O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

Mehnat unumdorligi
– mehnat xarajatlari samaradorligi. U ishchi xodim 
tomonidan vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki mahsulot 
birligini ishlab chiqarishga sarflangan ish vaqti miqdorida ifodalanadi. 


187 
Mehnatga haq to’lash shakllari 
– mehnatga haq to’lashning
 
ikki shakli 
mavjud: ishbay va vaqtbay. U yoki bu haq to’lash shakllaridan foydalanish qurilish 
ishlab chiqarishining aniq shartlariga bog’liq bo’ladi. 
Mehnatning fond bilan qurollanganligi
-
bir nafar ishchiga bo’lgan 
hisobda asosiy ishlab chiqarish fondlarining miqdori. Mehnatning fond bilan 
qurollanganligi ortishi mehnat unumdorligi o’sishiga shart
-
sharoit yaratadi. 
Мehnatning energiya bilan ta’minlanganligi
-
bu qurilish tashkiloti asosiy 
ishlab chiqarishdagi bir nafar ishchi mehnatining elektr dvigatellari va elektr 
apparatlari quvvati bilan jihozlanganligini tavsiflovchi ko’rsatkich. 
Me’yorlar -
mehnatni me’yorlash va tashkilotning ishlab chiqarish-xo’jalik 
faoliyatini rejalashtirishda qo’llaniladigan ish vaqti, moddiy va moliyaviy 
resurslarning hisob-kitob qilingan miqdorlari. 
Moddiy-texnika ta’minoti
-
qurilish korxonalari, tashkilotlari va
xo’jaliklarini xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor buyum va 
konstruktsiyalar, shuningdek ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun 
mo’ljallangan texnik resurslar bilan ta'minlash jarayoni. 
Muomala fondi
-
doimiy ravishda qurilish korxonasi tasarrufida bo’lgan pul 
mablag’lari (joriy hisobda); muomalada bo'lgan pul mablag’lari; tayyor 
mahsulotda gavdalangan, hali xaridor tomonidan to’lanmagan pullar; to’lovlarni 
rasmiylashtirish jarayonida bo’lgan mablag’lar. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin