O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya Instituti



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix15.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#51280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
kochmas mulk bozorining iqtisodiyotdagi orni ahamiyati va roli

Kurs ishining ob’ekti bo’lib, ko’chmas mulk bozori hisoblanadi. 

Kurs  ishining  predmeti.  Ko’chmas  mulk  bozorida  amalga  oshiriladigan 

mulkiy munosabatlar. 

  Kurs  ishi  kirish,  uchta  qismdan,  xulosa  va  foydalanilgan  adabiyotlar 

ro’yxatidan tashkil topgan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 



I. Ko’chmas mulk bozorining nazariy asoslari va uni iqtisodiyot bilan 

bog’liqlikda o’rganishining zarurati 

 

Bozor - bu ma’lum hajm, qimmat, qiymat va narxga ega bo’lgan tovarning 



erkin  savdosi  bilan  bog’liq  tashkillashgan  ijtiomoiy-iqtisodiy-informatsion-

huquqiy    mexanizm  bilan  ta’minlangan  munosabatlarni  turli  omillar  ta’siri 

sharoitida  maqsadli  amalga  oshirilishini  ta’minlovchi  yaxlit  murakkab  tizim 

(mexanizm)  sifatida  namoyon  bo’luvchi  tovar  bo’yicha  talab  va  taklif  funksiyasi. 

Ushbu  tizimning  faoliyat  mexanizmi  davlat  va  iqtisodiyotning  barcha  subyektlari 

tomonidan  birgalikda  ularni  har  birining  alohida  manfaatli  maqsadlari  doirasida 

harakatga  keltiriladi.  Bozorda  tovarlar  ishlab  chiqaruvchi  (sotuvchi)lardan  

iste’molchi  (haridor)larga  tomon,  moliyaviy  resurslar  esa  aksincha  yo’nalishda 

harakat qiladi. 

1

 



 Ko’chmas mulk bu – yerdan va unda joylashgan bino inshootlardan tashkil 

topgan mulk. Ko’chmas mulk o’z ichiga yer ustida yoki yer ostida joylashgan va 

yerga o’rnatilgan moddiy mulklarni oladi. 

Ko’chmas mulk tarkibiga qonun bo’yicha – yer maydonlari, uylar, zavodlar, 

fabrikalar, qo’rilmalar, barcha turdagi qurilma inshootlar, bo’sh yer uchastkalari va 

temir  yo’llar,  chegaralangan  suv  obyektlari  va  yer  bilan  bog’liq  barcha  narsalar 

kiradi, ya’ni bunday obyektlarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, ularga zarar 

yetkazmasdan  amalga  oshirib  bo’lmaydi.  Bular  jumlasiga  shuningdek  o’rmonlar, 

ko’p yillik ekinlar, binolar, inshoatlar kiradi.   

«Ko’chmas  mulk  bozori  –  bu  sotuvchi  va  xaridorlar  o’rtasida  ko’chmas 

mulkning konkret narxni aniqlash uchun birlashadigan va natijada ko’chmas mulk 

ayriboshlanishi  yuzaga  kelishi  mumkin  bo’lgan  tashkiliy  tadbirlar  tizimi». 

Ko’chmas mulk bozori – bu barcha ko’chmas mulk sotuvchilari va xaridorlarining 

ayni  vaqtda  mavjud  bo’lgan  barcha  talab  va  takliflari  orasidagi  o’zaro  bog’liqlik 

yuzaga  keladigan  va  ko’chmas  mulk  bilan  bog’liq  barcha  joriy  operatsiyalar 

yig’indisi amalga oshiriladigan iqtisodiy-huquqiy hudud». 

                                                           

1

 Shoha’zamiy.Sh.Sh. Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari. Toshkent “Iqtisod-moliya” 2015 -460 b. 




 

 



«Ko’chmas mulk bozori o’zida ko’chmas mulk obyektlariga kapital kiritish 

sohasi va ko’chmas mulk bilan bog’liq operatsiyalarda yuzaga keladigan iqtisodiy 

munosabatlar tizimini aks ettiradi. Bu munosabatlar investorlar o’rtasida ko’chmas 

mulkni  oldi-sotdi  jarayonida,  ipoteka,  ko’chmas  mulk  obyektlarini  ijaraga  berish 

jarayonlarida yuzaga keladi»

  

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin