatida, barcha jabhalarda 
innovatsiyalar sohasidagi ilg‗or ilmiy ishlanmalar va texnik yutuqlardan samarali 
foydalanishni 
hamda 
hozirgi 
iqtisodiy 
salohiyatning 
raqobatbardoshligini 
mustahkamlashni talab etmoqda. Shundan kelib chiqqan holda bugun ko‗plab 
davlatlar tomonidan ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga katta 
miqdorda investitsiyalar yo‗naltirilmoqda. 
Jahon iqtisodiyotida inqiroz sharoitlarida korxonalar va ilmiy jamoalarga 
ajratilayotgan mablag‗lardan foydalanish samaradorligini oshirish masalasi birinchi 
o‗ringa chiqadi. Shu maqsadlarda Yevropa Ittifoqi davlatlarida har yili ―Yevropa 
innovatsiyalar tablosi‖ (European Innovation Scoreboard-EIS) nashr etiladi. Faoliyat 
ko‗rsatuvchilar muhitini tahlil qilish usuli asosida bir qator Yevropa Ittifoqi davlatlari 
uchun texnik samaradorlik ko‗rsatkichlari hisoblab chiqilgan. Olingan natijalar 
asosida barcha davlatlar 4 guruhga birlashtirilgan: innovatsion lider davlatlar; 
innovatsion izdoshlar; mo‗‘tadil innovator bo‗lgan mamlakatlar; orqada qolgan 
davlatlar. 
Ushbu usul yordamida quyidagi ko‗rsatkichlar tahlil qilib boriladi: 

YaIMning ilmiy intensivligi; 

bir million aholiga to‗g‗ri keladigan olimlar soni; 

ta‘lim sohasiga qilingan xarajatlar, YaIMga nisbatan %; 

patent olish uchun topshirilgan milliy arizalar soni; 

yuqori texnologiyali eksport, sanoat eksportiga nisbatan; 

axborot kommunikatsiya texnologiyalari eksporti, jami eksportga nisbatan %. 
AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya va Germaniya kabi rivojlangan davlatlarda 
innovatsion faoliyatni rivojlantirishga yo‗naltirilgan xarajatlar samarali foydalaniladi. 
Shu bilan bir vaqtda iqtisodiyotning o‗tish davridagi davlatlar esa ushbu 
mablag‗lardan samarasiz foydalanilmoqda. 
Umuman olganda hozirgi davrda innovatsion iqtisodiyotning barqaror 
rivojlanishini belgilaydigan hal qiluvchi omil ilmiy tadqiqot va prinsip jihatidan 


53 
yangi mahsulot turlarini yaratish uchun ishlanmalar natijalaridan foydalanish bilan 
bog‗liq bo‗lgan mamlakatning innovatsion muhitini shakllantirish va rivojlantirish, 
mahsulotlarni ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini yaratish va ishlatish 
hamda keyinchalik bozorda joriy etish va realitsiya qilishdir. 
Bugungi kunda mamlakatning innovatsion faoliyatini baholovchi yana bir 
muhim ko‗rsatkichlardan biri bo‗lgan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik 
ishlanmalarga qilingan xarajatlar O‗zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulotga 
nisbatan 
0,2 %ni
tashkil etmoqda(5.1-rasm). 
YuNESKO statistika institutining ma‘lumotlariga ko‗ra 2013-yilda Koreya 
Respublikasida ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga sarflangan 
mablag‗lar yalpi ichki mahsulotga nisbatan

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin