57
rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik
rejalashtirish tizimini yaratish;
davlat xizmatlari ko‗rsatishning tartib-taomillarini optimallashtirish va
soddalashtirishni, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni
ta‘minlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy
g‗oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo‗llab-quvvatlash hamda rag‗batlantirish,
shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay
sharoitlar yaratish;
innovatsiya faoliyati sohasida ilg‗or xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan, shu
jumladan, ularni nou-xau, nanotexnologiyalar va yuqori texnologik tovar (ish,
xizmat)larni ishlab chiqarishning mahalliy bozoriga jalb qilish orqali hamkorlikni
kengaytirish va boshqalar.
O‗z navbatida, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yilni
O‗zbekistonda ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va texnologiyalarni qo‗llab-
quvvatlash yili‖
deb e‘lon qilinishi mamlakatimizning innovatsion rivojlanishi
yo‗lida qo‗yilgan muhim qadam bo‗ldi desak, mubolag‗a bo‗lmaydi.
Shu o‗rinda, dunyoga mashhur Apple kompaniyasining asoschisi Stiv
Djobsning
“Innovatsiya liderni uni quvib yetuvchilardan ajratib turadi”
degan fikrini
keltirib o‗tmoqchiman.
Umuman olganda, siz bilan bizning asosiy maqsadimiz mamlakatimizning
innovatsiyalarni yaratuvchi lider davlatlar qatoridan joy egallashi uchun qulay zamin
yaratishni ta‘minlash bo‗lmog‗i lozim.
Dostları ilə paylaş: