Yer jismoniy obyekt
sifatida va tarkibi:
– yer uchastkalari
– yer osti uchastkalari
– suv xavzalari
– o’rmonlar
– ko’p yillik ekinlar
– binolar
– qurilmalar
Ko’chmas mulk
Davlat registratsiyasidan o’tish
majburiyligi:
– yer uchastkalari
– yer osti uchastkalari
– suv xavzalari
– o’rmonlar
– ko’p yillik ekinlar
– binolar
– qurilmalar
- dengiz kemalari
– havo kemalari
– ichki suzish kemalari
– kosmik obyektlar
7
-fuqarolarning ko’chmas mulkka bo’lgan konstitutsion huquqlarni va ularga
egalik qilish bilan bog’liq majburiyatlarini amalga oshirish;
-ko’chmas mulk bozorida uning barcha ishtirokchilari uchun ma’lum tartib va
sharoitlarning va sharoitlarning belgilanishi;
-bozor ishtirokchilarini insofsizlik, tovlamachilik va jinoiy tashkiliotlar hamda
jinoyatchilardan himoyalash;
-talab va taklifga muvofiq ravishda ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan
bahoning erkin belgilanishini ta’minlash;
-ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantiruvchi
investitsiyalar uchun sharoitlar yaratish;
-ekologik muhitni sog’lomlashtirish, iqtisodiy o’sishga erishish, ishsizlik
darajasini pasytirish, uy-joy muammosini va boshqa jamoat masalalarini hal qilish:
-ko’chmas mulk obyektlari va ko’chmas mulk bozori ishtirokchilarini odilona
soliqqa tortish;
-mamlakat va viloyatlardagi uy-joy muammosi uchun qulay sharoitlarni
yaratish.
Ko’chmas mulkni tartibga solish tamoyillari:
1. Tadbirlarni taqsimlash - turli xildagi ko’chmas mulk obyektlari (turar joy
va noturar joy obyektlari, yer va o’rmon uchastkalari va boshqa obyektlar)
munosabatlarini boshqarishga nisbatan maxsus yondashuvlarni qo’llash.
2. Ma’lumotlarning ochiqligi – qaror qabul qilish uchun ko’chmas mulk
bozorining barcha ishtirokchilari va obyektlari haqida to’liq va ochiq
ma’lumotlardan foydalanish.
3. Qonunchilikning oshkoraligi –qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar
loyihalarini ommaviy muhokama qilish.
4. Raqobatbardoshlik – ko’chmas mulk bozorida xizmatlar sifatini oshirish va
qiymatini pasytirish mexanizmi sifatida.
3
Yodgorov V.U., Mirjalilova D.SH. Ko’chmas mulkdan foydalanishni tashkil etish va boshqarish. O’quv
qo’llanma.-T.: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, 2014. -200 b.
8
5. Tartibga soluvchi organlar orasida vakolatlarning taqsimlanishi – qonunlar
ishlab chiqish va ularni tatbiq etish bitta shaxsda mujassamlashmasligi kerak.
6. Davlat va munisipial mulk bo’lgan ko’chmas mulk obyektlari tegishli
regionlar aholisining umumiy egaligi va foydalanishida bo’ladi.
7. Qonun hujjatlari tomonidan belgilangan qoidalar va tadbirlarning oddiy va
tushunarliligi, mulkdorlarni himoyalashning ishonchliligi.
8. Uy-joy bozorida tavakkalchilik guruhi fuqarolari – voyaga yetmaganlar,
yakka nafaqaxo’rlar, nogironlar va hokazolarni himoyalash bo’yicha qo’shimcha
tadbirlarni qo’llash.
9. Ko’chmas mulk bozorini boshqarish vazifalarini davlat organlari va
professional ishtirokchilar o’rtasida ratsional taqsimlash.
10.
Ko’chmas mulkni boshqarish sohasidagi siyosat hududlarni
zonalashtirishning tasdiqlangan chizmalariga muvofiq ravishda yerlardan samarali
foydalanishni va olib borilayotgan ijtiomoiy siyosatga muvofiq tarzda yer
to’lovlari bo’yicha imtiyozlarni berishdan budjetdan manzilli kompensatsion
to’lovlarga asta-sekin o’tish bilan soliqqa tortishda faqatgina manzilli va
asoslangan imtiyozlar berishni ta’minlashi zarur.
11. Aholi manfaatlarini ko’zlagan holda ko’chmas mulk obyektlariga egalik
qilish, foydalanish, va tasarruf etish tartibini belgilovchi qonun va boshqa me’yoriy
hujjatlarni davlatning vakolatli organlari qabul qiladi.
12. Amaldagi qonunchilikka asoslangan ravishda ijro etuvchi organlari davlat
ko’chmas mulkini tasarruf etishni amalga oshiradi.
13. Davlat va munisipial ko’chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish va
nodavlat obyektlarga huquqlarni badalli ravishda o’tkazish invertizatsiya qiymati
bo’yicha emas, balki bozor qiymati bo’yicha amalga oshirilishi kerak.
14. Ko’chmas mulk obyektlaridan, jumladan, ular bilan amalga oshiriladigan
bitimlardan undiriladigan soliqlar va soliqsiz to’lovlar belgilangan me’yorlariga
muvofiq ravishda bo’linadi.
9
15. Ko’chmas mulk bozorini tartibga solishning turli ko’chmas mulk
obyektlariga bo’lgan huquqlarni tartibga soluvchi jahon tajribasini hisobga olgan
holda o’z tarixi va an’analariga ega bo’lgan, o’zbekcha tizimini qo’llash.
Ko‘chmas mulk bozorining aniq segmentlari mulkdan foydalanish, joylashuv,
keladigan daromad potensiali, ijarachilarning odatiy xarakteristikalari, investitsion
motivasiya va ko‘chmas mulkni almashtirish jarayonida tan olingan boshqa
belgilar bilan ifodalanadi. O‘z o‘rnida, ko‘chmas mulk bozorlari turli ijtimoiy,
iqtisodiy, davlat va iqtisodiy xarakterlarni ko‘rsatadi.
Ko‘chmas mulk bozori segmentlarining tadqiqoti, ko‘chmas mulk bozorining
umumiy shartlariga taalluqli joylashuv, raqobat, shu bilan birga, talab va taklif kabi
parametrlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
1. Turar-joy ko‘chmas mulki (ko‘p kvartirali, bir oilali uylar, kvartiralar va
xonalar).
2. Tijorat ko‘chmas mulki (idora, savdo, sanoat-ishlab chiqarish, ombor
binolari, mehmonxonalar, restoranlar).
3. Sanoat ko‘chmas mulki (sanoat shirkati, binolar).
4. Qurilishi tugallanmagan turli maqsadlardagi yer uchastkalari (shahar
yerlari, qishloq xo‘jalik va ov yerlari, qo‘riqxonalar,foydali qazilmalarni qidirish
zonalari).
5. Maxsus maqsadlardagi ko‘chmas mulk (konstruktiv ifodasi bo‘yicha
chegaraviy foydalanishga ega obyektlar (masalan, cherkov, aeroport, qamoqxona
va boshqalar).
Ko’chmas mulk bozorining tuzilmasi 2-rasmda keltirilgan bo’lib, unda: S-
ko’chmas mulk sotuvchisi, H- ko’chmas mulk haridori, R- rieyeltorlar ko’chmas
mulk bozorining professional ishtirokchisi, A- auksion, NR- nodavlat regulyativ
tashkilotlar, DR- davlat regulyatori. Mazkur modelda har bir ishtirokchi bir-biri
bilan uzviy bog’liq. Chunki, ko’chmas mulk bozori modeli boshqa bozorlarga
nisbatan qisqartirilgan modeldir. Bu esa boshqa turdagi mulk bozorlari uchun
ixtisoslashgan model sifatida qaraladi.
10
S
S
H
H
R
NR
DR
A
A
2-rasm. Ko’chmas mulk bozorining funksional-tuzilmaviy modeli
4
Auksion (A) ko’chmas mulk savdosi kimoshdi savdosi orqali sotiladi.
Sotuvchi (S) – ko’chmas mulkini sotib undan foyda olish maqsadida o’zini
obyektini sotuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs va davlatdir.
Haridor (H) – ko’chmas mulkdan naf olish maqsadida undan foydalanish,
tassarruf etish yoki hadya qilish maqsadlarida mablag’ bilan ta’minlangan yuridik
va jismoniy shaxs va davlat bo’lishi mumkin.
Rieltor (R) - malaka sеrtifikatiga va litsеnziyaga ega bo’lgan, yakka tartibdagi
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir.
Rieltorga litsеnziya ko’chmas mulk bozorida faqat axborot va maslaxat
xizmatlari ko’rsatish uchun bеriladi.
Rieltor o’z fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish polisiga ega bo’lishi
kеrak.
5
Davlat regulyatori (DR) va nodavlat regulayatorlar (NR) ko’chmas mulk
bozorini qonuniyligini tartibga solib turadi.
Regulyativ kanallarga davlat regulyatori ( DR) va nodavlat regulayatorlar
(NR) kiradi.
Savdo operatsion kanallar A orqali 3 ta elementni bo’glaydi – R, H, S.
4
Shoha’zamiy.Sh.Sh.Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari Toshkent “Iqtisod-moliya” 2015 -460 b.
5
Riyeltorlik faoliyati to’g’risidagi qonun,2010 йил 22 декабрь, 5- modda.
11
Funksional operatsin kanallarr orqali S va H, S va R, H va R o’zaro
bog’langan.
Ko’chmas mulk bozoriga qarasak, auksion, sotuvchi va haridorning vazifasini
rieltorlik firmalari bajarishini ko’ramiz.
Ko’chmas mulkka bo’lgan talab Q
d
uning bozor bahosi P
a
va yalpi daromadga
bog’liq:
Q
d
=D(P
a
, Y) (1)
Taklif esa Q
s
tovarning bozor narxi P
a
va xomashyo narxiga P
x
bog’liq:
Q
s
=S(P
a
, P
x
) (2)
Bozordagi talab va taklif muvozanati:
Q
d
=Q
s
(3)
(1), (2) va (3) tenglamalar bozorning iqtisodiy modelini ko’rsatadi. Ulardagi
P
x
va Y – ekzogen parametrlar. Endogen parametrlar (V) – P
a
va Q (sotilgan
ko’mas mulklar soni). Bularni o’zaro bog’lagan holda, talab va taklifning
muvozanat modelida ko’rish mumkin.
Modelda taklif egri chizig’i xomashyoning o’zgarmas bahosida taklif
etilayotgan tovar hajmi va uning narxi orasidagi nisbatni ko’rsatadi. Taklif egri
chizig’i yuqoriga yo’nalgan, sababi P
a
qanchalik yuqori bo’lsa, ko’chmas mulk
shuncalik ko’proq qurib sotuvga chiqariladi.
P
a
S
P
a
*
D
Q* Q
Dostları ilə paylaş: |