127
bilan
aniqlanadi, ya’ni ishchilar tomonidan vaqt birligida yaratiladigan iste’mol
mollarining miqdori bilan o’lchanadi.
9.2. Mehnat unumdorligini oshirish omillari va zaxiralari
Omillar
–
bu harakatlantiruvchi kuch va biron – bir jarayon va hodisaga
ta’sir ko’rsatuvchi sababdir. Mehnat unumdorligiga ta’sir ko’rsatish xarakteri va
darajasiga bog’liq ravishda omillarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
moddiy – texnik, tashkiliy – iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik, tabiiy-iqlimiy, siyosiy,
xususiy.
Moddiy-texnik omillar
yangi texnika, ilg’or
texnologiyalar, xom-ashyolar
va materiallarning yangi turlaridan foydalanish bilan bog’langandir. Ishlab
chiqarishni takomillashtirishga quyidagilarni amalga
oshirish bilan erishish
mumkin:
-
jihozlarni modernizatsiyalash;
-
ma’naviy eskirgan jihozlarni ancha unumdor bo’lgan yangi jihozlarga
almashtirish;
-
ishlab chiqarish mexanizatsiyasi mavqeini oshirish orqali: qo’lda
bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirish, kichik
mexanizatsiya vositalarini
keng tadbiq qilish, uchastkalar va tsexlarda bajariladigan ishlarni kompleksli
mexanizatsiyalashtirish;
-
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish;
-
yangi ilg’or texnologiyalarni qo’llash;
-
xom-ashyolar yangi turlaridan, progressiv materiallardan foydalanish.
Ilmiy-texnik taraqqiyotni mehnat unumdorligini har tomonlama oshirishning
bosh manbai sifatida ko’rib chiqish taqoza etiladi. Hozirgi zamon sharoitlarida fan-
texnika taraqqiyoti yutug’larini ishlab chiqarish
jarayoniga tadbiq etish
investitsiyalar ajratilishini talab etadi, birinchi navbatda amaldagi ishlab
chiqarishni rekonstruktsiya qilish va texnik
jihatdan qayta jihozlashga
investitsiyalarni jalb etish maqsadga muvofiqdir.
128
Moddiy–texnik omillarning juda muhimligi, ularning moddiylashgan mehnat
iqtisodiyotini ta’minlashi bilan izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: