4
etilganligi, shuningdek ushbu raqamni avvalgi yillardagilar bilan taqqoslaganda,
2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar
qurish dasturi boshlangan
2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar ko’p uy-joy
qurilganligi, shuningdek keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun
arzon, barcha qulayliklarga ega bo’lgan ko’p qavatli uy-joylarni qurish
boshlanganligi, 2017 yilning o’zida 800 ming kv. kv.m. dan ziyod ana shunday
uy-joylar qurib foydalanishga topshirilganligri hamda birgina Toshkent shahrining
o’zida joriy yilda 420 ming kv.m. dan ko’p qavatli
uy-joy fondi foydalanishga
topshirilib, bu o’tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobarga ko’pligi alohida ta’kidlab
o’tildi.
2
2017 yilda respublika bo’yicha barcha manbalar hisobidan jami 37,5 trln.
so’m hajmda qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilga nisbatan 120,5 foizga o’sish
kuzatildi. Natijada joriy yilda jami 15 mingta arzon namunaviy uylar, 191 ta arzon
ko’p qavatli uylar va 2,5 mingta ijtimoiy soha ob’ektlari foydalanishga topshirildi.
3
Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, xususan
qurilish tarmog’idagi tarkibiy islohotlarni yanada jadallashtirish, qurilish ishlab
chiqarish ko’lamini kengaytirish va qurilish mahsulotlari sifatini zamon talablari
darajasiga yetkazish bilan bog’liq masalalarini hal etishga yo’naltirilgan dasturlarni
amalga oshirishda qurilish
ishlab chiqarishi iqtisodiyoti, tashkil etish va
boshqaruviga oid fanlar yutuqlarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat va xo’jalik sub’ektlari miqyosida amalga oshirilayotgan investitsiya
siyosatini, uning ustuvor yo’nalishlarini yaxshi tushunish, investitsiyalarni yangi
qurilishga
sarflash variantlarini, amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarini
kengaytirish va rekonstruktsiya qilishni, fan-texnika taraqqiyotining eng yangi
yutuqlari asosidagi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni
bilish bugungi kundagi mutaxassislar uchun juda muhim hisoblanadi.
2
O’
zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy majlisga Murojaatnomasi. 2017 yil 22 dekabrь.
https://www.xabar.uz/
3
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi
qurilish sohasi
xodimlari kunini nishonlash to’g’risida” gi PF-5136-son farmoni //«Xalq so’zi» gazetasi, 2017 yil 8 avgust, 155
(6849)-son.
5
Mamlakat iqtisodiyoti tamoqlari qatorida kapital qurilishi tarmog’ining o’rni
beqiyosdir. SHu boisdan mamlakat qurilish tarmog’ining muammoli masalalarini
nazariy va amaliy jihatdan chuqur o’rganish, ularni hal etish yo’llarini topish va
hayotga tatbiq etishda mazkur “Qurilish iqtisodiyoti” nomli o’quv qo’llanmasi
muhim ahamiyat kasb etadi.
Qurilish sohasida iqtisodiy islohotlarning asosiy yo’nalishlari va
muammolarini mukammal bilishlarida, xususan
qurilish iqtisodiyotiga oid
muammolarni hal etishda, shuningdek sohada puxta investitsiya siyosatini
yurgizish va chet el investitsiyalarini yanada ko’proq jalb qilish kabi masalalarda
talabalarning chuqur bilim va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishlarida qurilish
iqtisodiyoti sohasidagi barcha adabiyotlar qatorida mazkur o’quv qo’llanma ham
o’z samarasini beradi degan umiddamiz.
Mazkur o’quv qo’llanma bakalavriatning 5111000
-
“Kasb ta’limi(5610100-
Xizmatlar sohasi(uy-joy kommunal va maishiy xizmatlar))”, 5340700 –
“Gidrotexnika qurilishi(daryo inshootlari va gidroelektrstantsiyalar qurilishi)”,
5340900 – “Ko’chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” va 5341100 –
“Qiymat injiniringi” ta’lim yo’nalishlarida o’qitiladigan “Qurilish iqtisodiyoti”
fani dasturiga muvofiq tayyorlandi. Ushbu o’quv qo’llanmadan nafaqat yuqorida
qayd etidlgan ta’lim yo’nalishlari balki arxitektura va qurilish ta’lim
sohasining
boshqa ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari talabalari, shuningdek tarmoq
malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlari tinglovchilari hamda qurilish
sohasi iqtisodiyotiga qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin.