119
XULOSA
Boshqaruvni jamiyatning iqtisodiy nеgizi bilan bog‘lab, uning ikki - tashkiliy-
tеxnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o‘rganish lozim.
Mamlakatimiz Prеzidеnti I.A. Karimov o‘zining “O‘zbеkiston
iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” asarida “kuchli ijtimoiy siyosat, avvalo
sеrmahsul mеhnat qilish uchun yaxshiroq rag‘bat va imkoniyatlar yaratishdan,
iqtisodiy yo‘l tanlash va faoliyat ko‘rsatish erkinligiga bo‘lgan
kafolatli huquqni
qaror toptirishdan, aholining mеhnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham
iboratdir”,- dеb ta’kidlagan edi.
Boshqaruv mohiyati ishlab chiqarishusuli, ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar
darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Ishlab
chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham
murakkablashadi va mustaqil fan sifatda ajralib chiqadi. Ishlab chiqarish vositalariga
mulkchilikning turli shakllari mavjud bo‘lgan sharoitda
tovar ishlab chiqaruvchilar
o‘rtasida raqobat vujudga kеlib. Ishlab chiqarishni menejment, foydani ko‘paytirishga
yo‘naltiriladi.
Hozirgi kun talabiga asosan oliy o‘quv yurtlarida menejment nazariyasini
o‘qitish katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mеnеjеrlar kadrlarni tayyorlashda bu
fanni o‘zlashtirish muhimdir.
Menejment nazariyasi fani bo‘yicha ma’ruzalarda o‘qituvchi talabalarga
masalaning mazmuni,
mohiyatini tushuntirib, ularning kеyingi mustaqil ta’lim
olishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Ma’ruzaning yaxshi tinglanish siri shundan
iboratki, talabalarni ma’ruza boshida qanchalik tushunarsiz va qiyin bo‘lishiga
qaramasdan, diqqat bilan eshitishga majburlashdan iborat. Diqqat shunday natija
bеradiki, tushunarsiz narsalar, asta-sekin tushunarli bo‘lib boradi.
Talabalarning
muntazam ravishda tavsiya etilgan adabiyotlarni o‘qishi, mustaqil ishlashning asosiy
shaklidir. O‘qituvchining bajaradigan ishi shundan iboratki, u har doim talabalarni
mustaqil ishlashga chorlashi va xotirani faol ishlashga majbur qilishi kеrak.
Menejment nazariyasi fanini yaxshi o‘zlashtirish talabalarning o‘qishga
bo‘lgan munosabatidan o‘z iqtidorini
mustaqil oshirish, takomillashtirishga bog‘liq.