O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

Standart
ta‘limda yaratilgan me‘yoriy reja, dastur, darsliklarni o‗zlashtirish 
ekvivalenti, ya‘ni ta‘lim mazmunini o‗zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab 
chiqishda o‗quvchini haddan tashqari zo‗riqtirib yubormaslik talablariga rioya qilish, 
ya‘ni u o‗quvchi yoshiga mos, uni o‗zlashtirishga qurbi yetadigan darajada bo‗lishi 
kerak. Bunda albatta, ta‘lim oluvchining qiziqishi, xohishi, ehtiyoji hisobga olinishi 
lozim. Ta‘lim standartlarini o‗zlashtirishda shaxsga muhim ahamiyat berilishi, unga 
yakka tartibda yondashilishi maqsadga muvofiqdir. Standartlarni o‗quv jarayoniga 
tatbiq etishdan oldin o‗ta puxtalik bilan tajriba-sinovdan o‗tkaziladi va shu asosda 
bosqichma-bosqich o‗quv jarayoniga kiritib boriladi.
Davlat va jamiyat ta‘lim muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar 
qo‗yayotgan ekan, o‗sha muassasalar tomonidan tayyorlanadigan kadr egallashi 
lozim bo‗lgan ijtimoiy sifatlarining minimal chegarasini ham ko‗rsatib berishi 
tabiiydir. Tarbiyalanuvchi yoki ta‘lim oluvchilar egallashi lozim bo‗lgan bilim, 
ko‗nikma, malaka yoxud ma‘naviy sifatlarning eng quyi miqdori ilmiy asoslarda 
belgilab berilgan rasmiy pedagogik hujjat davlat ta‘lim standarti hisoblanadi. 
Standartlarda belgilangan natijalarga erishilmasa, yo o‗sha ko‗rsatkichlarni egallay 
olmagan bola, yoxud yoshlarda muayyan miqdordagi bilim, ko‗nikma, malaka va 
ma‘naviy sifatlarni shakllantira olmagan pedagogikani mukammal deb bo‗lmaydi.
Bundan ko‗rinib turibdiki, davlat ta‘lim standarti (DTS) nazorat vositasi, ayni 
vaqtda, ta‘lim muassasalarida ko‗zlangan ko‗rsatkichlarni qo‗lga kiritish uchun zarur 
bo‗lgan sharoitni belgilash o‗lchovi hamdir. Davlat ta‘lim standartlarining 
ko‗rsatkichlari qo‗lga kiritish uchun zarur bo‗lgan sharoitni belgilash o‗lchovi 
hamdir. Davlat ta‘lim standartlarining ko‗rsatkichlari amaldagi mavjud ta‘lim 
mazmunidan emas, balki shakllantirilayotgan o‗quvchiga singdirilishi lozim bo‗lgan 
sifatlarning jahon bo‗yicha zarur deb hisoblangan miqdoridan kelib chiqadi.
Davlat ta‘lim standartlarining ikki asosiy vazifasini alohida ta‘kidlab ko‗rsatish 
lozim. Bunday standartlar umumiy o‗rta maktabda o‗quvchilarga beriladigan ta‘lim 
mazmunining majburiy minimumini hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga 
qo‗yiladigan talablar majmuasini belgilab beradi. Ta‘lim mazmunining majburiy 
minimumi o‗quv dasturlari va darsliklarda to‗liq o‗z ifodasini topishi shart. 
52
Stuart Gray. Information Technology in a Global Society for the IB Diploma: Black and White Edition. CreateSpace 
Independent Publishing Platform. United Kingdom, 2011. – 300 p.


99 
Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga ko‗ra o‗quvchi muayyan bosqichda 
egallashi shart bo‗lgan bilim, ko‗nikma va malakalarning minimal miqdori 
belgilanadi. Ta‘lim-tarbiya jarayoniga DTSni joriy etish talablari rivojlangan G‗arb 
mamlakatlari tajribasiga asoslanadi. Ammo shuni ham aytish kerakki, hali dunyodagi 
birorta jamiyatda ta‘limni standartlashtirish keng ko‗lamda amalga oshirilayotgani 
yo‗q. Chunonchi, mazkur yumushga birinchi bo‗lib qo‗l urgan Fransiyada bu ish 
hanuzgacha sinov darajasida, AQShda esa DTS yaratishga endigina kirishilmoqda. 
Yaponiya va Germaniya ta‘lim muassasalarida mazkur muammoni hal etish 
rejalashtirish bosqichida turibdi. O‗zbekistonda ta‘lim standartlari masalasiga davlat 
miqyosida yondashildi va uni ilmiy yo‗sinda hal etishdan tashqari, ta‘lim-tarbiya 
amaliyotiga joriy qilish maqsadida uzoq vaqt izlanishlar olib borildi, tajriba-sinovlar 
amalga oshirildi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin