O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


  8-bob. INFORMATIKA FANLARINING YUTUQLARI VA



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

.


75 
8-bob. INFORMATIKA FANLARINING YUTUQLARI VA 
INNOVATSIYALARI
 
8.1. Informatika va axborot texnologiyalari fanining
yutuqlari va innovatsiyalari 
1985-yillarda EHMlarni jamiyatda qo‗llashi bo‗yicha biz yetakchi davlatlardan 
masalan AQShdan 20 yil orqada qolgan edik. Mustaqillikga erishganimizdan so‗ng 
respublikamizda EHMlarni xalq xo‗jaligi umuman jamiyatda qo‗llanilishga katta 
ahamiyat berila boshlandi. Hozirda mavjud informatsiyalarni (axborotlarni) insoniyat 
maxsus texnologiya vositasiz qayta ishlash imkoniyatga ega emas.
Mutaxassislarni fikricha hozir har besh yilda mavjud informatsiya taxminan 
ikki marotaba ortib bormoqda. Har bir soha mutaxassisi o‗z sohasi bo‗yicha mavjud 
informatsiyalarga ma‘lum darajalarda ega bo‗lmasa u hozirgi jamiyat talablariga 
javob bera olmaydi. Demak. u o‗z sohasida faoliyat ko‗rsatishi uchun mavjud 
informatsiyalarni o‗zlashtirib borishi, tez suratlar bilan ortib borayotgan 
informatsiyalarni o‗z vaqtida o‗zlashtirib borish texnologiyasiga ega bo‗lishi zarur.
Informatsiyalar oqimini o‗zlashtirish, qabul qilish va uzatish jamiyatni 
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega, chunki jamiyatni (davlatni) boshqarishda 
bo‗layotgan hodisa va voqealar to‗g‗risida to‗la va tez informatsiya olish davlatni 
rivojlanishini strategik yunalishlarini aniqlash, zarur qarorlar ishlab chiqish 
imkoniyatini beradi.
 
Bugungi kunda respublika ta‘lim muassasalarida minglab kompyuterlar 
mavjud bo‗lib, ularning asosiy qismini Pentium rusumli zamonaviy kompyuterlar 
tashkil etadi. Bu kompyuterlar zarur dasturiy mahsulotlar bilan ta‘minlangan. Ta‘lim 
muassasalarida, shu jumladan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Internet 
xalqaro axborot tarmog‗idan va elektron pochta xizmatidan foydalanuvchilar soni 
tobora oshib bormoqda. Navbatdagi dolzarb vazifalar sifatida dunyoda mavjud 
bulgan ilg‗or va zamonaviy informatsion-pedagogik texnologiyalarni o‗rganish, 
ularni o‗quv jarayoniga tatbiq etish, oliy o‗quv yurtlari, akademik litseylar va kasb-
hunar kollejlari o‗rtasida yagona axborot tarmog‗ini tashkil etish, o‗quv jarayoniga 
qo‗llash uchun dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, virtual kutubxonalar tashkil etish 
va ularni uzluksiz tarzda jahonda mavjud va respublika ta‘lim muassasalarida 
tayyorlanayotgan elektron darsliklar bilan boyitish kabilar belgilangan.
XXI asrda oliy va o‗rta maxsus o‗quv yurtlarining bitiruvchilari yangi 
sharoitlarga ijodiy va kasbiy yondashishga tayyorlangan bo‗lishlari lozim. Shu 
sababli Respublikamizda ta‘lim sohasida ham boshqa sohalardagi kabi katta 
o‗zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin