O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


I BOB. “QURILISH IQTISODIYOTI” FANINING MAZMUNI



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

I BOB. “QURILISH IQTISODIYOTI” FANINING MAZMUNI, 
PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI 
 
1.1.“Qurilish iqtisodiyoti” fanining mazmuni va mohiyati 
 
Milliy iqtisodiyotda qurilish sohasi muhim o’rin tutadi, chunki investitsion- 
qurilish jarayonlarining samaradorligi asosan qurilish xarajatlari, muddati va 
sifatiga bogliq. 
Qurilish faoliyatida ham davlat, ham xo'jalik yurituvchi sub’ektlar 
darajasida 
amalga 
oshirilayotgan 
iqtisodiy 
islohotlar 
natijasida 
bozor 
islohotlarining ajralmas qismi va muhim sharti sifatida qurilish sur’atlari, 
shuningdek, ushbu tarmoqning miqdoriy va sifat ko’rsatkichlarining o’sishi ro’y 
bermoqda. 
Mulkning turli shakllarini rivojlantirish va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 
rolini oshirish asosida investitsion-qurilish jarayonlarini nomarkazsizlashtirish 
tamoyili kapital qo’yilmalarning tarkibini sezilarli darajada o’zgartirdi. Davlat 
investitsiyalarining yuqori darajasi korxonalar va aholi, shirkatning faolligini 
oshirishga yordam berdi. Hozirgi kunda investitsiyalarning umumiy hajmida 
byudjet mablag’lari ulushi uchdan bir qismdan kam, qolgan qismi korxonalar 
mablag’lari, bank kreditlari, aholi mablag’lari, xorijiy va boshqa investorlar 
hisobiga to’g’ri keladi. 
Iqtisodiyotga horijiy investitsiyalarni faqat jalb qilish strategiyasi emas, 
balki ularni qo’llash taktikasi ham diqqatga sazovordir. Bugungi kunda ular asosan 
yirik va ustuvor sohalarga va sanoat tarmoqlariga investitsiya kiritmoqda. Shu 
bilan birga, ularning ilovalari geografiyasi kengaymoqda.
Qurilish faoliyatini tiklash va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda uning 
rolini oshirish uchun, bu erda to’plangan ilg’or qurilish tajribasi va iqtisodiy 
rag’batlantirish mexanizmini qo’llash orqali xususiy sektorning investitsion 
imkoniyatlarini safarbar qilish istiqbolli yo’l hisoblanadi. Bu mamlakatda nafaqat 
barqaror iqtisodiy o’sish strategiyasi aniqlanganligi, balki tadbirkorlikni qo'llab-



quvvatlashning noyob tizimi, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi yaratilgani, 
tashabbuskorlik va mustaqil iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun keng 
imkoniyatlar mavjudligidan ham dalolat beradi. 
Shuni ham ta’kidlash kerakki, iqtisodiy faoliyatning turli yo’nalishlari turli 
darajalardagi investitsion jozibadorlikka ega. Bundan tashqari, qurilish loyihalarida
mavjud resurslarning cheklanganligi, ular qanchalik jozibali va rag’batlantiruvchi 
bo’lishidan qat’iy nazar teng ravishda ishtirok etish imkoninini bermaydi. 
Vazifa shundan iboratki, investitsiya loyihalari va qurilish dasturlarining 
haqiqiyligi va ularning amalga oshirilishida nafaqat buyurtmachi nuqtai nazaridan, 
balki butun iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlash nuqtai nazaridan ham 
iqtisodiy foyda, ham texnik muvaffaqiyatlarga erishishdir . 
Mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun avvalambor, ma’lum bir 
ishlab chiqarish tarmog’i yoki aniq bir ob’ektga qo’yilgan investitsiyalarning 
ustuvorligi asosida lokal muhim investitsiyalar va boshqa unga tenglashtirilgan 
investitsion loyihalarni davlat investitsiya dasturi bilan birlashtirishi lozim. 
Ushu munosabat bilan tashkil etishning bunday shakllari keng tarqalgan 
qurilishning xorijiy amaliyotlari (Germaniya, Frantsiya va boshqa mamlakatlar 
tajribasi) alohida qiziqish uyg’otadi, masalan, noishlab chiqarish binolari 
-
uy-joy, 
ofis, mehmonxona, savdo shaxobchalari va boshqalarda sotuvchi - quruvchilar 
bo’lib, kompaniya va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Keyinchalik investitsiya 
maqsadlarini bajarish jarayoni tartibi juda oddiy. Sotuvchi
-
quruvchilar bankdan 
kredit olishadi (agar o’z mablag'lari bo’lmasa yoki ular yetishmagan taqdirda), 
yerni sotib oladi, arxitektorni yollaydi, loyihani hukumat bilan kelishadi, qurilish 
firmasi bilan shartnoma tuzadi va ob’ektni quradi. Qurilish jarayoni bilan paralell
ravishda qurilayotgan ob’ektning reklamasi ham olib boriladi.
Ob’ektlarni investitsiyalash va ularning qurilishi asoslari hamda dasturlarida
muayyan mezonlar tizimi orqali ifodalangan ustuvor yo’nalishlar belgilab beriladi.
Xususan, ularning tarkibi quyidagi parametrlar bo’yicha tuzilgan: 
-
 
tarmoq va ishlab chiqarish turi; 
-
 
ishlatiladigan texnika va texnologiyalar darajasi; 



-
 
hududiy joylashish va mintaqaviy iqtisodiyotga ta’sirlar tavsifi; 
-
 
ishlab chiqarishning eksportga yo'naltirilganligi darajasi 
-
 
investitsiyalar hajmi va ularning qoplanish muddati va boshqalar. 
Qurilish faoliyatini faol davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy 
jihatdan maqsadga muofiqligi mamlakatda mavjud bo’lgan real shart
-
sharoitlar
bilan belgilanadi. 
Belgilangan vazifalarni hal etish va qurilish sohasining milliy iqtisodiyotni 
yuksaltirishdagi roli sezilarli darajada boshqaruv tizimiga bog’liq bo’lib, u 
muayyan natijalarga erishish uchun boshqaruv ob’ektining boshqaruv sub’ektiga 
bo’lgan maqsadli ta’sirini ifodalaydi. Bu amaliyotda allaqachon tasdiqlangan
boshqaruv tizimi yanada mukammal, iqtisodiy mexanizm va ilmiy
-
texnika 
taraqqiyotining talablariga yanada ko’proq javob beradigan bo'lsa, shunchalik 
ishlab chiqarishning miqdoriy va sifat natijalari ko'rsatkichlari yuqori bo’ladi 
hamda ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslarning qaytishi(unumi) shunchalik 
jadallashadi. 
Shuning 
uchun 
ham 
kapital 
qurilishda 
iqtisodiy 
islohotlarni 
chuqurlashtirishning davlat tomonidan belgilangan chora-tadbirlari, respublikada 
monopoliyadan chiqarish va qurilish faoliyatini boshqarish tizimini yanada 
takomillashtirish muhim o’rin tutishi tasodif emas. 
Qurilish, boshqa tarmoqlardan nafaqat belgilangan xususiyatlar bilan emas
balki o’zining beqaror boshqarish tizimi bilan ham farq qiladi. Bunda qurilish 
sanoati korxonalari va tashkilotlarining idoraviy tarqoqligi, jarayonlarda bir xillik
va takrorlanishlar mavjudligi, qurilish dasturlari ehtiyojlaridan moddiy-texnik baza
rivojlanishining surunkali ortda qolishi, tarmoqda yangi bozor mexanizmlari 
tadbiqining susutligi va boshqa shu kabilar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi globallashuv jarayoni mamlakatda iqtisodiy vaziyatni tubdan 
o’zgartirdi, shu bilan birga moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, innovatsion va 
boshqa etakchi sohalarni investitsiyalashda ham iqtisodiy ustuvorliklarning yangi 
siyosatini shakllantirdi. Shuningdek, u ishlab chiqarishni boshqarishda sobiq 
idoraviy yondashuv o’rniga, ularga tenglashtirilgan korxonalar, tashkilotlar va 



boshqa xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning birinchi darajali rolini kuchaytirishga 
qaratilgan yangi institutsional tuzilmalar yaratishga hissa qo’shdi. 
Milliy iqtisodiyotda bozor munosabatlarining eng katta ta’siri mulkdorlar 
sinfining shakllanishi bilan bo’g’lik bo’lib, ular bozor mexanizmining faol 
elementlariga aylandi. Shu bilan birgalikda ular quyi ishlab chiqarish bo’g’inni 
boshqarish tizimini ehtiyoj va manfaatlar, ishlab chiqarishni boshqarish va olingan 
natijalarni amalga oshirishda aksionerlashtirish va aksiyadorlarning ishtirokiga 
asoslangan holda yaratishga imkon berdi. 
Bozor va bozor munosabatlarining iqtisodiyotni boshqarishda ijobiy ta’sirini 
tavsiflovchi makro darajadagi va iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari 
darajasida bozor mexanizmining asosiy elementi sifatida narxlar mexanizmi
to’g’risida gapirmasdan o’tish mumkin emas. Dunyo amaliyoti shuni ko’rsatadiki, 
erkin bozor narxlari hamda talab va taklif mutanosibligidan foydalanmasdan 
bo’layotgan iqtisodiy jarayonlar, investitsion siljishlar va tarkibiy o’zgarishlar 
to’g’risida ob’ektiv ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin emas. Shu boisdan, 
boshqaruv muayyan maqsad va vazifalarni bajarish va o’zaro ta’sirlarni amalga 
oshirish jarayoni sifatida nafaqat bozorning avtomatik “qudratli kuchi” ga, balki 
bozor mexanizmining tarkibiy qism(komponent)lari va talablariga asoslangan 
bo’lishi kerak. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin