O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

sakkizinchidan, 
elektron hukumat, elektron tijorat, elektron davlat xizmatlari 
ko‗rsatish tizimi, ularning shaffofligi va ochiqligi, shuningdek, telekommunikatsiya 
infratuzilmasining rivojlanishida ancha ilgarilab ketgan mamlakatlarning tajribasini 
chuqur o‗rganish va joriy etish bo‗yicha tizimli ish olib borilmayapti.
Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo‗nalishlari 
etib belgilansin: 
axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish
va qo‗llash sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish 
hamda munosabatlarni tartibga solish, elektron hukumatni joriy etish, axborot 
jamiyati va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
―oxirgi milya‖ tamoyili bo‗yicha Internet tarmog‗idan keng polosali 
foydalanishni kengaytirish, multiservisli aloqa tarmoqlari texnologiyalari, mobil 
aloqa bozori, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari, shuningdek, 
logistika va pochta aloqasi xizmatlari orqali telekommunikatsiya infratuzilmasini 
rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
davlat organlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy 
etish, idoralararo o‗zaro elektron hamkorlikni tashkil qilish, yagona elektron 
reyestrlar va ma‘lumotlar bazalarini, ―yagona darsha‖ tamoyili bo‗yicha elektron 
davlat xizmatlari ko‗rsatish tizimlarini shakllantirishga yagona texnologik yondashuv 
amalga oshirilishini ta‘minlash;
davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektorida innovatsiyalarni joriy 
qilishga ko‗maklashish, raqamli iqtisodiyot o‗sishini rag‗batlantirish, shu jumladan 
ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, 
elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish; 
shahar va hududiy infratuzilmani, shu jumladan kelgusida integratsiyalashgan, 
―aqlli‖ va ―xavfsiz‖ shahar yagona kompleksiga birlashtirgan holda uy-joy kommunal 
xizmat ko‗rsatish, transport logistikasini, shoshilinch xizmatlarni boshqarishning 
zamonaviy intellektual tizimlarini joriy etish va rivojlantirish; 
texnoparklar 
va 
kovorking-markazlar 
faoliyatini 
tashkil 
qilish,
shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy raqobatbardosh va eksport 
uchun mo‗ljallangan dasturiy mahsulotlar hamda xizmatlarning mahalliy ishlab 
chiqarilishini 
rivojlantirishni 
rag‗batlantirish, 
shart-sharoitlar 
yaratish 
va 
investitsiyalarni jalb qilish; 
yetakchi xorijiy kompaniyalar va ta‘lim muassasalarining eng yaxshi amaliyoti 
asosida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida strategik va loyiha 
boshqaruvi, menejment, marketing bo‗yicha ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, 
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni tashkil qilish; 
kiberxavfsizlikni ta‘minlash va tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar, axborot 
tizimlari va resurslarini joriy qilishni ta‘minlash bo‗yicha kompleks choralarni 


60 
amalga oshirish, shaxsiy va biometrik ma‘lumotlarni yig‗ish, qayta ishlash va saqlash 
bo‗yicha texnologiyalarning qo‗llanishini tartibga solishda ishtirok etish; 
taqdim etilayotgan telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarining 
yuqori sifatini ta‘minlash maqsadida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari 
sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishining davlat nazoratini amalga oshirish; 
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini qo‗llash va rivojlantirish 
masalalari bo‗yicha, shu jumladan, texnik standartlar, reglamentlar joriy etilishini 
tashkil qilish, shuningdek, Vazirlikning faoliyat sohasiga kiradigan boshqa 
yo‗nalishlar bo‗yicha xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot 
muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.»
Informatikaning asosiy vazifasi axborotni saqlash, uzatish, qayta ishlashning 
yangi usullari va vositalarini hamda informatsion texnika va texnologiyalarini 
yaratish, ularni amaliyotda qo‗llash kabi muammolarni hal etishdan iboratdir.
Informatikaning asosiy yo‗nalishlari:
1. Hisoblash tizimlari va ularning dasturiy ta‘minotini yaratish.
2. Informatsiya nazariyasi: informatsiyani uzatish, saqlash, qabul qilish, qayta 
ishlash bo‗lgan protsessni o‗rganadi.
3. Sun‘iy intellekt.
4. Sistemali analiz (Proyektlanayotgan tizimni analiz qilish talablari qo‗yiladi).
5. Kompyuter grafikasi.
6. Telekommunikatsiya (lokal).
7. Amaliy ilovalar.
Ilmiy tadqiqot bosqichlarini tavsiflash va tahlildan o‗tkazish, hozirgi zamon 
kompyuterlashtirilgan fanining tilini tahlildan o‗tkazish, ilmiy tadqiqotning alohida 
tartibi va usullarini qo‗llash mumkin bo‗lgan sohalarni aniqlash ham ilmiy bilish 
metodologiyasining vakolatlari jumlasiga kiradi
32
.
Fan-bu o‗sib boruvchi bilim tizimi bo‗lib, quyidagi komponentlarni o‗z ichiga 
oladi: ilmiy faktlar, maxsus ilmiy tushunchalar, atamalar va sxemalar, g‗oyalar, 
gipotezalar va nazariyalar, shuningdek fan qonunlari va ilmiy bilish metodlari.
 
O‗zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi oldiga Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini kompleks 
rivojlantirish dasturida belgilangan loyiha va chora-tadbirlarni o‗z vaqtida bajarish 
vazifasi qo‗yilgandi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin