Shoha’zamiy.Sh.Sh. Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari T.:Iqtisod-moliya,2015. 460b.
12
Modelda taklif egri chizig’i xomashyoning o’zgarmas bahosida taklif
etilayotgan tovar hajmi va uning narxi orasidagi nisbatni ko’rsatadi. Taklif egri
chizig’i yuqoriga yo’nalgan, sababi P
a
qanchalik yuqori bo’lsa, ko’chmas mulk
shuncalik ko’proq qurib sotuvga chiqariladi.
Talab va taklifga ta’sir etuvchi asosiy omillar:
-iqtisodiy: aholi va biznes daromadining darajasi, moliyaviy omillar
mavjudligi, ijara to‘lov stavkalarining darajasi, qurilish-montaj ishlari va qurilish
ashyolari narxi, kommunal xizmatlar uchun tariflar;
– ijtimoiy: aholi soni o‘zgarishi, aholining zichligi, ta’lim darajasi;
– ma’muriy: soliq stavkalari va hududiy to‘siqlar;
– ekologik: ko‘chmas mulk joylashgan rayonning qurib qolish yoki suv
toshqinlariga uchrash holatlari,ekologik holatni yomonlashuvi yoki yaxshilanishi.
Grafikda ikkala chiziqning kesishuv nuqtasi bozordagi narxning muvozanatini
ko’rsatadi, talab va taklif bir-biriga mos keladi. Bu model ham ko’chmas mulk
bozori uchun shartlidir.
Boshqarish tizimlari nazariyasiga asosan
7
V I A nisbatini bozorning o’tkazish
funksiyasi sifatida ifodalash mumkin:
W(Qd, Qs)=B/A (4)
Agar W(Qd,Qs) va A o’zgaruvchilarning qiymatlari ma’lum bo’lsa, B
o’zgaruvchini bozorning iqtisodiy modeli bo’yicha natijaviy funksiya deb atasa
ham bo’ladi. Bu funksiya bozorning iqtisodiyotdagi rolini na faqat “barometr”
sifatida, balki tovarlarni raqobat, talab va taklif tasirida taqsimlanishi va qayta
taqsimlanishi jarayonlarning regulyatoridir.
7
Берталанфи Л. Общая теория систем-обзор и результатов. “Системные исслодования” Ежегодник М.:
Наука, 1969; Современная теория систем управления /Под ред. К.Т.Леондеса.-М.; Наука, 1970 -512 с.;
Александров А.Г. Оптимальные и адаптивные системы. – М.: Высшая школа, 1989. -263с.