O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Turistik mahsulotning hayotiy bosqichlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/86
tarix12.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154858
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

3.2. Turistik mahsulotning hayotiy bosqichlari 
 
Biror turistik mahsulot yoki xizmat, jonli bir mavjudod kabi yaratiladi, 
yashaydi va yo‘q bo‘ladi. O‘rtadan yo‘q bo‘lishning turli xil sabablari mavjudr: 
6
Дурович А.П. Маркетинг в туризме. Учебное пособие. – М.: КНОРУС/ 2005. - 49-56 с.


33 
texnologik rivojlanishlar, raqobat, marketing strategiyasi, talabga mos bo‘lmagan 
juda yuqori narx va qiymat yo‘qotish. Biorr mahsulot yoki xizmat bozorga 
chiqarilgandan keyin 4 ta bosqichni kechiradi. 
1. Bozorga kirish bosqichi. 
2. Rivojlanish bosqichi. 
3. Saqlanish bosqichi. 
4. Tushish bosqichi. 
Bu bosqichlarning muddati mahsulot yoki xizmat turlariga ko‘ra va 
korxonaning tashkiliy tuzilishiga ko‘ra har xil bo‘ladi. Mehmonxona xo‘jaligida 
o‘rtacha umr 10 yil. Restoran yoki bar uchun bir necha yil, diskotekalar uchun esa 
vaqtinchalik omillardan ta’sirlangani uchun juda kam muddatdir. Turmahsulotning 
hayotiy bosqichlari quyidagi chizmada ko‘rsatilgan; 
sotishlar 
Bozorga kirish rivojlanish turg‘unlik tushish vaqt 
1. Bozorga kirish bosqichi: Yangi taqdim qilingan mahsulot yoki xizmat 
bozorga kiritiladi. Bu yerda eng ahamiyatlisi, mahsulotning bozorga mosligi, 
raqobat vositasi orqali talabni yaratish, xalq bilan munosabatlar va sotishni tashkil 
qilish harakatlaridir. Iste’moldagi mahsulot yoki xizmat bozorda o‘zining 
ishonchini kutadi. Shunday qilib, turli xil imkoniyatlarni o‘rganish, kapital 
qarorlarini berishni bilish kerakdir. 
2. Rivojlanish bosqichi: Bu bosqichda sotishlar kutilmagan darajada 
ko‘payadi. Yana bu davrda raqobat hodisasi o‘zini ko‘rsatadi yoki taqlidchilar 


34 
o‘xshash mahsulotlarni bozorga kiritadilar. Agar mahsulot bozorda saqlanib tura 
olsa juda tez rivojlanish bo‘ladi, tannarx va sotish mahsulotlarda yuqori bo‘lib, 
bozor to‘lqinlaridan ta’sirlanadi. Yangi xaridor guruhlari belgilanadi. Turistik 
muassasalarga to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan turoperatorlar yangi agentliklar 
bilan hamkorlikda seminar va banketlar tashkil etiladigan bosqichdir. 
3. Saqlanish bosqichi: Turistik mahsulot va xizmatlarni sotish tezligi 
sekinlashgan bosqichdir. Yangi iste’molchi topish asosiy hisoblanmaydi. Ular 
uchun eng ahamiyatlisi bozordan yetarli bir ulush olishdir. Qo‘lga kiritgani bozor 
bo‘limini imkon qadar muhofaza qilish uchun harakat qiladilar. Bu bosqichda 
turizm muassasalari, har bir mahsulotning yaxshi sotilgani va muddatli bo‘lishini 
tushinadilar. Mahsulotlar o‘zini oqlamagan taqdirda bozordan chekilish tahlikasi 
bilan yuzlashadi. Sotish narxi asosan 3 ta omil sababli pasayishni ko‘rsatadi; 
a) ishlab chiqarish yoki boshqarish texnikalarining foydanalishih va sotish 
hajmining ortishi oqibatida biror xona yoki ovqatning qiymat tannarxlaridagi 
kamayish; 
b) o‘xshash xizmatlar uchun bozorda narx yaratishni tashkil qilgan 
raqiblarning paydo bo‘lishi; 
v) muassasaning o‘rnashgan yeriga, nomiga ahamiyat bergan xaridorlar 
mexanizmining kengayishi. 
Saqlanish bosqichi, mehmonxona sektori uchun yetarlicha uzoq muddatli 
bo‘la oladi, faqat texnologik rivojlanishlar ta’sirchan rol o‘ynay oladi. Xaridorlar 
ko‘pincha shinam, komfortli va texnologik yangiliklari bo‘lgan turistik 
muassasalarni va mahsulotlarni ma‘qul ko‘radilar. 
4. Tushish davri: Sotishlarning kuzatilgan darajada tushishga boshlagan 
davrdir, yangi xizmat va mahsulotlarning bozorga kirgani va raqobatning bo‘lgani 
bosqichidir. Xaridorlar mavjud mahsulotni tark qilishni boshlaydi. 
Tushish bosqichini tijoriy foyda olishning kamaygani bir bosqich deyish 
noto‘g‘ridir. Chunki korxona, ma’lum bir muddat yana oldingi xaridorlarini 


35 
muhofaza qilib bir yo‘sinda davom eta oladi. Bozorga ilk kirish va yoyilish 
bosqichida yomon bir boshlang‘ich, mahsulotning kelajagini tahlikaga qo‘yadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin