O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Narx belgilashga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/86
tarix12.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154858
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   86
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

 
3.4. Narx belgilashga ta’sir qiluvchi omillar 
 
Turizm sohasida narx belgilashga quyidagi omillar ta’sir qiladi.
7
1. Tannarxlar. Ishlab chiqarish tannarxi sotish narxini belgilashda asosiy rol 
o‘ynaydi. Tannarxlar 2 shaklda hisoblanadi: barqaror va o‘zgaruvchan. Barqaror 
tannarxning to‘g‘ri bir shaklda hisoblanishi oson bo‘lganligi uchun turistik 
korxonalardagi o‘zgaruvchan tannarxlar ahamiyatli o‘rin tutadi va hisoblanishi 
ham qiyindir. 
2. Korxonaning o‘rni va joylashgan yeri. Turistik mahsulot joylashgan yerning 
bozorgacha bo‘lgan masofasi, tabiiy va ijtimoiy muhiti, tarixiy va madaniy 
yaqinligi korxonaning narxlariga ta’sir qilmoqda. Samarqand, Buxoro va Xivadagi 
mehmonxonalar bilan Toshkentdagi mehmonxonalar orasida farqli narxlar 
qo‘llaniladi. 
3. Bozordagi raqiblarning narxlari. Bir turistik mahsulotning narxi, bozordagi 
mavjud bo‘lgan o‘xshash mahsulot va xizmatlarning narxlariga mos bo‘lishi 
kerakdir. Ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning xususiyatiga va farqlariga 
ko‘ra korxonalar bozor narxidan past yoki yuqori narxni tavsiya qiladilar. Yangi 
bir mahsulotning bozorga ilk kirishida asosan boshqa mahsulotlarga qaraganda 
past narx qo‘yadilar. Bozor narxidan yuqori narx belgilagan korxonalar, 
mahsulotlarning o‘xshash mahsulotlardan farqli sifati va xususiyatlarga ega 
bo‘lishini yaratishga majburdir. 
4. Iste’molchining xususiyatlari - talabning xususiyatlari. Iste’molchilar turizm 
xizmatlaridan faqat o‘z budjetlariga mos bo‘lgan miqdorda foydalanadilar. Agar 
7
Дурович А.П. Маркетинг в туризме. Учебное пособие. – М.: КНОРУС. 2005г.
 - 
49-56 с. 


37 
narx yuqori bo‘lsa u mahsulotlarga bo‘lgan talab kamayadi, shu sababli talab 
belgilangan tartibga kelguncha narxlarni tanishtirish kerak. Turizm talabi milliy va 
xalqaro darajada bo‘lmoqda. Ba’zan korxonalar narxlarni xalqaro talablariga 
moslab tashkil qilmoqda. 
5. Ishlab chiqarish hajmi. Narx, ishlab chiqarish tannarxlariga, korxonalarning 
hajmiga, o‘lchovlariga bog‘liq bo‘lib, turli shakllarda tavsiya qilinadi. 
Korxonaning to‘liqlik nisbatlariga ko‘ra tannarxlarni kamaytirish maqsadida, 
ma’lum bir miqdorda narxlarni tushirish hollari bo‘lmoqda. Xususan katta 
hajmdagi tunash korxonalarida, jami tannarxlarning ostida narx tavsiyasi qilinib 
korxonaning barqaror chiqimlari ko‘riladi. 
6. Huquqiy tartiblar. Marketing boshqaruvchilari narx tavsiyasini o‘rganar 
ekanlar, narxning davlat boshqaruv organlarining mavjud qonun va qoidalariga 
mosligini diqqatga olishlari kerak. Mamlakat iqtisodini va iste’molchilarni yaratish 
maqsadida davlat boshqaruv organlari kerak bo‘lgan taqdirda narxlarga 
aralashmoqda. Narxlarga aralashishda asosan davlat narxlarning turizm sektori 
tomonidan qo‘yilishini ta’minlamoqda. 
Rivojlangan davlatlarda mehmonxonalar va turistik mahsulotlarning narxini 
har bir korxonaning o‘zi belgilaydi. Agar o‘zi belgilamasa, eng kamida boshqaruv 
va nazorat ostida tutmoqdalar. Shunday qilib rasmiy turizm tashkilotlari turistik 
mahsulot tannarxini eng past darajada tutib, keng miqdorda turizm talabini yaratish 
va turistik guruhlarni o‘z mintaqasiga jalb qilishni istamoqtalar. Ba’zan davlat 
ijobiy tomondan narxlarga aralasha oladi. Ya’ni davlat boshqaruvchi bo‘lib, turizm 
bozoriga kirib sarmoya ajratadi va narxlarning boshqa korxonalar darajasida 
tartibli tutilishini tashkil qiladi. Boshqa tomondan davlat marketing jarayonida 
tannarxlarni pasaytiruvchi tashqi raqobat potensialini orttiruvchi qoidani qo‘llab-
quvvatlab narxlarni boshqa davlatlar bilan raqobat qila olishni yaratadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin