O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya Instituti



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix15.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#51280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
kochmas mulk bozorining iqtisodiyotdagi orni ahamiyati va roli

Yer jismoniy obyekt 

sifatida va tarkibi: 

– yer uchastkalari  

– yer osti uchastkalari 

– suv xavzalari 

– o’rmonlar 

– ko’p yillik ekinlar  

– binolar  

– qurilmalar 

 

 

Ko’chmas mulk 



Davlat registratsiyasidan o’tish 

majburiyligi:                                                        

 

– yer uchastkalari  



– yer osti uchastkalari 

– suv xavzalari 

– o’rmonlar 

– ko’p yillik ekinlar  

– binolar  

– qurilmalar 

- dengiz kemalari 

– havo kemalari 

– ichki suzish kemalari 

– kosmik obyektlar 

 



 

 



-fuqarolarning  ko’chmas  mulkka  bo’lgan  konstitutsion  huquqlarni  va  ularga 

egalik qilish bilan bog’liq majburiyatlarini amalga oshirish

-ko’chmas mulk bozorida uning barcha ishtirokchilari uchun ma’lum tartib va 

sharoitlarning va sharoitlarning belgilanishi; 

-bozor ishtirokchilarini insofsizlik, tovlamachilik va jinoiy tashkiliotlar hamda 

jinoyatchilardan himoyalash; 

-talab  va  taklifga  muvofiq  ravishda  ko’chmas  mulk  obyektlariga  bo’lgan 

bahoning erkin belgilanishini ta’minlash; 

-ishlab  chiqarish  sohasidagi  tadbirkorlik  faoliyatini    rag’batlantiruvchi 

investitsiyalar uchun sharoitlar yaratish

-ekologik  muhitni  sog’lomlashtirish,  iqtisodiy  o’sishga  erishish,  ishsizlik 

darajasini pasytirish, uy-joy muammosini va boshqa jamoat masalalarini hal qilish: 

-ko’chmas mulk obyektlari va ko’chmas mulk bozori ishtirokchilarini odilona 

soliqqa tortish; 

   -mamlakat  va  viloyatlardagi  uy-joy  muammosi  uchun  qulay  sharoitlarni 

yaratish. 

Ko’chmas mulkni tartibga solish tamoyillari: 

1.  Tadbirlarni  taqsimlash  -  turli  xildagi  ko’chmas  mulk  obyektlari  (turar  joy 

va  noturar  joy  obyektlari,  yer  va  o’rmon  uchastkalari  va  boshqa  obyektlar) 

munosabatlarini boshqarishga nisbatan maxsus yondashuvlarni qo’llash. 

2.  Ma’lumotlarning  ochiqligi  –  qaror  qabul  qilish  uchun  ko’chmas  mulk 

bozorining  barcha  ishtirokchilari  va  obyektlari  haqida  to’liq  va  ochiq 

ma’lumotlardan foydalanish. 

3.  Qonunchilikning  oshkoraligi  –qonunlar  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlar 

loyihalarini ommaviy muhokama qilish. 

4. Raqobatbardoshlik – ko’chmas mulk bozorida xizmatlar sifatini oshirish va 

qiymatini pasytirish mexanizmi sifatida.  

                                                                                                                                                                                           

3

  Yodgorov  V.U.,  Mirjalilova  D.SH.  Ko’chmas  mulkdan  foydalanishni  tashkil  etish  va  boshqarish.  O’quv 



qo’llanma.-T.: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, 2014. -200 b. 


 

 



5. Tartibga soluvchi organlar orasida vakolatlarning taqsimlanishi  – qonunlar 

ishlab chiqish va ularni tatbiq etish bitta shaxsda mujassamlashmasligi kerak. 

6.  Davlat  va    munisipial  mulk  bo’lgan  ko’chmas  mulk  obyektlari  tegishli 

regionlar aholisining umumiy egaligi va foydalanishida bo’ladi. 

7. Qonun hujjatlari tomonidan belgilangan qoidalar va tadbirlarning oddiy va 

tushunarliligi, mulkdorlarni himoyalashning ishonchliligi. 

8.  Uy-joy  bozorida  tavakkalchilik  guruhi  fuqarolari  –  voyaga  yetmaganlar, 

yakka  nafaqaxo’rlar,  nogironlar  va  hokazolarni  himoyalash  bo’yicha  qo’shimcha 

tadbirlarni qo’llash. 

9.  Ko’chmas  mulk  bozorini  boshqarish  vazifalarini  davlat  organlari  va 

professional ishtirokchilar o’rtasida ratsional taqsimlash.  

10. 


Ko’chmas  mulkni  boshqarish  sohasidagi  siyosat  hududlarni 

zonalashtirishning tasdiqlangan chizmalariga muvofiq ravishda yerlardan samarali 

foydalanishni  va  olib  borilayotgan  ijtiomoiy  siyosatga  muvofiq  tarzda  yer 

to’lovlari  bo’yicha  imtiyozlarni  berishdan  budjetdan  manzilli  kompensatsion 

to’lovlarga  asta-sekin  o’tish  bilan  soliqqa  tortishda  faqatgina  manzilli  va 

asoslangan imtiyozlar berishni ta’minlashi zarur. 

11.  Aholi  manfaatlarini  ko’zlagan  holda  ko’chmas  mulk  obyektlariga  egalik 

qilish, foydalanish, va tasarruf etish tartibini belgilovchi qonun va boshqa me’yoriy 

hujjatlarni davlatning vakolatli organlari qabul qiladi. 

12. Amaldagi qonunchilikka asoslangan ravishda ijro etuvchi organlari davlat 

ko’chmas mulkini tasarruf etishni amalga oshiradi.  

13.  Davlat  va  munisipial  ko’chmas  mulk  obyektlarini  xususiylashtirish  va 

nodavlat  obyektlarga  huquqlarni  badalli  ravishda  o’tkazish  invertizatsiya  qiymati 

bo’yicha emas, balki bozor qiymati bo’yicha amalga oshirilishi kerak. 

14. Ko’chmas mulk obyektlaridan, jumladan, ular bilan amalga oshiriladigan 

bitimlardan  undiriladigan  soliqlar  va  soliqsiz  to’lovlar  belgilangan  me’yorlariga 

muvofiq ravishda bo’linadi. 



 

 



15.  Ko’chmas  mulk  bozorini  tartibga  solishning  turli  ko’chmas  mulk 

obyektlariga  bo’lgan  huquqlarni  tartibga  soluvchi  jahon  tajribasini  hisobga  olgan 

holda o’z tarixi va an’analariga ega bo’lgan, o’zbekcha tizimini qo’llash. 

Ko‘chmas mulk bozorining aniq segmentlari mulkdan foydalanish, joylashuv, 

keladigan daromad potensiali, ijarachilarning odatiy xarakteristikalari, investitsion 

motivasiya  va  ko‘chmas  mulkni  almashtirish  jarayonida  tan  olingan  boshqa 

belgilar  bilan  ifodalanadi.  O‘z  o‘rnida,  ko‘chmas  mulk  bozorlari  turli  ijtimoiy, 

iqtisodiy, davlat va iqtisodiy xarakterlarni ko‘rsatadi. 

Ko‘chmas mulk bozori segmentlarining tadqiqoti, ko‘chmas mulk bozorining 

umumiy shartlariga taalluqli joylashuv, raqobat, shu bilan birga, talab va taklif kabi 

parametrlar bo‘yicha o‘tkaziladi. 

1.  Turar-joy  ko‘chmas  mulki    (ko‘p  kvartirali,  bir  oilali  uylar,  kvartiralar  va 

xonalar). 

2.  Tijorat  ko‘chmas  mulki  (idora,  savdo,  sanoat-ishlab  chiqarish,  ombor 

binolari, mehmonxonalar, restoranlar). 

3. Sanoat ko‘chmas mulki (sanoat shirkati, binolar). 

4.  Qurilishi  tugallanmagan  turli  maqsadlardagi  yer  uchastkalari  (shahar 

yerlari,  qishloq  xo‘jalik  va  ov  yerlari,  qo‘riqxonalar,foydali  qazilmalarni  qidirish 

zonalari). 

5.  Maxsus  maqsadlardagi  ko‘chmas  mulk  (konstruktiv  ifodasi  bo‘yicha 

chegaraviy  foydalanishga  ega  obyektlar  (masalan,  cherkov,  aeroport,  qamoqxona 

va boshqalar). 

Ko’chmas  mulk  bozorining  tuzilmasi  2-rasmda  keltirilgan  bo’lib,  unda:  S-

ko’chmas  mulk  sotuvchisi,  H-  ko’chmas  mulk  haridori,  R-  rieyeltorlar  ko’chmas 

mulk  bozorining  professional  ishtirokchisi,  A-  auksion,  NR-  nodavlat  regulyativ 

tashkilotlar,  DR-  davlat  regulyatori.  Mazkur  modelda  har  bir  ishtirokchi  bir-biri 

bilan  uzviy  bog’liq.  Chunki,  ko’chmas  mulk  bozori  modeli  boshqa  bozorlarga 

nisbatan  qisqartirilgan  modeldir.  Bu  esa  boshqa  turdagi  mulk  bozorlari  uchun 

ixtisoslashgan model sifatida qaraladi. 

 



 

 

10 



S

S

H



H

R

NR



DR

A

A



 

              2-rasm. Ko’chmas mulk bozorining funksional-tuzilmaviy modeli



4

                                 

Auksion (A) ko’chmas mulk savdosi kimoshdi savdosi orqali sotiladi. 

Sotuvchi  (S)  –  ko’chmas  mulkini  sotib  undan  foyda  olish  maqsadida  o’zini 

obyektini sotuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs va davlatdir. 

Haridor  (H)  –  ko’chmas  mulkdan  naf  olish  maqsadida  undan  foydalanish, 

tassarruf etish yoki hadya qilish maqsadlarida mablag’ bilan ta’minlangan yuridik 

va jismoniy shaxs va davlat bo’lishi mumkin. 

Rieltor (R) - malaka sеrtifikatiga va litsеnziyaga ega bo’lgan, yakka tartibdagi 

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir. 

Rieltorga  litsеnziya  ko’chmas  mulk  bozorida  faqat  axborot  va  maslaxat 

xizmatlari ko’rsatish uchun bеriladi. 

Rieltor  o’z  fuqarolik  javobgarligini  sug’urta  qilish  polisiga  ega  bo’lishi 

kеrak.


5

 

Davlat  regulyatori  (DR)  va  nodavlat  regulayatorlar  (NR)  ko’chmas  mulk 



bozorini qonuniyligini tartibga solib turadi. 

Regulyativ  kanallarga  davlat  regulyatori  (  DR)  va  nodavlat  regulayatorlar 

(NR) kiradi. 

Savdo operatsion kanallar A orqali 3 ta elementni bo’glaydi – R, H, S. 

                                                           

4

 Shoha’zamiy.Sh.Sh.Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari Toshkent “Iqtisod-moliya” 2015 -460 b. 



5

 

Riyeltorlik faoliyati to’g’risidagi qonun,2010 йил 22 декабрь, 5- modda.



 

 



 

 

11 



Funksional  operatsin  kanallarr  orqali  S  va  H,  S  va  R,  H  va  R  o’zaro 

bog’langan. 

Ko’chmas mulk bozoriga qarasak, auksion, sotuvchi va haridorning vazifasini 

rieltorlik firmalari bajarishini ko’ramiz.  

Ko’chmas mulkka bo’lgan talab Q

d

 uning bozor bahosi P



a

 va yalpi daromadga 

bog’liq: 

Q

d



=D(P

a

, Y)      (1) 



Taklif esa Q

tovarning bozor narxi P



a

 va xomashyo narxiga P

x

 bog’liq: 



Q

s

=S(P



a

, P


x

)       (2) 

Bozordagi talab va taklif muvozanati: 

Q

d



=Q

               (3) 



(1), (2) va (3) tenglamalar bozorning iqtisodiy  modelini ko’rsatadi. Ulardagi 

P

x



  va  Y  –  ekzogen  parametrlar.  Endogen  parametrlar  (V)  –  P

a

  va  Q  (sotilgan 



ko’mas  mulklar  soni).  Bularni  o’zaro  bog’lagan  holda,  talab  va  taklifning 

muvozanat modelida ko’rish mumkin. 

Modelda  taklif  egri  chizig’i  xomashyoning  o’zgarmas  bahosida  taklif 

etilayotgan  tovar  hajmi  va  uning  narxi  orasidagi  nisbatni  ko’rsatadi.  Taklif  egri 

chizig’i  yuqoriga  yo’nalgan,  sababi  P

a

  qanchalik  yuqori  bo’lsa,  ko’chmas  mulk 



shuncalik ko’proq qurib sotuvga chiqariladi. 

P



                                  S 

 

P



a

*                                                                                                                                                                                       

                                                D                                                              

                           Q*                        Q         




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin