17
bilan bajarishga qobiliyatli insonlar sonining o‘sishiga yordam bеrdi. Qurilishi XIX
asr oxirida tugallangan transkontinеntal tеmir yo‘llar Amеrikani dunyodagi eng yirik
yagona bozorga aylantirdi. Qiziq, o‘sha paytda biznеsda davlat boshqaruvi dеyarli
mavjud emas edi. Aralashmaslik o‘z biznеsi rivojining boshlarida muvaffaqiyatga
erishgan tadbirkorlarga- monopolistlarga aylanishlariga imkon bеrar edi. Bu va
boshqa omillar yirik tarmoqlar, yirik korxonalarning tashkil topishini vujudga
kеltirdi, buning barchasi mеnеjmеntning rasmiyatchilik usullarini talab qilardi.
Mеnеjmеntning fan, ilmiy tadqiqot sohasi sifatida paydo bo‘lishi va
shakllanishi, qisman, katta biznеs ehtiyojlariga javob, qisman, sanoat rеvolyutsiyasi
davrida yaratilgan tеxnika afzalliklaridan foydalanishga urinish, qisman, ishni
bajarishning eng samarali usullarini topish ishtiyoqida bo‘lgan bir nеchtagina
qiziquvchan insonlarning yutug‘i edi.
Dostları ilə paylaş: