O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

Darslik. 
Darslik o‗quv jarayonining asosi. Darslik o‗quvchining uydagi 
muallimi, har bir fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi darslikda yoritiladi, darslik, 
ya‘ni fan obyektiv borliq o‗rtasidagi muhim qonuniyatli bog‗lanishlarini aks ettiradi, 
darslikdagi bilimlar tizimi o‗zaro ichki, mantiqiy bog‗lanishlarga ega bo‗lib, ular 
didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan. Darslik quyidagi talablarga amal 
qilgan holda yaratiladi:
1. Har bir o‗quv fani uchun yaratiladigan darslikda ilmiy bilimlar tizimi va 
uning hajmi dastur talablariga sinf o‗quvchilarining yosh xususiyatlariga mos kelishi 
kerak.
2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asoslari, g‗oyaviy 
yo‗nalishlari tizimli va izchil bo‗lishi talab qilinadi. Ular hayotdan olingan, ishonarli 
bo‗lishi lozim. Keltirilgan fakt va dalillarning ishonchli bo‗lishi, ular to‗g‗ri tahlil, 
aniq ta‘rif etilishi tegishli xulosalar chiqarilishi lozim. Shu holdagina o‗quvchilardagi 
ilmiy dunyoqarash, eng yaxshi insoniy fazilatlar tarkib toptiriladi.
3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‗langan bo‗lishi kerak.
4. Darslikda mavzu sodda, ravon tilda yozilishi, hamda tegishli qoida va 
ta‘riflari berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi chizilgan rasmlar va 
bezatilishi o‗quvchining yoshiga mos, fanning xarakteriga monand bo‗lmog‗i zarur.
5. Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa bo‗lishi, ilmiylikka asoslanishi kerak.
Mamlakatimizda pedagogika ilmi ham, amaliyoti ham yangilanib bormoqda. 
Ma‘lumki, har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi.
Pedagogika o‗quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o‗ziga 
xosliklarini to‗liq hisobga olgandagina yuqori samaradorlikka erishishi mumkin.
Hozirgi davrda yaratilayotgan darsliklarning asosiy kamchiligi millatimiz 
bolalarining psixologik o‗ziga xosliklarini, fikrlash tarzini to‗liq hisobga olishga 
erisha olinmayotganida, deb bilamiz. Bizning mutaxassislarimiz didaktik vositalar 
orqali o‗quvchilarga hamma gapni aytib berishga odatlanib qolishgan. Holbuki, 
o‗quvchini o‗qitish kerak emas, uni o‗zini o‗qiydigan holatga olib kelish lozim. Toki 
bolaning o‗zi izlanmas ekan, ta‘limda yutuqa erishish mumkin emas.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin