O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

Iqtisodiy diversifikatsiya
– bu bitta firmada turli rentabellikdagi 
mahsulotlar ishlab chiqarilishini birlashtirish bo’lib, u ishlab chiqarishdagi 
to’xtashlarni oldini olishning ko’p tomonlama imkonini beradi. 
Qurilishda iqtisodiy diversifikatsiyani amalda qo’llashning iloji yo’q, chunki 
qurilish firmalari rentabelligi deyarli bir xil bo’lgan hamma qurilish-montaj ishlari 
(rentabelligi 8-10 % atrofida farq qiladigan ishlar)ni bajarish bilan buyurtma 
(ob’ekt)li faoliyatni amalga oshiradi. SHu sababli qurilish uchun ishlab chiqarish 
diversifikatsiyasi ancha muhim ahamiyat kasb etadi. 
Qurilish ishlab chiqarish diversifikatsiyasi bu bir-biri bilan bog’langan yoki 
bog’lanmagan ishlab chiqarish turlarini bir vaqtning o’zida rivojlantirish orqali 
qurilish va noqurilish bozorlarining yangi sektorlarga kirib borishi yoki tovarlar 
ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar)ni har xil faoliyat sohalarni uyg’unlashtirishdir. 
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini korxona faoliyatining asosiy ishlab 
chiqarish bilan bog’langan yoki bog’lanmagan sohasini kengaytirish sifatida 
tushunish mumkin. Qurilishda ishlab chiqarish diversifikatsiyasining quyidagi 
yo’nalishlari mavjud: uy-joy qurilishi kombinatlari tipidagi korxonalarga o’xshash 
korxonalarni tuzish orqali qurilish va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni bitta 
tizimga birlashtirish; qurilishni loyihalashtirish va qurilishni bitta ishlab chiqarish 
tizimiga birlashtirish, bunda loyihalash-qurilish firmalari tipidagi korxonalar 
yaratiladi; bu ikki faoliyat turini birlashtirish orqali ahamiyat tarzdagi iqtisodiy 
salohiyatga erishiladi, bu esa firma ichida har xil qurilish masalalarini operativ 
yechish bo’yicha katta imkoniyatlarni to’plash imkoniyatini yaratadi, natijada 
firma qurilish bozorida ancha egiluvchan holatni egallab oladi; injenerning firmalar 
yaratish, ular tugallangan ob’ektlar yaratish bo’yicha bajariladigan barcha ishlar va 
xizmatlar kompleksini o’z faoliyatiga kiritadi, bu firmalar ob’ektlarni loyihada 
ko’rsatilgan quvvat bilan ekspluatatsiya (foydalanish)ga tayyorlab beradi (shu bir 
qatorda infrastruktura yaratish bilan bog’liq bo’lgan ob’ektlar qurilishi bilan ham 
shug’ullanadi); qurilish materiallarini ishlab chiqarishni tashkil etish va qurilish 


166 
ishlab chiqarishi chiqindilari, nokonditsion mahsulot, bino va inshootlarni 
rekonstruktsiya qilishda to’plangan chiqindilarini qayta ishlash asosida qurilish 
materiallari ishlab chiqarish bilan qurilish bozoriga chiqish; asosiy ishlab chiqarish 
bilan bog’liq bo’lmagan boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shu asosida qurilish 
firmasi ishchi-xodimlarining kvalifikatsiyasidan u yoki bu me’yoriy foydalanishni 
yo’lga qo’yish (masalan, mebel ishlab chiqarish asosida). 
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi qurilish tashkiloti samaradorligini oshirish 
va iqtisodiy turg’unligini ta’minlash yo’nalishlaridan biri deb hisoblanadi. Tor 
ixtisoslik qurilish tashkilotining ishlarni pudrat asosida olish imkoniyatini 
pasaytirayotgan vaqtdagi qattiq raqobat sharoitlarida rivojlanishining ushbu 
yo’nalishi ayniqsa juda dolzarb bo’lib qolmoqda. 
O’z faoliyatini diversifikatsiyalash istagi kapital mablag’larning zarurligi, 
xavf-xatarga yuz tutishini (taxminlarni) pasaytirish, mahsulot ishlab chiqarishda 
to’xtalishlarni bartaraf etish, distribyutsiya kanallaridan samarali foydalanishga 
intilish, boshqarish tizimini takomillashtirish kabi motivlar asosida yuzaga keladi. 
Tovarlar va xizmatlarning ancha keng spektrini (ko’lamini) taklif etish bilan 
korxona o’zining raqobotbardoshligini oshirishi mumkin. Bundan tashqari 
diversifikatsiyalashda tizimning xususiyatlaridan kelib chiqadigan jamlanma 
samara (sinergetik effekt) yuzaga keladi: tizimdan tashqaridagi komponent 
jamlangan tizimga nisbatan ancha kichik salohiyatga ega bo’ladi. 
Diversifikatsiya 
bog’langan 
va 
bog’lanmagan 
(konglomerativ) 
diversifikatsiyalarga bo’linadi. Bog’langan diversifikatsiya o’z navbatida vertikal 
va gorizontal diversifikatsiyalarga ajratiladi. Vertikal diversifikatsiya (integratsiya) 
– bu ishlab chiqarish jarayoni yagona texnologik zanjiriga kiruvchi yangi 
komponentlarni mavjud bo’lgan (amaldagi) tizimga kiritish jarayonidir. Bunda 
integratsiya uchta turga: to’liq, qisman va kvaziintegratsiyalar (egalik huquqiga 
o’tmagan holda manfaatdor kompaniyalar o’rtasida o’zaro aloqalarni yaratish 
tushuniladi). Bundan tashqari, vertikal diversifikatsiya to’g’ridan-to’g’ri 
(korxonalar-mahsulot iste’molchilari bilan integratsiya) va qaytma ya’ni aksincha 
(korxonalar-etkazib beruvchilar bilan integratsiya) bo’lishi mumkin. Gorizontal 


167 
diversifikatsiya – bu bitta sohada faoliyat yuritayotgan korxonalarning birlashish 
jarayoni bo’lib, u o’zining raqobatbardoshligini kuchaytirish yoki raqobatchilar 
ustidan nazorat o’rnatish uchun amalga oshiriladi. Bog’lanmagan diversifikatsiya – 
bu kopaniyaning asosiy faoliyati bilan bog’lanmagan yangi bozorlarga kirish 
jarayonidir. (qurilishda diversifikatsiya jarayonini turkumlanishi 12.1-rasmda 
ko’rsatilgan). G’arbda to’plangan tajriba umumiqtisodiy krizis vaziyatlarida 
bog’langan diversifikatsiyaga ega bo’lgan kompaniyalar ancha ustuvor bo’lishini 
ko’rsatadi. 
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi ikkita rivojlanish yo’liga ega: 
-
 
ichki o’sish – mavjud bo’lgan (ishlab turgan) korxonani diversifikatsiya 
(yangi yo’nalishlarni yaratish yoki ajratish); 
-
 
tashqi o’sish – qo’shib olish, yutib yuborish (yo’qotish) yo’li orqali 
diversifikatsiyalash. 
Har qanday vaziyatda diversifikatsiyalash jarayoni yetarli darajada 
murakkab kechadi va oldindan kompleks iqtisodiy baholashni talab etadi. 
Diversifikatsiya uchun variantlarni qidirish jarayonida kompaniya o’zining 
oldingi sohasida tuxtalishi yoki uning uchun yangi bo’magan sohani tanlashi 
mumkin. Birinchi vaziyatda diversifikatsiya o’ziga xos strategik muvofiqlikka ega 
bo’lgan sohada olib boriladi. 
Bir qancha firmalar foyda olish maqsadida yaxshi imkoniyatlarga ega 
bo’lgan boshqa sohalarga diversifikatsiyalashni yoqlaydi. O’z yo’nalishiga to’g’ri 
kelmaydigan diversifikatsiyaga boruvchi firmalar yagona korporativ struktura 
doirasida yangi filial yaratish (ochish) vositasida emas, balki deyarli doimo 
funktsiya yuritayotgan kompaniyalarning ishlab chiqarish sektorlariga kirib boradi. 
Bunday strategiya boshqa firmalarni yutib yuborish (konglomeratli qo’shilish) 
yo’li bilan aktsiyalarning turg’unligini oshirish orqali kompaniyani o’stirishga 
asoslangan bo’ladi. Qo’shimcha daromad (yutuqlar)ga erishish ikkinchi rejaga 
qo’yiladi, qachonki profilli bo’lmagan diversifikatsiya koporativ daromadlarni 
ta’minlagan holda o’zini oqlamaguncha, shuningdek, yo’lga qo’yilgan ishlab 
chiqarishlar samarali funktsiya (faoliyati) yurutmaguncha. 


168 
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi quyidagicha bo’lishi mumkin: 
-
 
rejali (oldindan ishlab chiqilgan biznes-reja asosida) va rejadan tashqari 
(majburiy) bo’lish mumkin; 
-
 
tarmoq ichida va tarmoqlararo bo’lishi mumkin; 
-
 
oddiy (uning olib borilishi sarf-xarajatlarsiz bajariladi) va murakkab 
(uning aalga oshirilishiga kapital mablag’lar ajratiladi) bo’lishi mumkin. 
Yirik qurilish korxonalari, qoidaga ko’ra, o’z tarkibida qurilish materiallari, 
konstruktsiyalari va buyumlarini (yig’ma temirbeton va beton konstruktsiyalar, 
g’isht, asfalьtbeton, o’rnatish detallari, rudasiz materiallar, eshik va romlar, 
qo’shma mebellar va h.k.) ishlab chiqaruvchi bo’limlariga ega bo’lgan va 
egadirlar, shuning uchun qurilish materiallari, konstruktsiyalari, buyumlarini 
chiqarish – bu tarmoqichi diversifikatsiyasi deb hisoblanadi. Ushbu tovarlar bilan 
savdo-sotiq qilish – bu ishlab chiqarishning tarmoqlararo diversifikatsiyasidir. 
Hozirgi vaqtda qurilish korxonalarida ikki turdagi ishlab chiqarish 
diversifikatsiyasi amalga oshirilmoqda: 
-
 
rejadan tashqi asosida oddiy bo’lmagan, bog’langan tipdagi (turdagi), 
qaytma aloqalarga asoslangan ichki diversifikatsiya; 
-
 
bog’lanmagan turdagi, qoidaga ko’ra rejali asosidagi tarmoqlararo 
diversifikatsiya. Korxonaning moliyaviy ahvoli (holati)ga bog’liq ravishda 
murakkab va oddiy diversifikatsiya bo’lishi mumkin. 
Bozor sharoitida ko’plab qurilish korxonalari uchun xarakterli bo’lgan 
xo’jalik yuritishning noxush sharoitlari mamlakatdagi korxonalarning 
diversifikatsion strategiyalardan foydalanishlariga yo’l ochib beradi. 
To’g’ridan-
to’g’ri 
Qaytma 
Vertikal 
Gorizontal 
Bog’langan turdagi 
Bog’lanmagan turdagi 
Tashqi 
o’sish 
evaziga 


169 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin