O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Qurilish moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish tizimida logistika



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

8.4. Qurilish moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish tizimida logistika 
 
Qurilish majmuasi(kompleksi)ni yaxlit holatda hamda uning tashkil etuvchi 
komponentlarini ko’rib chiqish shunday xulosa chiqarish imkonini beradiki, unga 
ko’ra qurilishni o’zaro bog’langan va o’zaro bog’langan oqimlar jamlanmasini o’z 
tarkibiga kirituvchi tizimga kiritish mumkin. Bu oqimlarning asosiylariga 
quyidagilar kiradi: axborotlar, moddiy- texnika, moliya resurslari va boshqalar 
oqimlari kiradi. 
Ma’lumki, bino va inshootlar qurilishi muddatlarini qisqartirish, maqbul 
bo’lgan sarf-xarajatlar bilan ularning sifatlarini yaxshilash bo’yicha zaruriy 
natijalarga erishish uchun birinchi navbatda yuqorida ko’rastilgan va boshqa 
iqtisodiy oqimlarni maqbullashtirish va ratsionizatsiyalashtirish talab etiladi. 
Qurilish tashkilotlari hamda qurilish industriyasi korxonalarida xususiy va 
o’z maqsadlariga erishish yo’lida jalb etilgan resurslar harakatining o’zaro 
bog’langan hamda o’zaro shart-sharoitlangan jarayonlarini iqtisodiy oqimlar deb 
hisoblash mumkin. 
Qurilishni tizim sifatida birinchi navbatda qurilishni moddiy – texnika 
jihatdan ta’minlash deb qabul qilish joizdir. Har qanday bino va inshootni qurish 
uchun, avvalom bor, yetarli miqdorda qurilish materiallari, konstruktsiyalari va 
buyumlari, xom-ashyo hamda texnologik jihozlar zarur bo’ladi, ularning aniq 
miqdori qurilish
-
montaj ishlari loyihasida ko’rsatiladi. Qurilish ishlab chiqarishini 
tashkil etish jarayoni bu resurslarning belgilangan hajmda, ko’rsatilgan muddatda 
va tegishli sifatda yetkazilib berilishini ko’zda tutadi. Vatanimiz va xorijdagi turli 
ishlab chiqarishlar bo’yicha to’plangan tajriba shunga o’xshash masalalarni 
yechishda logistikadan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlaydi. 
Terminologik lug’atda logistikaning quyidagi ma’nosi ifodalangan.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin